O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

№ 1 Kasbiy tur. 
Tashrif buyurish va qaytib ketish kunlari hisobga olinmagan 3 va 5 kunlik 
dasturlar. Tashrif kunida – mehmonxonada joylashtirish dasturi bilan tanishish, tadbirlar 
grafigini aniqlashtirish, kechqurun-tashrif yuzasidan (bayramona) tantanali kechki ovqat. 
3-kunlik tur 
1 - kun 
Mehmonxonada nonushta;
Kasbiy uchrashuv va muzokaralar uchun bo‗sh vaqt; 
Mehmonxona restoranida tushlik; 


31 
Samarqand bo‗ylab obzor ekskursiya; 
Teatrda tomosha; 
Mehmonxonada kechki ovqat; 
2 - kun 
Mehmonxonada nonushta; 
Kasbiy uchrashuv va muzokaralar uchun bo‗sh vaqt; 
Mehmonxonada tushlik; 
Kasbiy maqsadlarda avvaldan kelishilgan maxsus joylar 
(birja)ga tashrif hohlovchilar (muzokaralarda 
qatnashmagan rafiqa, farzandlar) uchun bu vaqtda shahar 
ko‗chalari bo‗ylab sayr; 
―Karimbek‖ restoranida kechki ovqat; 
3 - kun 
Nonushta; 
Siyob dehqon bozoriga ekskursiya, «O‗zbekiston xalqlari 
tarixi» muzeyiga tashrif;
Kechki ovqat mehmonxonada. 
 
4.5.Xizmat yetkazib beruvchilar. 
 
 
Turistlarga xizmat ko‗rsatishda sayohat vaqtida ko‗pgina turli tuman tashkilotlar 
va korxonalar qatnashadi. Ularga joylashtirish vositalarini taqdim etuvchi tashkilotlar 
(mehmonxona, turbaza, motellar va h.k.). Umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, 
kafe, oshxona va h.k.). Ekskursion tashkilotlar, transport kompaniyalari, shou, kino va 
video va h.k. Shunga o‗xshash tashkilotlar, sport tashkilotlari, rekreatsion tashkilotlar. 
Maishiy xizmat firmalar, savdo va h.k. turli tashkilotlar. Tur davomida turistlarga 
kompleks xizmat ko‗rsatishda ishtirok etuvchi barcha korxona va tashkilotlarni turizm 
amaliyotida xizmatlar yetkazib beruvchilar deb nomlash qabul qilingan. 
Turistik mahsulotni yaratish va sotishdagi turoperatorning roli haqida so‗z 
ketganda xizmatlar yetkazib beruvchilarining asosiy ekanligini ham unutmaslik lozim. 
Chunki, turist tomonidan mahsulotni sifatli deb tan olinishi har bir alohida xizmatning 
hususiyatlariga bog‗liq. 
Shuning uchun turdasturlarini tuzishida xizmatlar yetkazib beruvchilariga alohida 
e‘tibor beriladi va xizmatlar yetkzib beruvchilar bilan ishlashda: 

hamkor tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatiga jiddiy yondashuv. 
Shuningdek ushbu firmaning bozordagi obro‗yini inobatga olish; 

mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, transport xizmatlari turi va 
darajasining konkret tur mo‗ljallangan turizm turi va iste‘molchilarning 
ijtimoiy bo‗g‗iniga muofiqligi; 

hamkorlik bo‗yicha shartnomaviy hujjatlashtirishga jiddiy va e‘tiborli 
yondashuv chunki bu kelajakda firma obro‗ysiga ta‘sir ko‗rsatish mumkin. 
Istqbolli hamkorni topish uchun u yoki bu mamlakatda ro‗yxatdan o‗tgan ko‗p 
sonli firmalar ichidan siz bilan hamkorlik qilishga qiziqayotgan va sizning bu boradagi 
talablaringizga javob bera oladigan firmani tanlashingiz lozim. Qidiruvda siz turli 
ma‘lumotnomalar, internet va h.k. kommunikatsiya vositalaridan foydalanishingiz 
mumkin. Xizmatlar yetkazib beruvchilari bilan maxsus ko‗rgazma, yarmarka va h.k. 
aloqa o‗rnatish odatiy usullardan biridir. Xizmatlar yetkazib beruvchilar hududiy
qiziqish, turizm turi, dasturning tarkibi, shuningdek iste‘molchilarning yoshi ijtimoiy va 
iqtisodiy segmentlari bo‗yicha tanlanadi. Undan tashqari firmaning obro‗yi va kasbiy 
sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.


32 
Taklif etilayotgan xizmatlar paketining joriysi uchun qo‗yidagi xizmatlar yetkazib 
beruvchilar zarur: 
-
Yuqori darajali mehmonxona, qo‗lay avtobuslar va turistlarga ijaraga berish uchun 
mashinalarga ega transport kompaniyalari. Yuqori darajali, taomni xonaga 
yetkazib berish va menyuni turistlar bilan kelishish imkoniyatini beruvchi 
restoran; 
-
guruhli va individual ekskursiyalarni tashkil etuvchi va yuqori darajadi gidlarni 
taqdim eta oladigan ekskursion tashkilotlar; 
-
teatr-manzarali tashkilotlar, tungi klublar, akvapark, tabiiy va tematik parklar, 
baliq ovlash xo‗jaliklari. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin