193-guruhi talabasi Sharipova Madinaning Ona tili o’qitish metod-fayllar.org
Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari Hozirgi kunga qadar adabiy ta’lim ona tili o’qitish metodikasining tarkibida o’rganilib kelinayotgan edi. O’rta umumiy ta’limda adabiyot o’qitish metodikasi mustaqil fan sifatida o’z statusiga ega bo’lgani sababli boshlang’ich ta’limda ham adabiy ta’lim metodikasiga metodist olimlar metodikaning mustaqil fani sifatida qarash lozimligini ilmiy-metodik jihatdan asoslashga harakat qilmoqdalar.
Ma’lumki, XX asrning 2-yarmida boshlang’ich sinf metodikasida badiiy asarga estetik jihatdan yondashib san’at asari sifatida o’rganish g’oyasi ilgari surilgan bo’lsa, psixologik izlanishlar kichik yoshdagi o’quvchilarning potensial qobiliyati adabiyot dunyosini tanishtirishga boshqacha yondashish kerakligini taqozo etmoqda. Jumladan, N.N.Svetlovskaya o’quvchining mustaqil o’qish nazariyasini ishlab chiqqan bo’lsa, Ye.A.Adamov, M.S.Vasileva, V.G.Goretskiy, M.I.Omorokov, T.G.Ramzaeva va boshqalar badiiy asarning shakl va mazmunini tahlil qilish, L.A.Gorbushina, O. V.Kubasova, L.N.Mali, L.V.Nefedova va boshqalar ishlab chiqqan metodikada o’quvchilarning ijodiy ishlariga, ayrimlar esa o’qish texnikasini rivojlantirish zarurligini qayd etdilar. Shunday qilib, boshlang’ich ta’lim metodikasi metodik fan sifatida shakllanish bosqichlarini bosib otdi.
Ma’lumki, badiiy asarlarni o’qish bilan bog’liq holda shaxsni estetik tarbiyalash, ya’ni bilim berish, tarbiyalash va e’tiqodlarini shakllantirish; ya’ni maktabda o’qitiladigan predmetlar kabi bolalar adabiyoti namunalarini sanat asari sifatida o’rganish vazifalari o’qish darslariga yuklatiladi.
Har bir fan o’zining o’ganish ob’ekti va predmetiga ega bo’lganidek, hozirgi kunda boshlang’ ich sinflarda o’ qish metodikasi adabiy ta’ lim metodikasi sifatida ish ko’rishi lozimligi g’oyasi ilgari surilmoqda. Haqiqatan ham, adabiyot o’qitish sistematik kursiga tayyorlovchi predmet sifatida o’qish metodikasi bolalar adabiyoti namunalari asosida o’z maqsad va vazifalarini belgilaydi. Shundan kelib chiqqan holda boshlang’ich sinfda o’qish darslarining o’rganish ob’yekti - o’quvchilarning adabiy ta’limni egallash jarayoni deb belgilanishi maqsadga muvofiqdir.
"Adabiy ta’lim" atamasi ozaro bog’liq bo’lgan uch jarayonni o’z ichiga oladi: 1) adabiy-badiiy asarlar bilan aloqa jarayonida shaxs tarbiyasi; 2) o’qitish, ya’ni bolalar adabiyotini maktab fanlaridan biri sifatida o’qitish; 3) shaxsning o’zini rivoj lantirishini shakllantirish.
V.V.Golubkov tomonidan ishlab chiqilgan "Nima uchun o’rgatish kerak?" (badiiy asarni o’rgatish maqsadi), "Nimani o’rgatish kerak?" (adabiy ta’limning mazmuni), "Qanday o’rgatish kerak?" (talabalarning - bo’lajak o’qituvchining
maqsadi, mazmuni, mos metod va usullar, vositalar), "Nima uchun shunday o’qitish kerak, boshqacha emas?"(tanlangan yo’lning ilmiy asoslanganligi) adabiy ta’lim metodologiyasiga asoslanilgan. Hozirgi kun metodikasida bu masalaga o’quvchi nuqtai nazaridan qaralmoqda. Unga ko’ra o’quvchi tomonidan tan olingan o’quv maqsadi sifatida quyidagilar belgilangan:
1) "Nimani o’rganyapman?" (adabiy ta’limning o’quvchi shaxsi tomonidan qabul qilingan mazmuni);
2) "Qanday o’qiyman?" (bola o’zlashtirishning qaysi usullaridan foydalanishi);
3) "Nega men shu usulda organyapman, boshqa usulda emas?" (o’rganayotgan usullaridan qaysi birining samarali ekanini anglashi)
Metodologiyaning fan sifatida rivojlanishi bir paradigmaning boshqasi bilan bog’liqligiga asoslanib o’qitish ko’zga tashlanadi. Bunda "Nima uchun oqituvchi dars beradi?", "Nima uchun bola o’qiydi?" savollarga javoblar mos tushadi.
1-sinf o’quvchisi o’zidagi bo’shliqlarni to’ldirish, so’z san’atini o’zlashtirish maqsadlarini o’z oldiga qo’ya olmaydi. O’qituvchi bu maqsadlarni o’rtaga tashlab, o’quvchilarni maqsad sari yo’naltiradi. Siz nima o’qiyapsiz? O’ylang, nima uchun bu asarni o’qiyapmiz? Bu asarni hozirgi o’qish va tahlil qilish usulimiz bilan yaxshi o’zlashtira oldingizmi?
Keyinchalik o’ quvchi darslar davomida kitobxon bo’ lish uchun nimalarni bilish kerakligini, yaxshi kitob kitobxonda turli xil kechinmalarni (qayg’urish, tshvishlanish) yuzaga keltirishini, fikrlashga undashini, o’zining pozitsiyasini tanlash imkonini berishini bilib boradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Hozirgi kunda metodikadan boshlang’ich sinf o’qituvchilari aniq dalillangan, ilmiy asoslangan ko’rsatmalarni kutmoqda. Metodika bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisini adabiy ta’limnining mazmuniga va uni o’qitishga mustaqil ongli yondasha oladigan, o’zgalarning tajribasini na faqat o’rganib olmasgan, balki ular faoliyatining natijalarini ongli ravishda tahlil qilib, to’gri xulosa chiqara biladigan bo’lishlarini ta’minlaydi.
M.A.Ribnikova metodikaning asosi sifatida 4ta didaktik qoidani keltiradi:
l.Ta’ lim o’ quvchilarning anglashlariga har tomonlama ta’ sir etuvchi xarakterda bo’lishi.
2.O’quvchilar oldilariga qo’yilgan masalani aniq tushunishlari.
3.Metodist yangi murakkab hodisalarni tanish hodisalardek oson ko’rsata olishi mahoratiga ega bo’lishi.
4.Deduksiyani induksiya bilan bog’lashi.
M.A. Ribnikova bu metodik sistemaga jonli jarayon sifatida qaraydi va asosiy diqqatni metodik sistemaga qaratish lozimligini ta’kidlaydi.
Bu qarashlar boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’rganilayotgan adabiy-badiiy asarlar tahlili va talqiniga yangicha yondashish lozimligini taqozo etmoqmoda. Asar tahlilini bosqichli izchillik asosida olib borish o’quvchilarning o’quv faoliyatini aniq vaqsadga yo’naltirish imkonini beradi.
"Bumerang texnologiyasi", "Arra" metodi kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o’ qish materiali - badiiy asar ustida amalga oshiriladigan ishlarning aniq maqsadga yo’naltirilishini, o’quv harakatlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishini, ta’lim oluvchilarga individual yondashishni, o’quvchilar faoliyatini kuzatish va tezkorlik bilan baholashni ta’minlaydi.
"Arra" metodida o’rganilayotgan badiiy matn tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu texnologiya 4-sinfda "O’qish kitobi" darsligiga kiritilgan barcha asarlarni o’rganishga tadbiq etilishi mimkin. Masalan, "Shaxzodaning bolaligi" hikoyasi o’rganiladigan darsda asar dastlab audiodan eshittiriladi. Asar 4 qismga bo’linadi. Sinf o’quvchilari ham 4ta kichik guruhga bo’linadi.
Xulosa Xulosa qilib aytganda o’qituvchi yordamida o’qitilgan matnlarni tez anglaydi,undagi ba’zi bir voqea-hodisalarni so’z orqali ifodalashga urinadilar. O’qish va gapirish jarayonida o’quvchilarning adabiy til normalariga rioya qilish talab qilinadi. O’quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir necha marta o’qitiladi va o’qish ma’sulyati orttiriladi. O’qish darslarida darsning asosiy qismini o’quvchilarning o’qishiga ajratish lozim bo’ladi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida ta’lim to’g’risida fikr yuritar ekan: "Maktabda o’qitish metodikasi o’zgarmasa ta’lim sifati ham,mazmuni ham,muhit ham o’zgarmaydi." Xulosa qilib aytish kerakki,har bir o’qituvchi bugunni ertasini kelajagini yaratishda o’quvchilar bilan birga ishlashi kerak. Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish,kitobdan foydalanishga,undan kerakli bilimni olishga o’rgatish, ya’ni kitob bilan ishlashni biladigan,chuqur fikrlovchi,sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish kerak. Buning uchun o’qituvchilar o’z kasbini sevib,o’sha kasbga ma’sulyat bilan yondashish zarur. O’quvchilar so’zlarni,harflarni to’g’ri talaffuz qilishi va bo’g’inlarga to’g’ri ajrata olishi zarur. O’quvchilarni buning uchun kitobni sevishga,kitob o’qishga undashimiz kerak. O’quvchilar qancha ko’p kitob mutolaa qilsa,shundagina o’z maqsadimizga erisha olishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Oripov. B. T "Darslarning samaradorligini oshirish yo’llari" Toshkent 1983-yil
2.Rahmonova.Ye.R. Razzoqov.D.N "Pedagogik texnalogiyalar" fanidan o’quv qo’llanma -T.:2007yil
3. 2-sinf ona tili va o’qish savodxonligi 1-qism darslik, Toshkent.2021
4.www.ziyonet.uz
5.www.kitobxon.com
http://fayllar.org