Nazariy tushunchalar EHM faqat sonli shakldagi ma`lumotlarni qayta ishlaydi. Barcha ma`lumotlar, xususan, dasturlar, matnlar, ovozlar, rasmlar kompyuterda qayta ishlanishi uchun u albatta sonli shaklga almashinishi lozim. Kompyuter ma`lumotlarni qabul qilar ekan, dastlab u kodlanadi. Har bir belgiga, harf yoki simvollarga maxsus son mos keladi. Uni ekranga yoki chop qilish qurilmasiga chiqarish jarayonida ana shu songa mos belgi qo’yiladi. Son va belgi orasidagi bog’lanish belgilarni kodlash deb yuritiladi. Kompyuterdagi ma`lumot birligi bir bitdan iborat, ya`ni 0 yoki 1 qiymat qabul qiladi. Lekin kompyuter buyruqlari bayt bilan ishlaydi. Ketma-ket sakkiz bit bir baytdan iborat. Demak, bir bayt birgina belgi qiymatini 256 variantda kodlash imkoniyatini beradi. Ma`lumotni o’lchashning katta birliklari kilobayt, megabayt, gigabayt bo'lib, ular quyidagicha boshlangan:
1024 bayt
=
1Kbayt
1024 Kbayt
=
1Mbayt
1024 Mbayt
=
1Gbayt
Ixtiyoriy asosli sanoq tizimini yoyilma shaklda quyidagicha berish mumkin:
N = anqn + аn-1 qn-1 + а1q1 +а0q0 + a-1q-1 + ... + а-mq-m,
Bu yerda: N –berilgan son;
a – ixtiyoriy 0 dan 9 gacha bo'lgan sonlar;
q – sanoq tizimining asosi;
n, m – musbat sonlar.
Masalan: 35,9(10) 3*101 + 5*100 + 9*10-1 1101,11(2) 1*23 +1*22 + 0*21 + 1*20 + 1*2-1 + 1*2-2 (2 10)
Yuqoridagi tartibda o’n oltilik, sakkizlik va ikkilik sanoq tizimidagi sonlarni o’nlik sanoq tizimiga o’girish mumkin bo'ladi.
Uchinchi avlod mashinalari mikrosxemalar asosida bajarilgan, ular o’zida ikkitta holatni qabul qiladi. Shu sababli barcha kodlash ishlari va ulardagi ma`lumotlar ko’rinishi va dasturlar ikkilik sanoq tizimi asosida bajariladi.
EHMda yozish misollarni tayyorlashda sakkizlik va o’n oltilik sanoq tizimlaridan foydalaniladi. Ular shunisi bilan qulayki, buyruq va konstantalarni yozishda ikkilik sanoq tizimiga nisbatan 3 yoki 4 marotaba kam razryad talab qiladi.