O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Ma’lumot safarlari
.
Jurnalistlarning ma‘lumot safarlari amaliyoti butun dunyoda 
qo‗llaniladi. Safardan maqsad - gazeta va jurnallarda, psixologik ta‘siri bevosita 
reklamaga nisbatan ancha kuchli bo‗ladigan maqolalar chop etish uchun ma‘lumot 
materiallarini olishdan iborat. Bu taasurot nisbatan to‗liq va manfaatli, tannarxi esa 
reklama harajatlariga nisbatan kam bo‗ladi. 
Jurnalistlar safarlarini tashkil qilish sayohatlar bo‗yicha agentning tashrif 
buyurishidan yoki uni kutib olishdan farq qiladi. Agentlar tashrifi jurnalistlar safarlaridan 
muhimroq bo‗lishi mumkin, chunki ularning maqsadlari yangi bozorni o‗zlashtirish 
kompaniyasidan oldin turmahsulot sotilishi uchun barcha narsalarni tayyorlab qo‗yishdir. 
Ma‘lumot safarlariga nafaqat manfaatdor jurnalistlar, balki tadbir yanada qiziqarliroq 
bo‗lishi uchun taniqli shaxslar ham kiritilishi mumkin. 
Safarlarga jurnalistlarning katta guruhini taklif etish (bir maqsadga ega bo‗lgan 
yagona guruh shakllangan hollaridan tashqari, ya‘ni, masalan kurort ochilish marosimi 
kutilayotganda) maqsadga muvofiq emas. Jurnalistlar odatdagi turistik guruhga 
qo‗shilishi va yo‗nalish bo‗yicha individual safarga chiqishlari mumkin. Safarlarni 
tashkil qilishda quyidagilardan ehtiyot bo‗lish kerak: 

haddan ortiq to‗yintirilgan dasturlarni taklif qilishdan. Dam olish, sayr qilish va 
sotib olish uchun bo‗sh vaqt qoldirish zarur

nutqlarning, ayniqsa, xorijiy tillardagilarining baland parvozligidan; 

safarga qiziqmagan, yaxshi bilimga ega bo‗lmagan yoki chiqishimli bo‗lmagan 
jurnalistlarni taklif qilmaslik

vaqtdan samarasiz foydalanishdan; 

qabul qiluvchi tomonda taklif qilingan jurnalistlar haqida ma‘lumot yo‗qligi. 
Matbuotda o‗z faoliyati haqida maqola bosilishini kutadigan har qanday tashkilot 
bu maqolaning o‗quvchilarda qiziqish uyg‗otishini oldindan ko‗ra bilishi va broshuralar, 
buklet va kataloglar mavjudligi haqida avvaldan qayg‗urishi lozim. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin