Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi universitetii oʻzbek tilshunosligi kafedrasi


II BOB. RAVISHDOSH OBOROTINING XUSUSIYATLARI



Yüklə 375,5 Kb.
səhifə7/10
tarix17.02.2023
ölçüsü375,5 Kb.
#84777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ravishdosh kurs ishi tayyor

II BOB. RAVISHDOSH OBOROTINING XUSUSIYATLARI
2.1. Ravishdosh oborotning mazmun turlari.
Ravishdoshli birikma gapda ma‘lum mazmunni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu mazmun ravishdoshli birikmaning aniq ma‘nosi va asosiy fe‘l kesim bilan qanday munosabatga kirishuviga qarab belgilanadi: Bu mazmun turlari quyidagicha:
1) Harakat - holatning qay tarzda ro’y berishi: Otaqo’zi chuqur tin olib, xonani
bir aylanib chiqdi.
Normurod Shomurodov allaqanday pitirlab, yana bukchayib, ko’zlari javdirab qolgandi.
Latofat yana tunov kungiday ichkari uyga qamalib, eshikni qulflab oldi. (170-bet).
Misollardan birinchi gapda chuqur tin olib, xonani aylanib ravishdosh oborotlari mavjud bo’lib, ular asosiy fe‘ldagi harakatni qay tarzda ro’y berganligini ifodalab, gapda olib ravishdoshi hol vazifasida, aylanib ravishdoshi chiqdi bilan birgalikda kesim vazifasida keladi.
Ikkinchi gapdagi pitirlab, bukchayib ravishdoshlari holat ma‘nosini anglatib, gapda kesim, ya‘ni qo’shma gapning kesimi vazifasida kelyapti. Javdirab ravishdoshi esa qolgandi so’zi bilan: birgalikda kesim vazifasida qo’llanyapti.
Uchinchi gapdagi uyga qamalib, eshikni qulflab ravishdoshli birikmalari mazmun jihatdan harakatning holatini ifodalab kelyapti, birinchi ravishdosh hol vazifasida, qulflab ravishdoshi esa oldi fe‘li bilan birgalikda qo’shma fe‘lni tashkil etadi hamda kesim vazifasida kelyapti:
2. Ma‘lum harakat-holat boshqa holatga qiyoslanadi, o’xshatiladi: Vohid Mirobidovning dili otalik g’ururiga to’lib kuyoviga qarab jilmayib qo’ydi-da, go’yo o’ziyam raqs tushayotgandek, barmoqlarini qirsilatib, bo’ynini likillatib qo’ydi.
Mingbuloqdan keladigan bir ariq suv dam oftobda kumushday yarqirab, dam ariq tagidagi giyohlar rangida ajib tovlanib, daryoday hayqirib oqmoqda.
Yuqoridagi misollardan ko’ramizki bir harkat boshqa harakatga qiyoslanyapti. Birinchi gapdagi barmoqlarni qarsillatib, bo’ynini likkillatib ravishdoshli birikmalari o’zidan oldingi raqs tushish harakatiga qiyoslanib, o’xshatilgan holatni ifodalayapti. Qarsillatib ravishdoshi gapda hol vazifasida, likkillatib ravishdoshi esa qo’ydi fe‘li bilan birgalikda kesim vazifasida kelayapti. Ikkinchi gapdagi ravishdoshli birkmalarda suvning oqish holati boshqa holatlarga qiyoslanib ifodalanyapti. Kumushday yarqirab, giyoxlar rangida ajib tovlanib, daryoday xayqirib ravishdoshli birikmalarning mazmunidan ham va-day qo’shimchasining kelishidan ham o’xshatish mazmunini ifodalayotganini ko’rishimiz mumkin. Bu ravishdoshlar qay holatda? So’rog’iga javob bo’ladi, gapda hol vazifasida keladi.
3) Harakat-holatning ro’y berish payti: Idoraga kirib partkom sekretari Xolidaxon bilan ikki og’iz gaplashdi-da, tinchlik ekanini bilgach, Naimjon degan bosh mexanigini olib, to’g’ri dashtga yo’l oldi.
Oliya institutni bitirib, o’qituvchi bo’lib kelganida, Otaqo’zi maktab direktori bo’lib ishlardi.
Men qaytguncha tog’da bo’lib turishsin.
Misollarning birinchisida idoraga kirib, tinchlik ekanini bilgach ravishdoshli birikmalari qatnashgan bo’lib, ular gapda ma‘lum maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi, ya‘ni yo’l oldi asosiy harakatning paytini, vaqtini bildirishga xizmat qilyapti, kirib bilgach ravishdoshlari qachon? so’rog’iga javob bo’lyapti, gapda payt holi vazifasida kelyapti.
Ikkinchi misolda maktabni bitirib ravishdoshli birkmasi o’qituvchi bo’lib kelishiga nisbatan vaqtni ifodalaydi, ammo umumiy holatda kesim vazifasida keladi.
Uchinchi misoldagi qaytguncha ravishdoshi asosiy fe‘ldagi ish-harakatning paytini ifodalayapti va gapda hol vazifasida kelyapti.
4. Xarakat-holatning ro’y berish sababi: Hovlida oyoq sharpasini eshitib o’girilib qaradi.
Shu-shu Otaqo’zi ochilib ketib, mana, o’rinli-o’rinsiz gaplarni gapirib yubordi.
Ammo to Abror Shukurovich cholning oldidan qaytib bormaguncha, o’zini qo’yarga joy topolmay pitirlab qoldi.
Yuqoridagi gaplardan birinchisida o’girilib qarash harakatining sababi sharpasini eshitib ravishdoshli birikmasida ifodalangan, eshitib ravishdoshi gapda nima sababdan?
So’rog’iga javob bo’ladi, gapda sabab holi vazifasida keladi.
Ikkinchi gapdagi ochilib ketib ravishdoshli birikmasi gapirib yuborish harakatining sababidir. Gapda hol vazifasida keladi.
Uchinchi gapdagi pitirlab qolmoq harakatining sababi qaytib bormaguncha ravishdoshli birikmada ifodalangan, gapda hol vazifasida keladi.

  1. Harakat-holatni bajarishdan maksad: U ham Normurodning ahvoliga achinib, ko’ngil so’ragani kelgan emish.

Fazilatxonni ko’rgani jo’nab ketdi. Odatda, yigitlar qishloq o’rtasidagi tepalikka gumbazli masjid oldidagi maydonga yig’ilishlar, ularni jo’natgani tumonat odam to’planar...
Yuqoridagi misollarda so’ragani, ko’rgani, jo’natgani ravishdoshlari gaplarda ravishdoshli birikmalarni tashkil qilyapti hamda harakat - holatni bajarishdan maqsad nima ekanligini bildiryapti, gapda maqsad holi vazifasida kelyapti.

  1. Harakat-holatni vujudga keltirish uchun vosita yoki asos bo’lgan harakat-holatni ifodalaydi: Avvalgi yili dashtga kanal keldi deguncha, Otaqo’zi uch-to’rt ming gektar yer o’zlashtirish majburiyatini olib, u yerda butun bir shaharcha quradigan bo’ldi.

Xullas kalom, bu odam u qilib bu qilib, Fazilatxonni atrofida girgitton bo’lib, axiri uni qo’liga qo’ndirib oldi.
Misollardan birinchi gapda atrofida girgitton bo’lib ravishdoshli birikmasi asosiy fe‘ldagi harakat, ya‘ni qo’liga qo’ndirib oldi ifodalayotgan ma‘noni vujudga keltiruvchi vosita yoki asos deyish ham mumkin bo’lyapti. Bo’lib ravishdoshi gapda hol vazifasida keladi.

  1. Ayrim hollarda ravishdoshli birikma asosiy qismdan anglashilgan voqea, hodisa, holatni ifodalaydi. Bu hil ravishdosh birikmalari asosiy gapning kesimiga tobe bo’lmaydi. Ammo bu mantiqiy mustaqillik bilan bunday ravishdoshli birikmalarni mustaqil sodda gap bo’lmaydi yoki asosiy gap bilan qo’shma gapni tashkil eta olmaydi, chunki: 1) ularning tarkibida alohida ega bo’lmaydi; 2) qurilma tobe shakl-ravishdosh bilan tugallanadi.

Masalan: Domla Shomurodov boqqa tikilib, dimog’iga gup-gup urgan quruq pichan aralash beda hidini simirib, uzoq turdi.
Otaqo’zi tirsaklarini stolga tirab, boshini changallab oldi.
Bo’ron hamon quturar, yog’och uyni zir titratib, eshik va derazalarni qum bilan savalab betinim o’kirar, bepoyon sahro ummon qa‘riga batamom g’arq bo’lganga o’xshardi.
Yuqoridagi birinchi gapda asosiy fe‘lga tobe bo’lmagan boqqa tikilib, beda hidini simirib ravishdoshli birikmalari nisbiy mustaqillikka ega bo’ladi, chunki ular ikkinchi markazni, ya‘ni tobe markazni vujudga keltiradi, lekin ularni sodda gaplar deb ayta olmaymiz. Sabab, ular o’z egalariga ega emas. Xuddi shuningdek, ikkinchi gapdagi tirsaklarini stolga tirab, boshini changallab, uchinchi gapdagi uyni zir titratib, qum bilan savalab ravishdoshli birikmalar alohida nisbiy mustaqillikka ega, ma‘lum mazmunni- ifodalaydi, ammo egasi yo’qligi tufayli sodda gap bo’la olmaydi. Shu bilan birga ravishdosh shaklda tugallanishi ham shunga bog’liq.
Ravishdosh birikmaning mazmun turlari yuqorida qayd etilganlar bilan chegaralanmaydi. Ravishdoshdan anglashilgan harakat-holatning ro’y berish payti boshqaruvchi fe‘ldan anglashilgan harakat-holatga nisbatan oldin yoki keyin, bir vaqtda ro’y berishi mumkin.
Asosiy boshqaruvchi fe‘ldan anglashilgan harakat-holat ravishdoshdan anglashilgan harakat-holatdan so’ng ro’y beradi: Domla mashinalar qo’zg’alib, muyulishdan g’oyib bo’lguncha do’kon pastidan chiqmadi.
Otaqo’zi o’zining divanga tashlab, boshini changalab oldi. Unga «bir balo bo’p» qolganidan cho’chidi, qizining fe‘li aynib yurganini Otaqo’zi eshitib qolsa nimalar bo’lishini o’ylab, tirnoqlarigacha muzlab ketdi.
Yuqoridagi misollarda bo’lguncha, tashlab, o’ylab ravishdoshlari gaplar ichida ravishdoshli birikmalarni tashkil etib kelyapti hamda asosiy fe‘ldagi harakat-holatdan avval ro’y bergan harakat-holatni ifodalayapti. Gapda uchalasi ham hol vazifasida kelyapti.
Asosiy fe‘l-kesimda anglashilgan harakat-holat bilan ravishdosh orqali ifodalangan harakat-holat bir vaqtda ro’y beradi:
Vohid Mirobidov go’yoki bundan ham yomonroq gaplarni aytib yuborishdan qo’rqanday shosha-pisha orqaga tisarildi.
Misoldan ko’rinadiki, ravishdosh shosha-pisha tisarildi asosiy fe‘li anglatgan harakat bilan bir vaqtda yuz beryapti hamda bu ravishdosh qay holatda? So’rog’iga javob bo’ladi, gapda hol vazifasida keladi.
Ravishdoshning -guncha shaklidan anglashilgan harakat - holat boshqaruvchi fe‘ldan anglashilgan harakat-holatdan keyin ro’y beradi:
To o’lguncha, toki so’ngi nafasing chiqquncha chizgan rejalaring, o’ylagan o’ylaring ro’yobga chiqarmog’ing kerak. Ma‘lum bo’lishicha, paxtazorda ko’sak qurti bo’lmaguncha, dotsentning bu yerda yotishidan foyda yo’q. Abror Shukurovich tanish ko’chalardan o’tib, yangicha qurilgan ikki qavatli oynaband binoga yetib borguncha butun olam oftob seliga g’arb bo’lib, raykom oldidagi gulzor lovillab ketdi.
Yukoridagi misollardagi chiqquncha, bo’lmaguncha, borguncha ravishdoshlari asosiy fe‘l ifodalayotgan harakat-holatdan keyin ro’y beruvchi harakat-holatni bildiradi. Gapda shu mazmunni ifodalashda o’ziga ergashib, to’ldirib keluvchi ravishdoshli birikma hosil qiladi.

Yüklə 375,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin