Bentonitli gillarga kislotalar
yordamida ishlov berishda, aktivlashtirishni maqbul
sharoitlari - aktivlashtiruvchi kislota turiga, uning konstentrastiyasi va sarfiga, shuningdek
ishlov berish vaqtiga bog’liq bo’ladi [10].
Shuningdek, kislotalar yordamida aktivlashtirilgan gil olishning bir qancha
kamchiliklari mavjud. Bularga yuqori konstentrastiyali kislota
eritmasi yordamida uzoq
vaqt davomida ishlov berish, olingan adsorbentning yuqori moy shimuvchanligi, xom-
ashyo va boshqa yordamchi materiallarni ko’p miqdorda yo’qotilishini
keltirish mumkin
[8].
Mualliflar tomonidan [10] adsorbent va katalizatorlar olish maqsadida bentonitli
gillarni kislota yordamida aktivlashtirishni maqbul rejimlarini asoslash o’rganilgan bo’lib,
asosiy o’zgarishlar ishlov berishni daslabki bosqichlarida sodir bo’lishi (kam ishlov berish
vaqtida yoki kislotalarning yuqori bo’lmagan konstentrastiyasi va sarfida) kuzatilgan.
Keskin o’zgarishlar bir soatlik ishlov berish vaqtida sodir bo’lgan. Ishlov berish
davomiyligi oshishi bilan olingan adsorbentni aktivligi nisbatan oshgan. Olti soatdan ortiq
vaqt ishlov berish natijasida olingan adsorbentni aktivligi o’zgarmasdan qolgan.
Shuningdek, xlorid kislota o’zining spestifik xususiyatiga ko’ra
sulfat kislotaga nisbatan
bentonitli gil tuzilishini o’zgarishiga (kam konstentrastiya va sarfda) kuchli ta’sir
ko’rsatishi kuzatilgan.
Kislotalar bilan aktivlashtirish vaqtida [9] destrukturizastiya jarayoni montmorillonit
zarrachalari maydalashishi bilan bentonitni dispersligini oshishiga olib keladi:
a) Aktivlashtirishni birinchi bosqichida almashinuvchi kationlar Ca
2+
,
Mg
2+
, Na
+
,
K
+
larning yo’qotilishi
va ularni almashinuvchi H
+
va Al
3+
ga almashishi sodir bo’ladi,
qaysiki ular keyinchalik aktiv markazlar rolini o’ynaydi.
b) Ikkinchi bosqichda har bir zarrachani yanada yupqa ya’ni bitta elementar
paketgacha ajralishi ro’y beradi.
v) Oxirgi uchinchi bosqichda esa silikat kristall paketini chetlaridagi tetraedrik
pozistiyalardan kremniy va alyuminiyni, oktaedrik pozistiyadan esa temirni ajralib chiqishi
natijasida kristall tuzilishni buzilishi sodir bo’ladi. Bu esa tartibsiz tuzilish xosil bo’lishiga
va rentgen bazal piklarini kamayishiga olib keladi. Bunda xar bir zarracha alohida kristall
paketni ichki tuzilishini saqlab qoladi. Shuni alohida takidlab o’tish kerakki,
kislotalar
yordamida ishlov berish kvarst, kaolinit va boshqa qo’shimchalarga unchalik ta’sir
ko’rsatmaydi.
Maksimal kislotalilik darajasiga va shunga bog’liq ravishda yuqori katalitik
xususiyatlarga ega bo’lgan
mahsulotni, bentonitni aktivlashtirishni yumshoq rejimida
olishga erishiladi. Yuqori adsorbstion xususiyatlar esa mineral tuzilishi deyarli
buzilguncha o’zgarishga uchraydigan kuchli kislotali rejimda namoyon bo’ladi. Bentonitli
gillarni oqlovchilik xossalarini yaxshilash uchun o’rtacha
intensivlikda ishlov berish
samarali ta’sir ko’rsatadi [9].
Yuza tabiati va g’ovaksimon tuzilish xarakteri - sorbentlarni adsorbentlik
qobiliyatini belgilab beradi [12]. G’ovak tuzilishni mineralning adsorbentlik qobiliyatiga
ta’siri, yuza tabiati ta’siriga nisbatan ancha yuqoridir [13-16]. A.V.Kiselev [17]
adsorbentlarni g’ovak tuzilishga ko’ra 4 ta asosiy tuzilish turiga klassifikastiyalagan:
1) g’ovak bo’lmagan; 2) yirik va yakka g’ovakli; 3) kichik va yakka g’ovakli; 4) aralash
g’ovakli.
1-rasm.
Dostları ilə paylaş: