47
Kepinglar
– avtoturistlar uchun qo‗riqlanadigan va yaxshi jihozlangan
maydonlari bor lagerlardir. Ular energiya ta‘minoti, kanalizatsiya tizimi bilan jihozlangan
majmuasidir. Kempingda avtomobillar turadigan alohida maxsus joylar ajratilgan bo‗lib,
shuningdek avtomobillarni profilaktik ko‗rikdan o‗tkazadigan, yuvish va ta‘mirlash
ustaxonasiga ega bo‗ladi. Bundan tashqari kempingda avtoturistlarga bir qator axborot,
savdo, vaqtni mazmunli o‗tkazish xizmatlari taqdim etiladi. Ularning sifati va
assortimentiga qarab kempinglarga ma‘lum kategoriya – birdan to‗rtgacha yulduz
beriladi. Yuqori kategoriyali lagerlar avtoturistlar uchun tennis kortlari, basseynlar,
saunalar, suv attraksionlariga ega bo‗ladilar. Vaqtni mazmunli o‗tkazish markazlari
tashkil qiladilar. Sport va ko‗ngil ochish ob‘ektlaridan tashqari, ularda savdo va
ovqatlanish korxonalari, kir yuvish, aloqa bo‗limlari, prokat punktlari bo‗ladi. Bular
ko‗pincha ko‗p profili kechayu-kunduz ishlovchi mehmonxonalar, turbazalar va motellar
tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: