O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə2/2
tarix22.12.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#77189
1   2
Moliya ON variantlari 2-o.t.

Moliyaviy resurslari - iqtisodiy subʼyekt ixtiyorida, uning tasarrufida boʻlgan jami pul mablagʻlari, moliyaviy aktivlari majmui. Moliya resurslarini davlat, firma va korxonalar, xonadon va jamoat tashkilotlari tashkil etadi. Moliya resurslari moliya va moliya tizimining moddiy asosi, moliya siyosatini utkazishning asosiy vositasi. Moliya resurslari yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yaratiladi. Moliya resurslari manbai, birinchi navbatda mamlakat iktisodiyotining faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻlik, boʻlgan pul daromadlaridir. Moliya resurslari, odatda davlat byudjetlarida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarda, davlat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda toʻplanadi.

Hozirgi davlatlar Moliya resurslarini yaratishning asosiy usuli tarzida soliklardan tashkil topadigan soliqtizimini qoʻllaydi. Davlat Moliya resurslari — davlat tashkil etadigan va oʻz vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablagʻlaridir. Firma yoki korxona Moliya resurslari yalpi pul tushumi, bankdan olgan krediti, uz mulkini sotishdan kelgan tushum, uz aksiyalarini sotishdan kelgan mablagʻ x.isobidan shakllantiriladi. Xonadon Moliya resurslari — ish haqi, pensiya, ijara haqi, bank bergan foiz va, nihoyat, tadbirkorlik keltirgan foydadan tashkil topadi. Xonadondagi Moliya resurslari, asosan, isteʼmol va jamgʻarish uchun ajratiladi
Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ma’lum bir tarzda boshqaruv tizimini tashkil etishni taqozo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko’rinishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv ob’yektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi. Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur
bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslar fondlarining o’lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo’lsa, uning o’sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo’ladi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylani-shining
qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko’zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bo’lgan tarzda va takror ishlab chiqarish tsiklini pul mablag’lari bilan to’liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin