O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYA” KAFEDRASI
“MOLIYA” fanidan
YAKUNIY NAZORAT Variant-11
Guruh : 92-2K
Bajardi: Yoqubova R
Qabul qildi:Pulatova M
TOSHKENT – 2022 “MOLIYA” FANIDAN Yakuniy nazorat sabablari
11-variant
Taqsimlash va qayta taqsimlash ob’ektlari va sub’ektlari.
Byudjet tizimi va davlat tuzilishi. Unitar va federativ davlatning byudjet tizimi.
Moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalikning bo‘linishi mexanizmini ta’minlash.
Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to’lovlar, harbiy o’lja va kontributsiyalar tashkil etgan bo’lsa, o’sha paytdayoq xarajatlar moddalarining hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmagan yo’nalishlari shakllandi: harbiy xarajatlar, iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag’lar.
Qirol xazinaning mutloq egasi bo’lgan davrda daromadlar natural soliqlar va aholining mehnat majburiyat-laridan iborat bo’lgan edi. Endilikda pul ko’rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil eta boshladi. Natijada yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi boshlandi.
Lekin shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt o’tishi bilan o’zgarib brogan. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik
shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqa-rishning yirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi.
Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag’larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub’yektlar o’rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanma-sining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o’z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi.
Tarixiy kategoriya sifa-tida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit-larni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya deyiladi.
YaIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik daromadi, dividendlar va qayta taqsimlash-ning boshqa shakllari ko’rinishidagi o’z hissalarini oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bo’lgan soliq-lar va boshqa to’lovlarni to’lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi.
Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi.
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg’arilishiga, iste’mol sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
xo’jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga;
xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
xo’jalik sub’yekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshi-rishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning vositasi sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’yektiv ravishda o’zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YaIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo’ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo’g’inlaridan iborat:
davlatlarda esa – federatsiya a’zo-larining krediti maxsus fondlar;
davlat korporatsiyalari moliyasi.
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi),
eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo’g’indan iborat:
davlat byudjeti;
ko’p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq
okruglari byudjeti).
Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar
o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi. Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo’g’indan tarkib
topgan:
davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat byudjeti);
federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti,
Kanadada – provintsiyalar byudjeti,
GFRda – erlar byudjeti, Shveytsariyada – kantonlar byudjeti va h.k.);
mahalliy byudjetlar. Mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan
federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o’z navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi. Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning yetakchi bo’g’inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o’z-o’zini boshqarish hududiy organlarining funk-tsiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo’ljal-langan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat davlat byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular yordamida davlat xarajatlarini qoplaydi. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning bu bo’g’ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bo’lgan qismi qayta taqsimlanadi. Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo’lib,
ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda undan ham ko’proq qismi shakllantiriladi. Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo’ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo’g’inlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi