O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya Instituti



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/2
tarix13.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#84105
  1   2
BABAYEVA SHAXNOZA EKONOMETRIKA



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Toshkent Moliya Instituti


EKONOMETRIKA
fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Ekonometrik modellarni baxolash usullari.

Bajardi: SMM 52-guruh Babayeva SH.
Tekshirdi: Utanov B.
Toshkent 2023 yil.
MAVZU: Ekonometrik modellarni baxolash usullari
KIRISH
Reja:
1. Ekonometrikaning nazariy asoslari
2. Ekonometrik modellarni baxolash
3. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro‘y berayotgan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘zining aniq ifodasini topmoqda. Bunday iqtisodiy o‘sishga erishishda, avvalambor, keng ko‘lamli tizimli bozor slohotlarini joriy etish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab iqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilganligi katta ahamiyatga egadir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o‘zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg‘ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilishda ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy indikatorlarni prognozlash, ko‘p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini kompyuter orqali monitoring qilish masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda “Ekonometrika” fani muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ekonometrika-2” fani iqtisodiy tahlil predmeti bo‘lib, sub’ektiv ichki omillar ta’siri ostida shakllangan xo‘jalik faoliyati va uning pirovard natijalari ham hisoblanadi. Ichki omillar inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgani uchun iqtisodiy tahlilda unga katta ahamiyat beriladi.
Xo‘jalik faoliyatini mohirona boshqarish ob’ektiv sharoit va ob’ektiv omillardan to‘g‘ri foydalanib, biznes-rejani to‘la bajarish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun “Ekonometrika-2” matematik usullari yordamida xo‘jalik mexanizmini boshqarish asboblaridan (instrumentlari) to‘g‘ri foydalaniladi.
Sub’ektiv omillar (ichki), uddaburon rahbar, ishlab chiqarishni to‘g‘ri-malakali boshqarish, iqtisod, moliya faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, o‘z sohasini chuqur egallash iqtisodiy va tashkiliy tayyorgarlik asoslaridir.
Ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida shakllanayotgan xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari mos ravishda korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimida o‘z ifodasini topadi va tahlil predmeti hisoblanadi.
Ma’lumotlar tizimi tezda o‘zgaruvchan - dinamik xarakterga ega; ular kirish ma’lumotlari to‘plami, oraliq qayta ishlash natijalari, chiqish ma’lumotlari va pirovard natijalarni o‘z ichiga oladi hamda boshqarish tizimiga kiradi. Bu ma’lumotlarni samarali tashkil etish va boshqariladigan ma’lumotlar oqimini shakllantirish iqtisodiy tahlil va boshqarishning optimal qarorlarini qabul qilishda xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llashdan asosiy maqsad ommaviy hodisalar va jarayonlar haqida ularni kuzatish yoki eksperimentlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida xulosalar hosil qilish va ular asosida ekonometrik modellar tuzishdan iborat. Bu statistik xulosalar alohida tajribalarga tegishli bo‘lmasdan, balki tadqiq qilinayotgan hodisani keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarning doimiy ekanligi farazidagi shu hodisaning umumiy tavsiflari (ehtimolliklari, taqsimot qonunlari va ularning parametrlari, matematik kutilishlari va h.k.) haqidagi da’volardan iborat.
Ommaviy tasodifiy hodisalar bo‘ysunadigan qonuniyatlarni aniqlash statistik ma’lumotlarni - kuzatish natijalarini ehtimollar nazariyasi uslublari bilan o‘rganishga asoslanadi.
«Ekonometrika-2» fani milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini kompleks tahlil qilish, barqaror iqtisodiy o‘sishning ko‘p variantli modellarini yaratish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va taqchil resurslardan optimal foydalanish yo‘nalishlarini aniqlab beradi. “Ekonometrika-2” fani:
 iqtisodiyot bo‘yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga, iqtisodiy rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi;
 milliy iqtisodiyotni yaxlit tizim tarzidagi matematik modellarini yaratish orqali unga tashqi ta’sirlar, jahonda yuz berayotgan inqirozning biznes sikllariga ta’sirini aniqlay oladigan va qarshi choralarni belgilash strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi;
 qo‘yilgan muammoni nafaqat analitik ifodalab qolmasdan, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini tuza oladigan, endogen va ekzogen omillar ta’sirini aniqlay oladigan milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlar va korxonalarning biznes-jarayonlarini modellashtirishga ko‘maklashadi;
 tadqiq qilinayotgan ob’ekt, korxona, tarmoqning yoxud milliy iqtisodiyotni deterministik va stoxastik modellarini tuzishga imkon berib, ushbu jarayonlarni sifat va son jihatidan tizimli boshqara oladigan va bashorat qila oladigan modellarini yaratadi;
 tadqiq qilinayotgan ob’ektni samarali boshqarish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida maslahat beruvchi takliflar yoki boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beradi. 3 ulchov birligidan foydalanilsada, ammo yagona pul ulchov birligida umumlashtiriladi, bundan tashkari buxgalteriya xisobining yana bir xususiyati xamma jarayonlar xujjatlarda aks ettirish lozim.
“Ekonometrika-2” fanining predmeti - bu korxonalarning xo‘jalik jarayonlari, ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida shakllanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, samaradorlik va pirovard moliyaviy natijalarni iqtisodiy-matematik modellari va ma’lumotlar tizimi orqali ifodalangan asosiy ko‘rsatkichlar, ularning barqarorligi va tebranish xususiyatlarini o‘rganishdir. Xo‘jalik jarayonlariga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillarni o‘rganish hamda ularni miqdoriy baholash ham fanning predmeti hisoblanadi. Bularga misol qilib narx omilini keltirish mumkin.
Narx omiliga doimo o‘zgarib turuvchi narxlar, tariflar, stavkalar kiradi.
Bozor sharoitida narxning shakllanishi umuman stixiyali jarayondir. Ularni shakllanishi qiymat qonuni va bozor qonuniyatlari talablari ostida shakllanadi, Narxni o‘zgarishi bozor ishtirokchilari faoliyatlariga turlicha ta’sir o‘tkazadi. Ularning ta’sirini o‘rganish va iqtisodiy tahlil qilish murakkab iqtisodiy hisob-kitoblarni bajarishni talab qiladi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin