O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə1/8
tarix10.03.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#87224
  1   2   3   4   5   6   7   8
Yusupov Yusufbekning kurs ishi loyihasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA GEOGRAFIYA KAFEDRASI
Geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalishi (sirtqi) 212-guruh talabasi Yusupov Yusufbek Dilmurod o’g’lining GEODEZIYA fanidan tayyorlagan





MAVZU: ZAMONAVIY ELEKTRON DALNOMER VA ULARDA CHIZIQ O’LCHASH


Kurs loyihasi rahbari: Adambayev A.


Loyihalovchi: Yusupov Yu.


Urganch -2021y

MAVZU: ZAMONAVIY ELEKTRON DALNOMER VA ULARDA CHIZIQ O`LCHASH


REJA:


KIRISH




  1. BOB. MASOFA O`LCHASHNI MOHIYATI VA USULLARI





    1. Masofani bevosita hamda bilvosita o`lchash

    2. Chiziqni o`lchashga tayyorlash




  1. BOB. ZAMONAVIY ELEKTRON DALNOMERLARNI QO`LLANISHI




    1. Zamonaviy masofa o`lchash asboblari

    2. Ixcham lazerli ultrotovush dalnomerlari



XULOSA
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda har bir sohani rivojlantirish uchun, avvalo shu sohani vazifasini, kelib chiqish tarixini, xalq xo’jaligidagi axamiyatini chuqur o’rganish lozim. Mamlakatimizni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish- da geodezik ishlarning ahamiyati katta.
Respublikamizda yirik korxona va tashkilotlar, ko’plab qurilish inshootlari ya’ni ko’p qavatli zamonaviy turar joy binolari, madaniy va maishiy muassasalar, yirik va katta uzunlikdagi ko’priklar, avtomabil va temir yo’llari qurilmoqda.
Yuqoridagi ko’plab qurilish ishlarida juda ko’p geodezik o’lchash va hisoblash ishlarini bajarishga to’g’ri keladi.
Geodeziya so’zining asli kelib chiqishi yunoncha so’z bo’lib, geo – yer, deziya (dazio) bo’lish, ya’ni yer bo’lish, o’lchash degan ma’nolarni anglatadi.
Bu so’zni kelib chiqishini misol qilganimni boisi men loyihalayotgan mavzudagi geodezik asboblar ya’ni dalnomerlar ham yer o’lchash ishlarida asosiy geodezik asbob hisoblanadi. Buning zamirida shuni anglash mumkinki dalnomer asboblari barcha geodezik o’lchash ishlarida mavjuddir.
Bugungi kunda esa ko’plab masofa o’lchash asboblarining turlari mavjud bo’lib, bularga o’lchash lentalari, turli ruletkalar, optik, elektron va lazer dalnomerlarini qilishimiz mumkin.
Dalnomer asbobining ham bugungi kunda ko’plab turlari mavjud va ulardan turli geodezik ishlarda foydalaniladi. Dalnomer asbobidan qurilish ishlarida masofalarni o’lchash uchun foydalansak harbiy sohada ham huddi yuqoridagidek uzoqdagi obyekt bilan kuzatuvchi orasidagi masofani o’lchashda ishlatiladi.
Dalnomer asbobi obyektlargacha bo’lgan masofani bir nuqtada yoki joyda turib o’lchash imkonini beradi. Joy relefining murakkabligiga qarab va bajarilayotgan ish sharoitiga qarab har xil turdagi dalnomerlar qo’llaniladi.
Bu esa ish jarayonini jadallashtirish va o’lchash ishlarini sifatini oshirishga imkonini beradi. Chunki bugungi kunning talabi ham ishning sifatli, tez va aniq bajarilishiga qaratilgan.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin