O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 180 Kb.
səhifə2/10
tarix21.12.2022
ölçüsü180 Kb.
#76967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Auditda tahliliy amallar

Tahliliy amallar deganda auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g‘ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto‘g‘ri aks ettirilgan xo‘jalik faoliyati faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklar-ning sabablarini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan xo‘ja-lik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish tushuniladi.
Tahliliy amallar moliyaviy tahlilning taqqoslash, nisbatlar va koeffitsientlarni baholash kabi elementlari va usullaridan foydalanishni nazarda tutadi.
Tahliliy amallarning eng ko‘p tarqalgani taqqoslash bo‘-lib hisoblanadi. Bunda quyidagilar taqqoslanadi: turli davrlar uchun schetlardagi qoldiqlar; moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari biznes-reja ko‘rsatkichlari bilan; hisobot-ning har xil moddalar bilan oldingi davrlar ma’lumotlari o‘rtasidagi nisbat; xo‘jalik yurituvchi subekt moliyaviy ko‘rsatkichlari iqtisodiyotning tegishli tarmogidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan; moliyaviy axborotlar nomoliyaviy axborotlar (xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyati to‘g‘risidagi uning buxgalteriya hisobi tizimida bevosita aks ettirilmaydigan ma’lumotlar) bilan.
Tahliliy amallar hisob va hisobot ma’lumotlarini ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish, hi-sobot ma’lumotlarini va ularning o‘zgarish tendensiyalarini taqqoslash, hisobot moddalari va ko‘rsatkichlarining keskin farq qilish sabablarini o‘rganishni nazarda tutadi.
Masalan, asosiy vositalar qiymatining ko‘payishi odatda amortizatsiya summalarining ko‘payishiga ham olib keladi. Nomuvofiqlik aniqlanganda auditor tegishli dalillarni topishi lozim. Aytaylik, asosiy vositalar kirimini tekshirib mijoz-tashkilot mazkur aktivlarni byudjetdan moliyalashtirish hisobiga sovg‘a shartnomasi bo‘yicha olganligini aniqladi. Bunday obektlar bo‘yicha esa amortizatsiya hisoblanmaydi. Shunday qilib aniqlangan nomuvofiqlikka auditor tomonidan qoniqarli isbot topilgan.
Tahliliy amallar auditni rejalashtirish chog‘ida, tekshiruv jarayonida va uni yakunlash bosqichida qo‘llaniladi.
Auditni rejalashtirish chog‘ida tahliliy amallarni qo‘llash, masalan, balans strukturasini aniqlash, eng jiddiy moddalarni va moddalar nisbatidagi kabi, boshqa davrlar bilan solishtirish bo‘yicha ham o‘zgarishlarni aniqlashga imkon beradi. Bu axborotlar risk zonasini aniqlash va boshqa auditorlik amallarini rejalashtirish chog‘ida qo‘llaniladi. Xususan, auditor hisobotni dastlabki tahlil qilish ma’lumotlariga ko‘ra qaysi hisobot moddalarini puxta tekshiruvdan o‘tkazish zarurligini hal qiladi. Hisobotda uchraydigan xatolar zonasi mijoz-korxonaning joriy davrdagi dastlabki ma’lumotlari va o‘tgan yillardagi shunga o‘xshash ma’lumotlar yoki taqqoslash uchun ishlatilgan boshqa axborotlar o‘rtasida keskin farqlarni topish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Keskin tafovutlarning ehtimoldan holi bo‘lmagan sabablaridan biri hisob va hisobotda ataylab yoki bilmasdan yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvlar chog‘ida tahliliy amallar buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini haqiqiy ma’lumotlar yoki auditor tomonidan hisoblab chiqilgan summalari bilan taq-qoslash orqali ham qo‘llanilishi mumkin.
Auditning yakunlovchi bosqichida tahliliy amallarni qo‘l-lash hisob va hisobotdagi aniqlangan nomuvofiqliklarga qo‘-shimcha dalillar olish, hamda ushbu nomuvofiqliklarning hi-sobot ishonchliligiga ta’sirini aniqlashga ham imkon beradi.
Haqiqatga yaqin tahliliy amallardan biri balans hisob-kitoblari hisoblanadi. Xususan, auditor tayyor mahsulotlarning hisobda haqqoniy va to‘liq aks ettirilishi to‘g‘risidagi dalil-isbotlarga ega bo‘lish uchun tez-tez xom-ashyolar, mate-riallar va tayyor mahsulot olinishi balansini tuzadi.
Xom-ashyo va materiallar balansini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi: mahsulotning bir birligi uchun norma bo‘yicha sarflangan xom-ashyo va materiallar va haqiqatda olingan mahsulotlar hisob-kitobi; xom-ashyo va materiallarni haqi-qiy sarfi bilan taqqoslash; xom-ashyo va materiallarni
sarflashda tafovutlarni aniqlash.
Tayyor mahsulot balansini aniqlashda uning haqiqiy chiqishi mahsulot birligi uchun ketadigan xom-ashyo va mate-riallar normasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan normativlari va xom-ashyo va materiallarning haqiqiy sarfi bilan taqqoslanadi.
Bunday balansni tuzish xom-ashyo, materiallar sarfi va mahsulot chiqishi (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) normatividan chetga chiqishlarni aniqlash va shu bilan birga moliyaviy natijani hisoblab chiqarishning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishga imkon beradi.

Yüklə 180 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin