O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

chakana
va 
ulgurji
firmalarga bo‗linadilar. 
Chakana savdo bilan shug‗ulanadigan agentlar - bular, qoida bo‗yicha, uncha 
sezilarli bo‗lmagan kapital va cheklangan bozorga ega bo‗lgan vositachi tashkilotlardir. 
Vositachi bo‗la turib, ular yirik turistik va avtotransport kompaniyalari siyosatiga bog‗liq 
faoliyat yuritadilar. Va bozorda muhim rol o‗ynaydilar, chunki turistik safarlarning 
sezilarli qismi aynan ular orqali sotiladi Turizm rivojlangan mamlakatlardagi 
turagentliklar tajribalari shuni ko‗rsaladiki turagentliklarning optimal soni fuqarolar 
soniga hisoblanganda, har 10000 kishiga bir turistik agentlik to‗g‗ri kelishi optimal 
hisoblanadi. 
Chakana turistik firmalalar turistik xizmat ko‗rsatish va transport korxonalari 
xizmatlarini sotib oladigan mijozlar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqalar asosida ishlaydilar. 
Ulgurji turistik firmalar - standart (yoki seriyali) inklyuziv yoki pekidj turlarni 
sotish bo‗yicha yirik masshtabli operatsiyalar o‗tkazadigan yirik turoperatorlar 
hisoblanadilar. 
Turistik xizmatlarning ulgurji savdosi qayta sotish maqsadida xizmatlari sotib 
olish bilan bog‗liq har qanday faoliyatlar tushuniladi. 
Turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda ulgurji turoperatorlar tutgan o‗rni 
alohida ahamiyatga ega. Mohiyatan ular tashkil qilingan turizmning, shu jumladan 
xalqaro turizmning ham asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadilar. 
Ulgurji firmalar o‗z ishlariga reklama, ijara, savdo zallari, personallarga to‗lovlar, 
aylanma mablag‗larni shakllantirish kabi harajatlar bilan aniqlanadigan sezilarli 
darajadagi katta kapital qo‗yishlariga to‗g‗ri keladi. 
Amaliyotda ulgurji firma va chakana firmalr orasidagi farqlarini aniqlash qiyin 
bo‗ladi, chunki har ikkalasi ham ulgurji, ham chakana operatsiyalarni bajarishlari 
mumkin. 
Alohida hollarda wholesalar faqat ma‘lum xizmatlar ko‗rinishiga maxsuslashishi 
mumkin, masalan, mehmonxona zanjirlari yoki transport korxonalariga xizmat ko‗rsatish. 
Nisbatan ravshanroq misol qilib, fransuz firmasi «Feniks»ning, Moskvadagi turistik 
agentliklarga Parij va Londonda ko‗rsatiladigan mehmonxona xizmatlarini sotish bilan 
shug‗ullanishini olishimiz mumkin. 
Agent turmahsulot realizatsiyasi jarayonidagi qatnashchilari zanjirida oxirgi va 
muhim zvenodir. U ko‗pincha to‗g‗ridan-to‗g‗ri sotish usuli bo‗yicha ishlaydi va 
mijozlarni ko‗p hollarda tavsiyalar bo‗yicha, ishda, uyda jamaot idoralarida o‗z 
qarindoshlari, tanishlari orasidan topadi. 
Oxirgi yillarda turmahsulot sotish tizimi ikki ommaviy shaklga ega bo‗ldi: 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin