O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə4/130
tarix02.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#42551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
2 5188659349307788084

Tayanch tushunchalar – psixologiya,psixika,ong,ongsizlik,

materialism,idealism,ikkinchi signal sistemasi,til.
“Psixologiya” so’zi ikkita grek so’zlaridan – psyche” – jon, ruh va logos” – ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi. An’anaviy ta’riflarda psixologiya fan sifatida ana shu “psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi”, – deb ham bayon etilgan. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan obyektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti-harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli hodisalardan farq qiladi.

Bu fan muayyan turkumga kiritilgan. Chunki psixologiya fani bu tizimda nufuzli o'rin egallashiga barcha obyektiv shart-sharoitlar yetarli. Sunday qat'iy ishonch bilan aytilgan fikr zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar mavjud. Zero, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabligi bois, biosferik ta'limotdan kelib chiqqan holda, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o'rganilib kelindi. Lekin bugungi kunda neosferik ta'limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o'zaro ta'sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo'shilishi to'g'risida faraziy asosda bo'lsa ham mulohazalar yuritilmoqda. Shunga muvofiq, biosferaga kirib kelayotgan moddalar o'zaro birikib, ayniqsa, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to'planishi inson tana a'zolariga ijodiy ta'sir ko'rsatmoqda, natijada favqulodda holatlar sodir bo'lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intueri — sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo'lishi kutilmoqda. Bular qatoriga telepatik (yunoncha tele — uzoqni, pathos — sezaman degan ma'no anglatadi) samaralar, o'ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha extra— o'ta, sensus — sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha extra - o'ta, sensus — his qilaman ma'nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo'ladi. Biroq omadsizlik, ichikish, kasal kimnidir intizor kutishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo'lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo'q. Ammo bilish obyekti (lotincha objectum — jism demakdir) bilan subyektining (lotincha subjectum — tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyatlari mavjud ekanligini ta'kidlab o'tish o'rinli.




Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin