O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
Tayanch so‘z va iboralar

rag‗batlantirish, rag‗batlantirish vositalari, chakana 
turagentlarni rag‗batlantirish, turistik tashviqot, mahsulot tashviqoti, ma‘lumot safarlari. 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
1.Iste‘molchilarga turmahsulot sotishni rag‗batlantirishning vazifalari va choralari 
qanday? 
2.Chakana turagentliklarga turmahsulot sotishni rag‗batlantirish vazifalari va choralari 
haqida ma‘lumot bering. 
3.Turizmda tashviqot vositalarini sanab bering. 
4.Turizm faoliyatining nashr orqali yoritilishi qanday tashkil qilinadi? 
5.Matbuot uchun ma‘lumotlarga qo‗yiladigan talablar qanday? 
6.Turizm faoliyatini tashviqot qilish maqsadlarida tashkil qilinadigan turistik tadbirlar 
ko‗rinishlarini sanab bering. 


127 
XVI.Mavzu.
Xizmat yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik va shartnomalar 
tuzish
Reja: 
16.1.Shartnoma rejasi. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik va shartnomalar 
tuzish. 
16.2.Mehmonxona xo‗jaligi va ovqatlantirish tashkilotlar bilan shartnoma tuzish. 
16.3.Avtotransport korxonalari va aviakompaniya bilan shartnoma. 
16.4.Temiryo‗l va ekskursiya xizmati ko‗rsatuvchi firmalar bilan shartnoma tuzish. 
 
16.1. Shartnoma rejasi. Xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik va 
shartnomalar tuzish

Yangi joylarga turlar tashkil qilish qarorini qabul qilishdan oldin turistik firmalar 
marketing izlanishlarini olib borishlari lozim. Mijozlar ehtiyojlari, qiziqishlarini, talab 
tendensiyasini aniqlash zarur. Bu iste‘molchi talablarini nisbatan to‗liqroq qondiradigan 
turpaketni shakllantirishga yordam beradi. Bu izlanishlar yana turlarni to‗g‗ri 
rejalashtirishni to‗g‗ri olib borish va xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnoma 
kompaniyalarini olib borishga yordam beradi. 
Tayyorgarlik ishlari yangi yo‗nalish, yangi dastur bo‗yicha yoki yangi 
mamlakatga birinchi turistlar jo‗natilishidan ikki yil oldin va undan ko‗proq ham oldin 
boshlanadi. 
Xizmatlar yetkazib beruvchi hamkorlar bilan munosabatlar shartnoma ko‗rinishida 
rasmiylashtiriladi. Har bir faoliyat yilida shartnoma kompaniyalari o‗tkazilib, unda 
shartnomalar imzolanadi. Shartnoma kompaniyasi oldidan quyidagi bo‗limlarni o‗z 
ichiga oluvchi shartnoma rejasi tuziladi: 

hamkor nomi; 

shartnomaning asosiy predmeti;

shartnomaning amal qilish muddati; 

shartnomalarni tuzish muddatlari; 

alohida maiumotlar. 
Bu reja real tasvirga - sayohat jarayonida xizmatlar bilan ta‘minlash bo‗yicha 
turistik firma xodimlarining faoliyat sxemasini tuzishga imkon beradi. Shartnoma rejasi 
tarkibi sayohat ko‗rinishi va ko‗rsatiladigan xizmatlarga bog‗liq. Bir necha tur 
ko‗rinishlari bo‗lsa, dastlab har bir tur bo‗yicha kichik rejalar tuziladi, keyin shartnomalar 
tuzish muddatlari yoki geografik prinsiplar bo‗yicha hamkorlar guruhlanadigan umumiy 
reja tuziladi. Shartnoma rejasini tuzishdan oldin taxminiy hamkorlarni aniq tasavvur qila 
olishimiz, shuningdek muzokaralar chog‗ida shartnoma tuzishga ham tayyor bo‗lishimiz 
lozim. 
Turistik firmalar shartnoma kompaniyasini istiqbolini ishlab chiqishda turistik-
mehmonxona yo‗nalishidagi ma‘lumot spravochniklaridan keng foydalanadilar. Xalqaro 
turistik tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turistik agentliklar, mehmonxona-restoran 
biznesi spravochniklari turistlarga ko‗rsatiladigan dam olish va sayohatni tashkil qilish
joylashtirish va mehmonxona xizmatlari to‗g‗risdagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. 
Shuningdek, muntazam ravishda chop etiladigan milliy, mahalliy va korporativ 
spravochniklar ham xuddi shunday ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. Yo‗l ko‗rsatkichlar, 
yo‗nalishlar, tarixiy obektlar spravochniklari, mahalliy sanalar kalendarlari, ya‘ni xizmat 


128 
ko‗rsatish dasturlari va turlarni tuzishda foydalanadigan hamma narsalar turoperatorlar 
yangi yo‗nalishini ishlab chiqishda va shartnoma rejasini tuzishda qo‗llanadigan 
adabiyotlar hisoblanadi. 
Xizmat yetkazib beruvchilar bilan shartnoma imzolashdan avval muzokaralar olib 
boriladi. Ularni shunday o‗tkazish kerakki, natijada, kutilgan, zarur bo‗lgan, yaxshi, 
sifatli, kerakli miqdordagi va kutilgan narxlardagi turmahsulotga ega bo‗laylik. 
Hamkorlar bilan muzokaralarga batafsil tayyorgarlik ko‗rish kerak. Quyidagilarni 
tahlil qilishimiz lozim: 
1. 
Muzokara sharoitlari -
hamkordan sizga aynan nima kerak? Qanday hajmda? 
Qaysi davrga? Hamkordan siz qo‗shimcha ravishda nimani xohlaysiz? Undagi, bozordagi 
mahsulot va xizmatlar narxi darajasi qanday? Talablar ajratiladimi yoki yo‗q? 
Masalan, avvaldan buyurtma qilingan yoki tasdiqlangan mavjud grafik bo‗yicha 
yil davomida, har hafta, muntazam ravishda 4 kunga keladigan turistlar guruhini (30 
kishi) joylashtirish lozim. Joylashtirish, transport, sport va ko‗ngil ochish xizmatlari zarur 
bo‗ladi. Narx o‗rtacha bozor narxidan ulgurji sotib olishga beriladigan 10% chegirma 
olib tashlanganiga teng bo‗lishi kerak. Turistik klass uchun xizmat ko‗rsatish va 
joylashtirish darajasi ajratilmaydi. Turistlar guruhi tarkibi o‗rta sinf kategoriyasi turistlari.
2. 
Mumkin bo‘lgan qarorlarni amalga oshirish yo‘llari
- Kim nimani va qaysi 
muddatlarda bajarayotganini aniq bilish zarur. Qanday qilib qaror qilishning bir bosqichi 
boshqasiga o‗tadi? Shartnoma tuzish vositalari qanday tayyorgarlik bosqichida turibdi? 
Shartnoma loyihasi va turistlarning kelish grafiklarini kim tayyorlaydi? Qo‗shimcha 
xizmatlar bo‗yicha masalalar qanday kelishiladi? Ularni shartnomaga darhol qo‗shish 
kerakmi yoki yo‗qmi? Shartlar shartnoma matniga qo‗shiladi, muzokaralar davomida esa 
ular yo qoldiriladi yoki olib tashlanadi. 
3. 
Muzokaralar bo‘yicha sizning hamkoringiz «Portreti»
- hamkor maqsadlari 
sizning maqsadlaringizdan qanchalik farq qiladi? Hamkor strategiyasi qanday 
parametrlarga (muddatlar, xizmat ko‗rsatish darajasi, xizmatlar to‗plami) asoslanadi? 
Ushbu tavsiyanomalarni qo‗llab turib, muzokaralar boshlanishidan avval uni olib 
borish rejasini tuzib olish lozim. Bu sizning zaif tomonlaringizni aniqlash va qo‗shimcha 
yechimlarni topishga yordam beradi. Muzokaralarni olib borish rejasi sizga hamkorlar 
munosabatini oldindan bilish imkonini beradi va oldindan alternativ taklif va qarorlar 
tayyorlashga yordam beradi. 
Istalgan muzokaralarda nafaqat strategik yondashuv, balki psixologik tayyorgarlik 
ham zarur bo‗ladi. Siz muzokaralarga tayyorlandingiz va natijada, turistlarga xizmat 
ko‗rsatishda xizmat yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzildi. Strategik reja tayyor. 
Ammo siz psixologik tomondan bunga tayyormisiz? Ko‗pincha, muzokaralar noto‗g‗ri 
murojaat oqibatida buziladi. Buning oldini olish maqsadida mutaxassislar muzokaralarni 
olib borish va muloqot uyushtirishrda psixologik qoidalarini ishlab chiqdilar. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin