O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi toshkent moliya instituti


Frederika Uinsloy Teylor tamoyillari (1865-1915)



Yüklə 60,37 Kb.
səhifə10/15
tarix02.01.2022
ölçüsü60,37 Kb.
#36013
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kurs ishi

Frederika Uinsloy Teylor tamoyillari (1865-1915).


XIX asrning ohiri va XX asrning boshlarida Amerikada "Ilmiy menejment" maktabi shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya'ni "Boshqaruvning mumtoz maktabi" deb ham yuritilgan. Amerikalik muhandis va ihtirochi F.U.Teylor bu maktabning asoschisi sifatida tanilgan. Keyinchalik uning nazariyasi "Teylorizm" deb nom olgan. F.U.Teylor yaratgan tizim esa ishchilarning "siqib suvini olish"ning ilmiy tizimi deb atalgan. F.Teylor ta'limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda qayatada samarador va maqbul usullarni izlashdir.

Frederika Uinsloy Teylorning boshqaruv tamoyillari:



  1. Mehnatning har bir jarayoni, uning ko’lami va ketma-ketligi aniq-puxta ixtisoslashtirilishi shart.

  2. Har bir mehnat turi qat'iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim.

  3. Har bir mehnat jarayeni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysundirilgan bolishi kerak.

  4. Yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi kerak.

  5. Boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas'uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to’g’ri taqsimlash shart.

F.Teylor mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (11%)ga o’sishiga olib kelgan. Ayniqsa, qo’llagan haronometraj usuli diqqatga sazovordir. F.Teylor nazariyasiga ko’ra rahbar va mutahassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga hos bo’lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shahsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi.

F.Teylor boshqarishni aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda “arzon usulda bajarish san'ati" deb baholagan. Shunday qilib, F.Teylor yaratgan Boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning bir qator mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko’rinishida rivojlanib bordi.



Yüklə 60,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin