turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari
Ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish. Turistik marshrutda ekskursiya
xizmatlarini tashkil qilish turning jizabador, qiziqarli o‗tishini ta‘minlaydi. Har qanday
turistik marshrutda ekskursiyalarni tashkil qilish turoperatorning tadbirkorligiga bog‗liq
bo‗ladi.
Hozirgi vaqtda shaharlardagi diqqatga sazovar joylarni ko‗rishga va diniy
ziyoratgoh maskanlarga kelib-ketuvchi turistlarni ekskursiyalarga taklif qilish deyarli
yo‗q hisoblanadi. Chunki bunday joylarga ham puxta tuzilgan turistik marshrutlar ishlab
chiqilmagan. Eng afsuslanarli joyi shundaki, hozirgacha turistlarga turist yurmoqchi va
ko‗rmoqchi bo‗lgan marshrut unga og‗zaki holda taklif qilinmoqda. Shaharlardagi xotira
bog‗lari, o‗lkashunoslik, xalqlar tarixi va hayvonot olami bilan bog‗liq muzeylar,
xalqimizning hunarmandchiligi ustaxonalariga mahalliy turizmda ham, xalqaro turizmda
ham qiziqarli ekskursiyalar uyushtirishning katta imkoniyatlari deyarli barcha
shaharlarimizda mavjud.
Shahar ichidagi turistik marshrutda albatta ekskursiya marshrutlari qo‗yilishi
lozim. Buning uchun shaharlardagi ekskursiya ob‘ektlari to‗liq ro‗yxatga olinib undagi
xizmatlarning turlari va baholari aniqlanishi lozim. Endi shaharlardan chiqish va uzoq
masofalarga (ekoturizm, arxeologik yoki ovchilik turizmi kabilar) boriladigan turistik
marshrutlarda albatta yo‗l-yo‗lakay ko‗rib o‗tiladigan ekskursiya marshrutlari bo‗lishi
marshrutni qiziquvchanligi, turli-tumanligini kuchaytiradi.
Chunki, uzoq masofaga avtotransportda to‗xtovsiz yurish turistlarni toliqtiradi
(ayniqsa tabiiy relefi qariyib bir xil bo‗lgan cho‗l hududlaridan yurilganda). Uzoq
masofalardagi turistik marshrut ishlab chiqilganda dastlab yo‗l va yo‗l arofida bo‗lgan
diqqatga sazovar joylar, balki, tarixiy obidalar, buloqlar yoki qadimiy daraxtlar, sayllar
va boshqa to‗xtash mumkin bo‗lgan ob‘ektlar haqida ma‘lumotlar to‗planadi.
Turistik marshrut tuzuvchi bu ob‘ektlarning eng jozibador, qiziqtiruvchilariga
ekskursiyalar uyushtirishini turistik marshrutga kiritishi turistning yo‗lda zerikishning
oldini oladi. Shu o‗rinda yana bir muhim fikrni yodda saqlash lozimki marshrut haqidagi
buklovda yoki axborotnomada marshrut yo‗li atrofidagi barcha diqqatga sazovar
ob‘ektlarning rangli rasmlari qisqacha izohda berilishi turistlarning ekskursiyalarni
tanlashiga sharoit yaratadi.
Ekskursiyalarni tanlashda ob‘ekt asosiy yo‗ldan juda ham uzoq bo‗lmasligiga
e‘tibor berish lozim. Ekskursiyalarda dam olish yoki ovqatlanishni ekspeditsiya usulida
o‗tkazish mumkin. Bu haqda ushbu ma‘ruzada tavsiyalar berildi.