O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti «Avtomatika va telemexanika»



Yüklə 124 Kb.
səhifə3/6
tarix06.05.2023
ölçüsü124 Kb.
#108767
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ta’lim materiallari

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARINI
O’ZLASHTIRISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR

Talaba mustaqil ishlari bo‘yicha topshiriqlarning sifatli bajarish va o‘z vaqtida ximoyalash uchun quyidagi uslubiy tavsiyalar beriladi:


Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish.
Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi.
Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savol-larga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyot-laridan foydalanib ushbu mavzuni konspekt-lashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar.
Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va x,.k.) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu buyicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.
Referat tayyorlash.
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu buyicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashkari ko‘shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va x,.k.) foydalanib materiallar yigadi, taxlil qiladi, tizimga soladi va mavzu buyicha imkon darajasida tuliq keng ma’lumot berishga xarakat qiladi.
Zarur hollarda o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar oladi.
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar va x. k.) tayyor-lash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsat-malar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu buyicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish buyicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.
Mavzu buyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzu buyicha testlar, qiyinchilik darajasi xar hil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish topshiriladi.
Bunda o‘qi-tuvchi tomonidan talabaga testga ko‘yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi.
Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo‘yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.
Talabaga biron bir mavzu buyicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) xarakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajra-tib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan xolda qo‘shimchalar, izohlar kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash.
Bir mavzu yoki bo‘lim buyicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani xal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Talabaning qizikish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy harakterdagi topshiriklar berish, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.



Yüklə 124 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin