O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
Agent bitimi. 
Turoperator va turagent o‗rtasida hamkorlik agent bitimi asosida olib 
boriladi. Bu bitimda tomonlarning o‗zaro asosiy hamkorlik prinsiplari – turlarni sotish, 
bir – birlarining va turistlar oldida ularning burch va huquqlari belgilab olinadi. Agent 
bitimining nisbatan ko‗proq tarqalgan formulasi quyidagilar hisoblanadi: 
Turoperator huquq beradi, turagent esa o‗z nomidan turoperatorning turlarini 
sotish majburiyatini qabul qiladi va ma‘suliyatni buyniga oladi. Evaziga turoperator 
tomonidan komission taqdirlar oladi. Bunday formula shuni beldiradiki: 

turist bilan tuziladigan oldi-sotdi shartnomasi va boshqa safar hujjatlarda 
turagent aytilishi kerak; 

Tursotish bilan bog‗liq barcha ishlab chiqarish harajatlari va chiqimlar turagent 
tomonidan to‗lanadi; 

turagent sotilgan turni bajarilishi uchun o‗z haridori oldida bevosita 
javobgardir. 
Turoperator o‗z tomonidan turagentga har bir sotilgan tur uchun komission 
taqdirlashni tulaydi. Bunday taqdirlash miqdori turni sotish narxiga foiz hisobida 
belgilanadi yoki qayd qilingan summa ko‗rinishida to‗lanadi. Turoperator shuningdek 
turagent oldida sotilgan turni bajarish chog‗ida vujudga keladigan turistga yetkazilgan 
moddiy va ma‘naviy zarar uchun to‗liq javob beradi. 
Bitim ob‟ekti.
U turoperatorning turlarni sotish va bronlashtirish tartibi va 
sonining ruyxatini belgilaydi, masalan: 

turoperator yillik katalogiga muvofiq yoki cheklangan turlar ruyxatiga asosan 
turlarni sotish; 

turagentdan tushgan buyurtma va turoperatorda mavjud bo‗sh o‗rinlarga qarab 
turlarni sotish; 

turagent tomonidan unga qat‘iy birkitilgan o‗rinlar kvotasi bo‗yicha turlarni 
sotish. Bu holda turagent ajratilgan o‗rinlar kvotasini turoperatordan 
qo‗shimcha tasdiq olmasdan sotish huquqiga ega. 
Turlar narxi
. Tomonlar reklamada e‘lon qilingan turlarning har biri bo‗yicha 
yagona narx haqida kelishib olishadi. Hech bir tomon bu narxlarni oshirish yoki 
kamaytirishga haqli emas. Turagent belgilangan narxga turistning iltimosi bilan 
ko‗rsatilgan qo‗shimcha xizmatlar uchun narx qo‗shish huquqiga ega. Masalan, turistning 
yashash joyidan guruh yig‗iladigan joygacha va qaytish qiymatiga. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin