O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Xavfsizlik sohasidagi ayrim turistik tushunchalarni standartlashtirish



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

11.3.Xavfsizlik sohasidagi ayrim turistik tushunchalarni standartlashtirish. 
Hozirda aksariyat davlatlarda turizmda xavfsizlik masalalarini tartibga soluvchi 
qonun hujjatlari va normativ hujjatlar amal qiladi. Mazkur hujjatlar ko‗pincha davlat 
organi tomonidan standartlashtirilgan bo‗lib, bu turoperatorlarga yanada samarali ishlash 
hamda turistik mahsulot iste‘molchisiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar darajasini baholash 
imkonini beradi. Bu standartlar turistik korxonalar, idoraviy mansubligi va tashkiliy-
huquqiy shaklidan qat‘i nazar, turistik xizmatlar sifatiga qo‗yiladigan majburiy va tavsiya 
etiluvchi talablarni belgilaydi. Turistik xizmatlar sifatiga qo‗yiladigan majburiy talablar, 
shu jumladan turistlar xavfsizligi, salomatligi va mol-mulkining butligini ta‘minlash 
hamda atrof muhitni muhofaza qilishga qo‗yiladigan talablar O‗zbekiston 
Respublikasining «Turizm to‗g‗risida» va «Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish 
to‗g‗risida»gi qonunlarida, «Mehnat xavfsizligini o‗qitib-o‗rgatishni tashkil etish. 
Umumiy qoidalar», «Turistik-ekskursiya xizmatlari ko‗rsatish sohasida standartlashtirish. 
Umumiy qoidalar» singari davlat standartlarida bayon etilgan.
O‗z-o‗zidan ayonki, standartlarda turizm sohasida ishlatiladigan atamalar 
qo‗llaniladi. Ularni ko‗rib chiqamiz.
Turistik xizmat
– turistik korxonaning turistlarning tegishli ehtiyojlarini qondirish 
borasidagi faoliyati natijasi.
Ekskursiya
– turistlarning ma‘naviy, estetik va axborot ehtiyojlari qondirilishini 
ta‘minlovchi turistik xizmat. 
Safar (poxod)
– marshrut bo‗ylab harakatlanishning faol usullari yordamida 
turistlarning sog‗lomlashtirish va ma‘rifiy ehtiyojlari qondirilishini ta‘minlovchi turistik 
xizmat. 
Sayohat
– turistlar hayotini ta‘minlashning ma‘lum shart-sharoitlarida ularning 
sog‗lomlashtirish va ma‘rifiy ehtiyojlari qondirilishini ta‘minlovchi turistik xizmat. 
Tabiiyki, bunda turistik xizmatlar (ekskursiyalar, safarlar, sayohatlar)ga hamda 
xizmat ko‗rsatish shart-sharoitlariga ma‘lum talablar qo‗yiladi. Mazkur talablar 
ko‗pincha 
majburiy talablarga
va 
tavsiya etiladigan talablarga
bo‗linadi.
quyidagi talablar turistik xizmatlarning barcha turlari uchun majburiy hisoblanadi: 

turistlar va ekskursantlarning hayoti va sog‗lig‗ini ta‘minlash; 

ularga tegishli mol-mulkning butligini ta‘minlash; 

atrof muhitni muhofaza qilish.
Turistik xizmatlarning barcha turlari iste‘molchilarning hayoti, sog‗lig‗i va mol-
mulki uchun xavfsiz bo‗lishi shart. Normal xizmat ko‗rsatish sharoitlarida ham, 
favqulodda xizmat ko‗rsatish sharoitlari (tabiiy ofatlar va h.k.)da ham turistik 
xizmatlarning xavfsizligi ta‘minlanishi lozim. Turistik trassalar qulay ekologik 
sharoitlarga va sanitariya-epidemiologiya sharoitlariga ega bo‗lgan hududlarda 
joylashishi kerak. Turistik xizmatlar ko‗rsatiluvchi binolar, transport vositalari, turistlarga 
ijaraga beriluvchi anjomlar amaldagi normativ hujjatlarda (sanitariya normalari va 
qoidalarida, qurilish normalari va qoidalarida, yong‗in xavfsizligi qoidalarida) 
belgilangan talablarga muvofiq bo‗lishi lozim. Turistik korxonalarning xizmat 
ko‗rsatuvchi xodimlari davlat standartlari bo‗yicha turistlar xavfsizligini ta‘minlashni 
bilishlari kerak.


88 
Bundan tashqari, turistik xizmatlar ko‗rsatish atrof muhitga salbiy ta‘sir ko‗rsatilishi 
(hududning ifloslanishi, o‗simlik to‗shamasining toptalishi, daraxtlar va butazorlarning 
yondirilishi va h.k.)ga olib kelmasligi lozim.
Xavfsizlik bilan bog‗liq yana bir shart: turistik xizmatlar iste‘molchilarning 
umidlarini oqlashi va ularning jismoniy imkoniyatlariga mos bo‗lishi kerak. Bundan 
tashqari, iste‘molchiga ko‗rsatiladigan turistik xizmatlar hajmi, muddati va shart-
sharoitlariga ko‗ra yo‗llanma, chipta, kvitansiya va sh.k.da nazarda tutilgan talablarga 
javob berishi lozim.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin