O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Iqisodiyot fakulteti Turizm (faoliyat turlari bo`yicha) yo`nalishi
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko`rsatuvchi sohalarning o`rni va roli g`oyat sezilarli bo`lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko`rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur‘atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O`zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog`liq bo`lgan masalalarga katta e‘tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo`llari shakllanmoqda. Buni shundan ham anglash mumkinki, keyingi yillarda uni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining bir qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta‘minlashga bag`ishlangan qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga “O`zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorini kiritish mumkin. Ushbu qaror bilan xizmat ko`rsatish, servis va turizm sohasini rivojlantirishning mamlakatimiz va hududlar bo`yicha aniq dasturlari ham tasdiqlangan. Bulardan ham ko`rinib turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan sub‘ektlar soni keskin o`sadi, ular ko`rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga mos ravishda oshadi