O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
KREDIT-IQTISOD FAKULTETI
BANK XARAJATLARI AUDITI
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:k.o’q. Absalomov A.
Bajardi: Azizov S. KBI-90
TOSHKENT-2015
Mundarija:
Kirish
1. Tijorat banklari daromad va xarajatlarining shakllanishi.
2. Tijorat banklari xarajatlari auditini tashkil qilishning nazariy
nazariy asoslari.
3. Bank xarajatlarini audit qilishning joriy holati tahlili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
KIRISH.
Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo`lmaydi.
Chunki banklar xo`jalik sub`ektlarini kredit mablag`lari bilan ta`minlab,
ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va
jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Bizga ma`lumki, banklar, asosan, jamiyatdagi bo`sh pul mablag`larini
jamlaydilar va bu pullarni iqtisodiyotning eng samarali sohalariga
joylashtiradilar. Shunday ekan, hozirgi sharoitda banklar mamlakatimiz
iqtisodiyotining qon tomirlari- Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda “lokomotivi”
hisoblanadi.
Bu borada, muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov o`z nutqida « Bank
tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda
eng muhim omil bo‘ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali 25
foizga oshdi. Bank tizimining mustahkamlanishi 2014-yilda Markaziy bankning
qayta moliyalash stavkasini 12 foizdan 10 foizga, tijorat banklarining kreditlar
bo‘yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda kamaytirish uchun zarur
imkoniyatlar tug‘dirdi. Banklar tomonidan faqat ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish va texnologik yangilash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan
kreditlar hajmi 2013-yilga nisbatan 1,2 barobar, aylanma mablag‘larni to‘ldirish
uchun ajratilgan kreditlar esa 1,3-martadan ziyod oshishi», ekanligini alohida
ta`kidlaydi.
1
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi faoliyatini nazorat qilishning
asosiy elementlaridan biri audit hisoblanadi. Hozirgi vaqtda audit xulosalaridan
foydalanuvchilarning asosiy qismini bilvosita foydalanuvchilar ekanligini hisobga
olsak, uning ahamiyati nafaqat nazoratda, balki investorlarni jalb qilishning ham
1
«2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya
jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish –
ustuvor vazifamizdir», O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor
yo'nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'ruzasi. Xalq so'zi gazetasi, 2014 yil 17 yanvar
bir usuli ekanligi ko`zga tashlanadi. Kurs ishining yana bir dolzarb jihati bu tijorat
banklari faoliyatini shaffofligi va ularning daromadlari va xarajatlarining banklar
faoliyatidagi rolini ochib berishdadir.
Prezidentimizning 2010-yil 10-noyabrdagi PQ 1438 sonli “2011-2015
yillarda bank-moliya tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va
yuqori xalqaro reyting ko`rsatkichlariga erishish bo`yicha chora-tadbirlari
to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, 2015 yilga qadar mamlakatimiz tijorat banklariga
jahonning nufuzli reyting kompaniyalari yuqori reyting ko`rsatkichlarini olish
vazifasi qo`yilgan.
Bu qarorning 1-ilovasi 3-bo`limiga quyidagi bandlar kiritilgan:
1. Tijorat banklari umumiy kapitalini qo`shimcha aksiyalarni chiqarish yo`li
bilan 2011-2015 yillarda 2.1 martaga oshirilishini ta`minlash.
2. Tijorat banklarining ichki audit xizmatlarini quyidagilarga asosan yanada
kuchaytirish:
Tijorat banklari filiallari faoliyatining monitoringi natijalarini bank
Kengashi yig`ilishlarida muntazam ravishda ko`rib chiqish orqali
monitoring tizimini takomillashtirish;
Ichki audit xizmati ishining samaradorligini bankning aktivlari,
kredit va investitsiya portfeli sifati hamda bank faoliyatiga tegishli
boshqa ko`rsatkichlardan kelib chiqib baholash tizimini joriy qilish.
1. Tijorat banklari daromad va xarajatlarining shakllanishi.
Bank xizmat ko`rsatishi va bank mahsulotlarini sotish evaziga oladigan
tushumlari miqdori bankning daromadlarini anglatadi. Bankning daomadlari
asosan aktiv operatsiyalar natijasida yuzaga keladi. Mamlakatimiz amaliyotida
tijorat banklari daromadlarini ikki turga bo`linadi:
Foizli daromadlar
Foizsiz daromadlar
1-chizma. Tijorat banklari daromadlari tasnifi
2
Foizli daromadlar - oldindan shartnoma asosida belgilangan foiz stavka
bo`yicha hisoblanadi. Daromadlar har bir faoliyat turidan turlicha kelishi
mumkin. Aktiv operatsiyalardan keladigan daromad umumiy daromadlarning
asosiy salmog`ini tashkil etadi. Kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar
bank faoliyatida eng muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Foizli daromadlarning 70
foizga yaqin qismi aynan kredit operatsiyalaridan keladigan foizli daromadlar
hisoblanadi. “Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasi”ga ko`ra tijorat banklari
Markaziy bankka berilgan kreditlar
Boshqa banklarga berilgan kreditlar
Hukumatga berilgan kreditlar
Budjet tashkilotlariga berilgan kreditlar
Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan kreditlar
2
Manba: Surkova M.A, Leshina
E.A, Bagdanova N.A, Ryabova M.A
“Аудит банков” o`quv qo`llanma . Ulyanovsk 2009-yil.
Bank daromadlari
Foizli daromadlar
Foizsiz daromadlar
Davlat korxonalariga berilgan kreditlar
Qo`shma korxonalarga berilgan kreditlar
Xususiy korxonalarga berilgan kreditlar
Bank bo`lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan kreditlar
bo`yicha foizli daromadlar olishi mumkin. Bu daromadlarni keltiruvchi kredit
turlari 11900-15599 hisobvaraqlarda hisobga olinib boriladi. Foizli daromadlar
hisobvaraqlar rejasining 40200-45121 hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Foizli daromadlar klassifikatsiyasi
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlar bo`yicha
foizli daromadlar:
Vakillik hisobvarag`i bo`yicha
Depozitlar bo`yicha
Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo`yicha foizli daromadlar:
Vakillik hisobvaraqlari(VOSTRO)
Vakillik hisobvaraqlari(NOSTRO)
Depozitlar bo`yicha
Oldi-sotdi qimmatli qog`ozlari bo`yicha foizli daromadlar:
Davlat xazina veksellari bo`yicha
Davlat obligatsiyalari bo`yicha
Markaziy bank qimmatli qog`ozlari bo`yicha
Korxonalar obligatsiyalari bo`yicha
Yevroobligatsiylar bo`yicha
Xususiy korxonalar qimmatli qog`ozlari bo`yicha
Boshqa qimmatli qog`ozlar bo`yicha
Kredit operatsiyalari bo`yicha foizli daromadlar:
Markaziy bankka berilgan kreditlar bo`yicha
Boshqa banklarga berilgan kreditlar bo`yicha
Hukumatga berilgan kreditlar bo`yicha
Budjet tashkilotlariga berilgan kreditlar bo`yicha
Jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar bo`yicha
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan kreditlar bo`yicha
Nodavlat notijrat tashkilotlarga berilgan kreditlar bo`yicha
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kreditlar
bo`yicha
Bank bo`lmagan moliyaviy tashkilotlarga berilgan kreditlar bo`yicha
Xususiy korxonalarga berilgan kreditlar bo`yicha
REPO operatsiyalari bo`yicha
Lizing bo`yicha
Hozirgi kunda Respublikamiz tijorat banklarining asosiy daromadlari aynan
kredit operatsiyalari orqali shakllanadi. Tijorat banklari o`zlarining kredit
siyosatiga ega. Kredit siyosati orqali banklar o`zlarining kreditlash operatsiyalarini
aynan qanday olib borishini ko`rsatadilar. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan foizli
daromad turlari va ular bo`yicha olinadigan foizlar yil oxiriga kelib “Foyda va
zararlar to`g`risida” gi hisobotga ko`chiriladi. Mamlakatimiz tijorat banklarida
xorijiy bank amaliyotidan farqli ravishda foizli daromadlarning jami daromadlar
tarkibidagi ulushi yuqori emas. Odatda bank daromadlarining 70% dan yuqoriroq
qismini foizli daromadlar tashkil qilishi lozim. Bu tavsiyaviy xarakterga ega
bo`lgan ko`rsatkich hisoblanadi. Bu ko`rsatkichni Jahon banki ekspertlari
ta`kidlaydilar.
Foizsiz daromadlar- bankning barcha xizmat turlari yoki mahsulotlari uchun
foiz ko`rinishida emas, balki qat`iy belgilangan miqdorda olinadigan jami tushumi
bankning foizsiz daromadi hisoblanadi. Jahon banki ekspertlari bankning foizsiz
daromadlari ulushi foizli daromadlar ulushiga teng yoki undan katta bo`lishini
oqlamaydilar. Foizsiz daromadlar hisobvaraqlar rejasining 45200-45994
hisobvaraqlarida aks ettiriladi va hisobda yuritiladi.
Foizsiz daromadlar klassifikatsiyasi:
Vositachilik operatsiyalari bo`yicha foizsiz daromadlar
Markaziy Bankka ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha
Boshqa banklarga ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha
Qimmatli qog`oalar bilan bog`liq vositachilik operatsiyalar bo`yicha
Bankning qimmatbaho metallar, toshlar, va tangalar bilan amalga
oshirgan operatsiyalari bo`yicha
Faktoring bo`yicha
Trast operatsiyalari bo`yicha
Kreditlar bo`yicha vositachilik daromadlari
Menejment xizmati bo`yicha
Mahalliy to`lovlar bo`yicha vositachilik haqlari
Kafolatlar va kafilliklar bo`yicha
Boshqa vositachilik operatsiyalari bo`yicha
Xorijiy valyutalardagi foyda
“SPOT” bitimi bo`yicha
Muddatli operatsiyalar bo`yicha
Valyuta transaksiyalari bo`yicha
Tijorat operatsiyalaridan foyda
Qimmatli qog`ozlar bo`yicha
Qimmatbaho toshlar, metallar va tangalar bo`yicha
Sotishga olingan qimmatli qog`ozlar haqiqiy qiymatining o`zgarishi
hisobiga olingan foyda
Qaram xo`jalik jamiyatlariga, qo`shma korxonalarga va sho`ba xo`jalik
jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo`yicha
Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
Boshqa foizsiz daromadlar
Bankning asosiy vositalaridan ijarasidan
Boshqa ko`chmas mulklarga qilingan investitsiyalar bo`yicha
Hisobdan chiqarilgan mablag`larning qaytarilishi
Bank asosiy vositalari va ko`chmas mulklarini sotish bo`yicha
Boshqa foizsiz daromadlar
Yuqoridagilardan ko`rishimiz mumkinki, bankning foizsiz daromadlari
asosan vositachilik operatsiyalari natijasida to`planadi. Bu borada mijozlar
hisobvaraqlariga xizmat ko`rsatish, hisobvaraq ochish yoki yopishdan keladigan
daromadlari nisbatan salmoqli o`rin egallaydi. So`nggi paytlarda mamlakatimiz
tijorat banklarida aholining kommunal to`lovlari bilan bog`liq vositachilik
operatsiyalaridan tushayotgan daromadlar miqdori oshib bormoqda.
Tijorat banklarining xarajatlari va ularning tarkibi
Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga
bog`liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni
kamaytirishga imkon beradi.
Odatda, banklar o`z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga
ketgan mablag`lar, shuningdek, kredit riski bilan bog`liq bo`lgan
yo`qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar. Bank xarajatlari tarkibida
eng asosiy salmoqni ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar tashkil etadi.
Soliq va yig`imlar xarajatlari ham salmoqli ulushga ega.
2-chizma . Bank xarajatlari tarkibi
3
Foizli xarajatlar
Foizli xarajatlar-barcha majburiyatlar
bo`yicha
to`plangan
foiz
summasi demakdir. Bizga ma`lumki tijorat banklari kredit resurslari tashkil
etishda talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hamda muddatli depozitlar
qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar ma`lum belgilangan foizlarda pul
to`laydilar. Tijorat banklari bank qarz majburiyatlari bo`yicha foizlar
to`laydilar, shu jumladan, qimmatli qog`ozlarining sotuv narxi bilan nominal
qiymati orasidagi salbiy tafovut bo`lganida, ba`zi bir keltirilgan, lekin
to`lanmagan foizlarni to`lashda banklarda foizli xarajatlar yuzaga keladi.
Banklar foizli xarajatlarining yana biri kredit va unga bog`liq
operatsiyalardir. Banklar, eng avvalo, Markaziy bankdan, boshqa tijorat
3
Manba: Surkova M.A, Leshina E.A, Bagdanova N.A, RyabovaM.A “Аудит
банков” o`quv qo`llanma . Ulyanovsk 2009-yil.
Bank xarajatlari
Foizli xarajatlar
Foizsiz xarajatlar
Operatsion xarajatlar
banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan, bank bo`lmagan moliyaviy
muassasalardan kreditlar olishi mumkin. Olingan kreditlar uchun to`lanadigan
qarz- foizli xarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar (hisobot yiliga nisbatan)
hisobiga to`lagan foizlar va vositachilik yig`imlari, hamda o`tgan yillarda
bank mijozlardan ortiqcha undirgan foizlar, hamda vositachilik yig`imlarini
qaytarishi bilan foizli xarajatlar qiladi. Foizli xarajatlar hisobvaraqlar rejasining
50100-54904 hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Foizli xarajatlar klassifikatsiyasi:
Bu xarajat turi asosan 5 katta qismga ajratiladi. Ular foiz ko`rinishida
to`lanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismini depozit operasiyalari bo`yicha xarajatlar
tashkil qiladi.
Depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar:
Talab qilib olinguncha depozitlar bo`yicha
Jamg`arma depozitlar bo`yicha
Muddatli depozitlar bo`yicha
O`zbekiston Markaziy bankining hisobvaraqlari bo`yicha foizli
xarajatlar
Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo`yicha foizli xarajatlar
Bankning tugallanmagan akseptlari bo`yicha foizli xarajatlari
Kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar
Chiqarilgan qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizli xarajatlar
REPO bitimlari bo`yicha foizli xarajatlar
Boshqa foizli xarajatlar
Foizsiz xarajatlar klassifikatsiyasi:
Bankning o`z majburiyatlarini bajarishi uchun foizli ko`rinishda emas, balki
belgilangan summada qilinadigan xarajatlari foizsiz xarajatlar hisoblanadi. Bu
xarajatlar hisobvaraqlar rejasining 55100-55995 hisobvaraqlarida hisobga olinadi va
hisobda aks ettiriladi.
Markaziy Bankkka to`lanadigan foizsiz xarajatlar
Boshqa banklarga to`lanadigan foizsiz xarjatlar
Qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq operatsiyalar bo`yicha foizsiz
xarajatlar
Vositachilik xarajatlari
Xorijiy valyutalardan ko`rilgan zararlar
Tijorat operatsiyalaridan ko`rilgan zararlar
Investitsiyalardan ko`rilgan xarajatlar
Boshqa foizsiz xarajatlar:
Asosiy vositalarni sotish va ijaraga berishdan
Boshqa xususiy mulklarni sotishdan
Boshqa foizsiz xarajatlar
Operatsion xarajatlar:
Bank faoliyat olib borishi uchun zarur bo`lgan foizli va foizsiz xarajatlar tarkibiga
kiritilmaydigan xarajatlar operatsion xarajatlar hisoblanadi. Ular hisobvaraqlar
rejasining 56100-56902 hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Bu xarajatlar asosan
quyidagi yirik guruhlarga bo`linadi:
Ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar
Ijara va ta`minot xarajatlari
Xizmat safari va transport xarajatlari
Ma`muriy xarajatlar
Reprezentatsiya va xayriya
Eskirish xarajatlari
Sug`urta , soliq va boshqa xarajatlar
Ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni baholash
Foyda solig`i xarajatlari
Banklarning operatsion xarajatlarining tarkibi bankning tashkiliy shaklidan
kelib chiqib farqlanishi mumkin. Odatda xususiy banklarda operatsion xarajatlar
salmog`i yuqori bo`ladi, sababi xususiy banklar ish haqi fondini yuqoriroq
qilishga o`z e`tiborini qaratadilar. Banklarning resurs yig`ish bilan bog`liq
operatsiyalarining asosiy qismini depozit operatsiyalari tashkil qiladi. Foizli
xarajatlar tarkibida ham depozitlarga to`lanadigan foizli xarajatlar yuqori salmoqqa
ega. Tijorat banklari tomonidan to`lanadigan soliqlarga quyidagilar kiradi:
- foyda solig`i
- ekologiya solig`i;
- mol-mulk solig`i;
- yer solig`i;
- obodonchilik ishlari uchun yig`im;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i;
- yer osti boyliklaridan foydalanish solig`i;
- O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq joriy etiladigan boshqa
soliqlar, yig`imlar va majburiy to`lovlar.
Auditorlik tekshiruvlari moliyaviy hisobotlar bilan bog`liq ekan, demak
banklarning moliyaviy hisobotlariga to`xtalib o`tishimiz zarur. Tijorat banklari
besh turdagi moliyaviy hisobotlarni tuzadilar:
Buxgalteriya balansi
Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot
O`z mablag`lari harakati to`g`risidagi hisobot
Tushuntirishlar va izohlar
Bu beshta hisobot turini tuzish bir yilda bir marta amalga oshiriladi.
2. Tijorat banklari xarajatlari auditini tashkil qilishning nazariy nazariy
asoslari.
Bizga ma`lumki “audit” so`zi eshitmoq degan ma`noni anglatadi. Audit
munosabatlari mamlakatimizda mulkiy munosabatlarda o`zgarish ro`y bergandan
boshlab yuzaga kelgan. Mamlakatimizda audit atamasi 1988 yillarga kelib kirib
keldi. Auditning asosiy zaruriyati bu aksionerlar tomonidan boshqaruvning to`g`ri
ishlayotganini tekshirishdir. Banklar boshqaruvida ichki audit xizmatining o`rnini
quyidagi chizma yaqqol tasvirlaydi(1-chizma).
3-chizma. Bank boshqaruvi tarkibi.
4
Har bir tijorat bankida bank Kengashigagina bo`ysunuvchi alohida
bank ichki audit xizmati joriy qilinadi. Bankning xizmat ko`rsatish ko`lami
kengligiga qarab, bu tuzilma, ya’ni ichki audit qo`mita shaklida yoki maxsus
xizmat shaklida joriy qilinishi mumkin. Audit xulosalari natijasiga bog`liq
holda mijozlar yoki bo`lajak investorlar bankni tanlashi mumkin. Banklarni
tashqi audit qilish, banklarning moliyaviy hisobotlarini tekshirish, birinchi
navbatda bank aksiyanerlarini qiziqtiradi. Banklarda o`tkaziladigan tashqi audit
tekshiruvlari va ichki audit tekshiruvlari o`rtasida bir qancha farqlar mavjud.
Dastavval o`tkazuvchilarda, tashqi auditni bankka hech qanday aloqasi
bo`lmagan mustaqil auditorlik kompaniyalari tomonidan o`tkaziladi. Tashqi
audit tekshiruvi natijasida auditorlik kompaniyasi 4 turdagi auditorlik
xulosalaridan birini beradi. Bular:
Ijobiy auditorlik xulosasi.
Izohli-ijobiy auditorlik xulosasi.
Salbiy auditorlik xulosasi.
Xulosa berishdan bosh tortish.
4
Manba: YO.Abdullayev, T. Qoraliyev, Sh.Toshurodov, S.Abdullayeva “Bank ishi” O`quv qo`llanma -
T.: “Iqtisod-moliya” 2010-yil.
Ijobiy auditorlik xulosasi bankning moliyaviy hisobotlari xalqaro
standartlarga to`liq javob bergan hollarda beriladi.
Izohli-ijobiy auditorlik xulosasi esa faqatgina milliy standartlarni ayrim
elementlarinigina namoyon etuvchi , qolgan qismlari esa xalqaro standartlar
talabi darajasidagi moliyaviy hisobotlarga beriladi.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarga mos
tushmagan, ulardagi satrlarni hisoblanishida xatoliklar uchraydigan moliyaviy
hisobotlarga nisbatan beriladi.
Xulosa berishdan bosh tortish hollari bank tomonidan auditorga taz’yiq
o`tkazilgan hollarda, auditorga tegishli hujjatlar taqdim etilmagan hollarda,
auditorlik kompaniyasi va bank o`rtasida shartnoma shartlari buzilgan hollarda
amalga oshiriladi.
Ichki audit bank kengashi tomonidan tashkil qilinadi va bosh auditor
tayinlanadi. Shundan keyin bosh auditor tomonidan audit qo`mitasining qolgan
a`zolari tayinlanadi. Eng muhimi ichki audit bu bankning o`zida tashkil
qilinishidadir. Audit xizmati xodimlari bevosita bank kengashigagina
bo`ysunadi. 2011 yilga qadar ichki audit xizmati xodimlari yiliga bir marta
hisobot bergan bo`lsalar, endi Prezidentimizning “2011- 2015 yillarda
Respublika bank-moliya tizimini yanada isloh qilish , uning barqarorligini
oshirish va yuqori xalqaro reyting ko`rsatkichlariga erishish bo`yicha chora-
tadbirlari to`g`risida” gi qaroriga ko`ra 2011 yildan boshlab ichki audit xizmati
xodimlari yilning har choragida bank kengashiga hisobot topshiradigan bo`ldi.
Tashqi audit tekshiruvlarining ob`ekti bo`lib yillik moliyaviy hisobotlar
hisoblansa, ichki audit tekshiruvlarning ob`ekti bo`lib balans moddalarining har
biri hisoblanadi.
Tashqi auditdan har bir bank bir yilda bir marta o`tsa, ichki auditdan esa har
bir bank filiali yilda bir marta o`tishi shart hisoblanadi. Audit xizmati xodimlari
kamida 3 yil bankning buhgalteriya hisobi va hisoboti, pul muomalasi, kredit,
valyuta, deposit bo`limlarida ishlagan bo`lishi lozim.
Tijorat banklarida o`tkaziladigan audit tekshiruvlari sifati va ta`irchanligini
oshirish, tashqi audit faoliyatini takomillashtirish, aholi va sarmoyadorlarning
bank tizimiga bo`lgan ishonchini yanada oshirish maqsadida 1996-yil 24-iyulda
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank audit tizimini rivojlantirish
chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi. Aytish mumkinki, mazkur
farmon ijrosi respublikada bank auditini shakllantirish va mustahkamlashning
amaliy bosqichini belgilab berdi.
Bu farmonga asosan bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro
andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va jahonning nufuzli
auditorlik kompaniyalaridan
“Arthur Andersen”
“Deloitte and Touche”
“KPMJ”
“Ernst and Young”
“Pricewaterhouse Koopers”
kabilar yetakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. Ko`plab
omillarni hisobga olib mamlakatimizda audit faoliyatini huquqiy asoslari
yaratildi. Me`yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va doimiy takomillashtirib
borilmoqda.
Yuqoridagi auditorlik kompaniyalari audit qilishi natijasida quyidagi
kamchliklar topildi:
Hisobvaraqlar rejasini qaytadan ishlab chiqish kerak edi. Sababi, 1996
yilgacha bo`lgan balans 24 ta qismdan iborat edi. Unda har bir soha
uchun balans hisobvaraqlari mavjud edi. Balansni xalqaro standartlarga
o`tkazish lozim edi. Bu kamchilikning oldini olish maqsadida Jahon
bankidan olingan 21.5 mln AQSH dollari evaziga yangi hisobvaraqlar
rejasi ishlab chiqildi. Markaziy bank uchun 1996-yil 13-noyabrida
Vazirlar Mahkamasining 289-sonli qarori bilan, Tijorat banklari uchun
esa 290-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yangi hisobvaraqlar
rejasi ishlab chiqildi. 1997-yil 1-apreldan barcha banklar buxgalteriya
hisobi yangi hisobvaraqlar rejasiga o`tdilar.
Tijorat banklari buxgalteriya hisobida “kassa usuli”dan voz kechib,
“hisoblash usuli”ga o`tilishi ta`kidlandi. Bu muammoni yechimi
sifatida “hisoblash” tamoyiliga o`tildi, ya`ni qilingan xarajatlar
operatsiya bajarilganda hisobda aks ettiriladigan bo`ldi, pul kelib
tushganda emas.
Mijozlar tarkibi bo`yicha kamchiliklar topildi, ya`ni davlat
korxonalariga davlat banki xizmat ko`rsatar edi. Garchi ular zarar bilan
ishlasa ham. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa mulk shaklidan qat`iy
nazar barcha korxonalar bank oldida va bank barcha korxonalar oldida
bir xil majburiyatga ega edi.
Auditorlik kompaniyalari topgan xatolaridan yana biri, 1996 yilga
qadar taqsimlanmagan foydaning har kvartalda fondlarga ajratilar edi.
Taqsimlanmagan foydaning kamligi kapital yetarliligiga salbiy ta`sir
etadi. Sabab ,
K=C/A
Ya`ni, kapital yetarliligi koeffitsiyenti bankning regulyativ kapitalini
riskka tortilgan aktivlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Auditorlik faoliyatining o`ziga xos jihatlari mavjud. Bu jihatlar audit
tamoyillari, uni o`tkazish bosqichlarida yaqqol ko`zga tashlanadi. “Auditorlik
faoliyati to`g`risida”gi qonunning 1-moddasida aytiladiki, “Banklarni auditdan
o`tkazishning o`ziga xos jihatlari O`zbekiston Respublikasining Markaziy Banki
tomonidan belgilanadi ”
5
Auditorlik tekshiruvi deganda, “Moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy
axborot to`g`riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo`jalik
yurituvchi sub`ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog`liq moliyaviy
5
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun. 1-modda. 26.05.2000 yil.
axborotni auditorlik tashkiloti tomonidan tekshirish”
6
tushuniladi.Tijorat banklari
har yili majburiy audit tekshiruvidan o`tishlari shart.
O`zbekiston Respublikasining Markaziy Bankining 2004-yil 13-martdagi
571(6/12) sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarining ichki auditiga
Markaziy Bank tomonidan qo`yiladigan talablar to`g`risida” gi Nizomga ko`ra,
“Ichki audit- bank xodimlarining o`z vazifalarini samarali bajarishlarida yordam
berish maqsadida bank faoliyatini tekshirish va baholash uchun bank ichida doimiy
asosda tuzilgan mustaqil ekspertiza”.
Ichki auditning asosiy maqsadi bo`lib, ichki audit xizmati tomonidan bank
raxbariyatiga bank faoliyatining nazorati va natijalari bo`yicha ob`ektiv tahlil,
baho, tavsiyalar va ma`lumotlar taqdim etish orqali bank Kengashi va
Boshqaruviga bank faoliyati maqsadiga erishishda ko`maklashish hisoblanadi.
Bank Kengashi tegishli ichki nazorat tizimini tashkil etish va qo`llab- quvvatlash
maqsadida Auditorlik qo`mitasini tuzadi va bu qo`mita tarkibiga faqatgina Bank
Kengashi a`zolari kiritiladi. Bu qo`mita tarkibiga Bank Kengashining kamida 3 ta
a`zosi kiritilishi lozim. Auditorlik qo`mitasi tarkibiga kiritilgan Kengash a`zolari
boshqa bank faoliyatiga javobgar qo`mitalar tarkibiga kiritilmaydi. Qo`mita
a`zolari oily ma`lumotga va yetarli ish tajribasiga ega bo`lishlari lozim. Undan
tashqari auditorlik qo`mitasining kamida bitta a`zosi moliyaviy hisobotlarni tuzish
bo`yicha malakaga ega bo`lishi hamda buxgalteriya hisobi va audit sohasi bo`yicha
mutaxasis bo`lishi lozim.
Respublikamizda 2000-yil 26-mayda “Auditorlik foaliyati to`g`risida” gi
Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu qonunda auditning mustaqil moliyaviy
nazoratchi sifatidagi huquqiy asoslari belgilab berildi.
Ushbu qonunda audit konsaltingni ham o`z ichiga olishi belgilab qo`yilgan.
Konsalting xizmati moliyaviy-xo`jalik faoliyatini tahlil qilish, tekshirish hamda
ularni yaxshilash bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, soliqlarni hisoblash,
buxgalteriya hisobi, ichki moliyaviy nazorat, tashqi aloqalar, chet el valutasi bilan
bog`liq jarayonlarni amalga oshirish, xususiylashtirish va boshqa xizmatlar
6
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun. 9-modda. 26.05.2000 yil.
berishni o`z ichiga oladi. Shu bilan bir qatorda, Qonunda moliyaviy hisobotlar
tarkibiga balans, foyda va zararlar to`grisidagi hisobot bilan birgalikda, uning qay
darajada ishonchliligi to`g`risidagi auditorlik xulosasi ham kiritilishi qayd etilgan.
Aksiyalari fond birjalarida harakatlanib turuvchi xo`jalik subyektlari,
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aksiya, obligatsiya yoki birjalarning boshqa
qimmatli qog`ozlari bilan ish boruvchi investitsiya va moliya kompaniyalari hamda
chet el investitsiyalariga ega bo`lgan korxonalarning moliyaviy hisobotlari
matbuotda e’lon qilinishi shart qilib qo`yildi.
Xo`jalik subyektlari yilda kamida bir marotaba auditorlik tekshirishlaridan
o`tishlari lozim. Bundan tashqari, ixtiyoriy ravishda bir necha marotaba auditorlik
firmalariga tekshiruv o`tkazish va maslahatlar olish uchun murojaat qilishlari
mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan
“O`zbekiston Respublikasida bank auditi to`g`risida” Nizom, “Tijorat banklarida
ichki nazoratni tashkil qilish uchun tavsiyalar”, “Tijorat banklari ichki auditiga
qo`yiladigan talablar” bank auditining huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi,
ko`pgina masalalarga aniqlik kiritdi. “Bank auditi to`g`risida” gi Nizomda tashqi
auditni tashkil etishning huquqiy asoslari ham o`z ifodasini topgan. Bu hujjatda
tijorat banklarini tekshirishni auditorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqini
beruvchi litsenziyaga va Markaziy bank sertifikatiga ega bo`lgan auditorlik
firmalari yoki auditorlar amalga oshirishlari belgilab qo`yilgan.
“Tijorat banklarining ichki auditiga qo`yilgan talablar” deb nomlangan
me’yoriy hujjatda quyidagilar aks etgan:
Ichki audit xizmati tijorat bankining barcha bo`limlarini va bankning
bosh ofisini ham tekshiradi;
Tijorat banklari o`zlarining “Ichki audit to`grisida” gi Nizomiga va
“Ichki auditni o`tkazish tartibi va bajariladigan ishlar tartiblari” ga ega
bo`lishlari lozim.
Shuningdek, bu hujjatda ichki audit xodimlarining javobgarliklari,
huquqlari, ularga qo`yiladigan talablar ham yoritilgan. Auditorlik hisobotida
auditning maqsadi va obyekti, tekshiruvlar hajmi, aniqlangan muammo va
kamchiliklar hamda har bir muammoni bartaraf etish bo`yicha tavsiyalar aks etishi
kerak. Hisobot Bank kengashi yoki bank Auditorlik qo`mitasiga taqdim qilinadi.
Bank Kengashi auditorlarning avsiyalarini joriy qilish bo`yicha siyosatni ishlab
chiqadi.
Auditorlik faoliyati juda murakkab faoliyat hisoblanib, ichki auditorga katta
mas’uliyat yuklaydi. Bank faoliyatining hamma yo`nalishlarini bilish uchun yuqori
malakaga ega bo`lish talab qilinadi. Auditor tekshiruvlarni xalqaro me’yor va
andozalarga muvofiq tashkil qiladi, unga tekshirilayotgan obyektga aloqador
bo`lgan har qanday hujjatlarni ko`rish imkoniyati berilishi lozim.
Umuman olganda, banklarda auditni tashkil etishning huquqiy asoslari
quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g`risida» gi Qonun
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g`risida» gi Qonun.
O’zbekiston Respublikasi «Markaziy banki to’g`risida»gi qonun
«Banklar va bank faoliyati to’g`risida »gi qonun
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquq’larini himoya qilish
to’g`risida»gi qonun
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 24 iyuldagi «Bank auditi
tizimini rivojlantirish chora tadbirlari to’g`risida»gi Farmoni
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi № PQ-615
sonli «Auditorlik tashkilotlarida faoliyatini yanada takomillashtirish hamda
ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g`risida»
qarori
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 198-sonli «Moliyaviy
nazoratni kuchaytirish va xo’jalik faoliyatiga auditorlik moliyaviy nazoratni
joriy etish to’g`risida»gi Qarori
Markaziy bankning Tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil qilish bo’yicha
tavsiyalar 1998 y.4 iyul 404- raqam bilan tasdiqlangan.
Markaziy bankning “O’zbekiston Respublikasida banklarni audit qilish
to’g`risida” 1998 yil 4 iyul 403 - son Nizomiga 1999 yil 18 sentyabridagi
(o’zgartirish va qo’shimchalari bilan)
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 9 noyabrdagi
«Tijorat banklarida pul muomalasini tashkil qilish haqida»gi ko’rsatma.
3. Bank xarajatlarini audit qilishning joriy holati tahlili.
Tijorat banklari daromadlari va xarajatlarini audit qilishda har bir balans
moddalari shaxsiy hisobvaraq aylanmalari bilan solishtirib chiqishdan boshlanadi.
Auditor bankka kelgach dastlab bank bosh buxgalteridan bankning kunlik balansni
so`raydi. Undagi qoldiqlarni birma-bir tekshirib chiqadi. Balans va uning
moddalari shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlariga tengligi tekshirilgach, auditor
dasturlar tengligini tekshirishni boshlaydi. Hamkorbank filialida IABS dasturi va
RS_Bank dasturlari ishlatiladi. Har bir berilgan kredit ikki dasturda ham bir xil
kiritilishi va ulardagi qoldiq doimo teng bo`lishi lozim. Auditor har doim dastur
bilan ish yuritadi. Uning ishchi dasturi taxminan quyidagicha bo`ladi:
Dostları ilə paylaş: |