O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Taqsimot boshqaruvining asosiy elementlari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Taqsimot boshqaruvining asosiy elementlari:
 
1.
Oliy boshqaruv organi namoyish etadigan taqsimot iqtisodiyoti
2.
Axborotlar oqimini yig‗ish, undan foydalanish va uning ustidan o‗z vaqtida 
nazorat qilish 


112 
3.
Taqsimot bo‗yicha personalni umumiy malakasi va jo‗shqin xulq atvori
shijoati. 
Ko‗pgina turfirmalar rahbariyati taqsimotning a‘lo tizimi firmani muvafaqiyatli 
raqobat qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar. 
1. 
Taqsimot iqtisodiyoti.
Taqsimot iqtisodiyoti kattagina darajada biznesni boshqa 
soxalaridagi qarorlar siyosati ta‘siri ostida bo‗lganligi sababli boshqaruvda
ehtiyotkorlik taqsimot samaradorligi va uning bahosida hal qiluvchi rol o‗ynaydi.
Agentlikni tanlashda qo‗yidagi savollarni o‗rganish zarur: turoperator tomonidan 
agentlikka taqdim etilgan xizmatlar xajmi; agentlik yordamida sotishni oshirish 
imkoniyatlari; turagentlikni qo‗llab-quvatlash uchun zarur bo‗lgan harajatlar: 
iste‘molchiga nisbatan agentning joylashgan joyi; agentlik amaliyotini turoperator 
talablariga moslik darajasi; agentlikni sotishni rag‗batlantirish bo‗yicha tadbirlarda 
ishtiroki; agentlikni moliyaviy holati; agentlik firmasini boshqarish shakli; agentlikdan 
foydalanish bilan bog‗liq bo‗lgan harajatlar miqdori; agentlik amalga oshirayotgan 
reklama faoliyatning xajmi va uni sharotlari; turagentlikni raqib faoliyatiga munosabati; 
turagentlikni schetlarni to‗lash doimiyligi; turagentlikni bozor to‗g‗risidagi taqdim 
etayotgan ma‘lumotlar xajmi; turagentlik ishiga so‗ngi iste‘molchilar tomonidan shikoyat 
va e‘tirozlarni mavjudligi 
2. Axborotlar oqimi ustidan nazorat
. Turxizmatlar sezilmasligi sababli ular 
to‗g‗risida axborotlarni olish va uzatish operativligi hamda samaradorligi taqsimot 
samaradorligida ahamiyatli rol o‗ynaydi. 
Axborotlar yetarli darajadami? Boshqarishning bosh elementlariga tegishli bo‗lgan 
asosiy narx ko‗rsatkichlari qanchalik to‗g‗ri va o‗z vaqtida olingan? Boshqaruv organlari 
tadqiqot natijalari ustidan tazorat uchun xaqiqiy ma‘lumotlardan foydalanadimi hamda 
bu rejalashtirish ishlab chiqarish va taqsimot kabi soxalarda o‗z siyosatini yaxshilaydimi? 
Bugungi kunda turistik firmalar ishida personal kompyuterlar foydasi to‗g‗risida 
gapirishga xojat yo‗q. Ular buxgalteriya hisobini samarali yuritishga, turistik 
po‗tyovkalar harakati, charter reyslarini to‗ldirilishi, mehmonxonalardagi mavjud o‗rinlar 
to‗g‗risida aniq ma‘lumotlar olishga, zaruriy blankalar bilan ta‘minlashga imkon yaratadi. 
Turfirmalar tomonidan persanal kompyuter nafaqatgina o‗z ichki vazifalari uchun balki, 
turli telekonferensiyalarga (e‘lonlarni elektron gazetasi) va bu tarmoqlarni ko‗p millionli 
abonetlar armiyasiga global kompyuter tarmoqlari orqali axborotlarni uzatish uchun 
ham foydalaniladi. 
3. Persanal malakasi.
Sotishni muvafaqiyatli amalga oshirish uchun sotiladigan 
xizmatni batafsil bilishi, xizmatchilar malakasi juda muhimdir. Bu mijozlarga xizmat 
ko‗rsatishni yaxshilashga sotish xajmini oshirishga hamda harajatlarni kamaytirishga
imkoniyat yaratadi. Ko‗p hollarda turfirmalarda shunday holat kuzatiladiki, ya‘ni sotish 
bo‗yicha menejer taklif qilingan turistik yo‗nalish to‗g‗risida, xizmat ko‗rsatish dasturi
mehmonxona, transfert, mintaqadagi ob-havo sharoitlari to‗g‗risida mukammal
malumot berish holatida emas. Natijada hafsalasi pir bo‗lgan mijoz turni barcha 
tavsilotlarni yaxshiroq tushuntira oladigan, barcha savollarga to‗liq javob beradigan 
menedjer faoliyat ko‗rsatadigan boshqa firmaga o‗tib ketadi. Boshqa tomonidan yaxshi 
menejment tamoyillaridan foydalanadigan persanalni ratsional boshqarish turistlarga 
sifatli xizmat ko‗rstaishga erishish uchun tashkilotni barcha xizmatlarini 
muvofiqlashtirishni ta‘minlashga qodirdir. Bu – ishonch, qaniqarlilik, konstruktiv 
yondashuv, menejmentni ratsional tarkibi, turfirma faoliyatining eng muhimlarini 
aniqlash.


113 
Mehnat motivatsiyasiga firma xizmatchilarini iyerarik ehtiyojini hisoblash 
yordamida erishladi. 
Rahbariyatning vazifasi ularni qoniqtiruvchi sharoitlarni yaratish, shu bilan
xodimlarni intensiv va sifatli mehnatini motivlash. O‗z navbatida jo‗shqin va xushyor 
persanal rahbariyatga taqsimotni optimallashtirishga va nazoratga yordam berishi va 
hamkorlik qilishi mumkin. 
Xulosa qilib, qisqacha samarali taqsimotning to‘rtta tamoyilini qayd qilishimiz 
mumkin: 
1. O‗z sarf-harajatlarini bilish va nazorat qilish. Xatto kichik progress ham taqsimot 
tizimini har bir segmenti bo‗yicha harajatlarni bilmasdan mumkin emas. Mazkur 
ma‘lumotlarga ega bo‗lib, rahbariyat kelajak muammolarini oldindan ko‗rishi, to‗g‗ri 
ustunliklarni belgilash, potensial jamg‗armalarni hisoblab chiqish, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish bo‗yicha mos ravishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish 
imkoniyatiga ega bo‗ladi. 
2. Taqsimotni muhimligini tushunish. Taqsimotning tushib ketishi ko‗pgina 
kompaniyalarni notinchligiga olib keluvchi foyda olish imkoniyati kabi ko‗rib chiqiladi. 
Ko‗p hollarda bu turistik biznesga jalb qilingan aniq harajatlar to‗g‗risida boshqaruvni 
oddiygina ogohlantirlmasligi oqibatida kelib chiqadi. Taqsimotni foydaligini va muqobil 
taqsimot shakllari hamda strategiyasini turli ta‘sirlarini nafaqatgina oliy rahbariyat balki 
funksional bo‗linmalar rahbarlari ham sezishi zarur. Rahbariyat bitta sohadagi qarorlar 
umumiy harajatlar va ishlab chiqarishga ta‘sir etishni tushunib yetmagunga qadar, 
umumiy kam harajatli raqobatbardoshli tizimni olish uchun u bir harajatlarni boshqasiga 
almashtira olmaydi. 
3. Maxsus usullarni ishlab chiqish. Ko‗pgina turfirmalar kompyuter texnikasi 
muammolaridan tushkunlikka tushmoqdalar, lekin ularga taqsimot vazifasini aniq 
tushunib yetishga to‗g‗ri kelmayapdi. Yangi texnologiyalarga tashabusni batafsil
bilimlari bilan birga qo‗shish g‗ayrati, shijoati, jonbozligi, tashabbuskorligi zarur. 
Agar texnika turfirmani maxsus o‗ziga xos talablariga javob bersangina u foyda 
keltirishi mumkin. 
4. Taqsimotdagi ko‗nikmalar va imkoniyatlarni oshirish. Taqsimotni boshqarishda 
zarur bo‗lgan bilim va qobiliyat tashkiliy va vazifaviy aloqalarni almashtirish yo‗li 
bilan olishi mumkin emas. Ham oliy menejment doirasida ham firmani qolgan xodimlari 
doirasida yuqori darajadagi malaka va tajriba talab etiladi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin