O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

To„rtinchi kun. 
Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy obidalarga sayohat (8.00-13.30). 
Tushlik (13.30-14.30). Bo‗sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga 
yotish/bo‗sh vaqt. 


115 
Beshinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Buxoroga jo‗nash. (8.00-12.00) Joylashish 
va dam olish (12.00-13.00). Tushlik (13.00-14.00). Shahar bo‗ylab sayohat, Labi-
hovuzdagi teatrlashtirilgan shouda ishtirok etish (15.00-20.00). Kechki ovqat (20.00-
21.00). Uyquga yotish/bo‗sh vaqt. 
Oltinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy obidalarga sayr qilish (8.00-13.30). 
Tushlik (13.30-14.30). Bo‗sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga 
yotish/bo‗sh vaqt. 
Yettinchi kun.
Nonushta (7.30-8.00). Toshkentga jo‗nash (8.00-18.00). Yo‗lda 
tushlik (13.00-14.00). Shahar bo‗ylab sayr qilish (18.00-21.00). Aeroportga transfert 
(21.00). Parijga uchib ketish (24.00). 
Yuqoridagilardan shu narsa ma‘lum bo‗lmoqdaki, yo‗nalish batafsil va mukammal 
bo‗lishi, shaharning harakatlanish sxema – kartalari uning tarkibida mavjud bo‗lishi talab 
etiladi. Unda barcha diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalarni joylashuvi, restoranlar
aloqa telefonlari va boshqa zarur bo‗lgan foydali ma‘lumotlar bo‗lishi zarur. Masalan, 
turistlar o‗z sayohatlari davomida astronomiya fanining rivojiga buyuk hissasini qo‗shgan 
alloma – Mirzo Ulug‗bekning observatoriyasiga tashrif buyuradi. Shu sababli, 
Ulug‗bekning tarixiy hayoti va ilmiy faoliyatiga batafsil to‗xtalish, ma‘lumot berish 
zarur. Bundan tashqari sayohatchilar yo‗lidagi qadimgi kishilarni to‗xtagan joylarini ham 
qayd etish mumkin. Bularning barchasini jarangli va mazmunli nomlar bilan yetkazish 
kerak. 
Yuqorida qayd etilganidek, turmahsulot turistlarga paket (―pekidj‖) larda sotiladi. 
Turoperator turagentlarga komission chegirmalar taqdim etadi yoki turagent o‗z 
xizmatlari – reklama, mijozlarni topish, hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar uchun 
ustama haq qo‗yadi. Shu bilan birga, paketdagi taqdim etilayotgan turni narxini 
hisoblashni bilish lozim. Turmahsulotning narxini normativ kalkulyatsiya metodi bilan 
hisoblash mumkin. Unga turistlarga xizmat ko‗rsatish bilan ham, turistlar guruhini 
kuzatish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha sarf-harajatlar kiradi. Turmahsulot narxining 
formulasi qo‗yidagicha hisoblanadi: 
Ngr
Ntour
Kd
ZT
T
Stax
SU
Ptur






Pr
Bu yerda, Ptur – milliy valyutada bitta turistning turpaket narxi (yoki dollar 
ekvivalentida);
SU – turoperatorning turpaketi ichiga kiradigan xizmatlar tannarxi; Stax – 
alohida xizmat turlari bo‗yicha bilvosita soliqlar summasi (NDS);
PrT – turoperatorni milliy valyutadagi foydasi (yoki dollar ekvivaletidagi);
ZT – turpaket tarkibiga kiruvchi alohida xizmat turlari uchun turistga turoperator 
taqdim etayotgan chegirma;
Kd – turpaketni sotuvchi turagentni komission mukofotlash (ko‗p hollarda bu 
turpaket narxiga qo‗shimcha yoki turoperatorni turagentning foydasiga narxdan 
chegirma);
Ntour – guruhdagi turistlar soni;
Ngr – guruhga yo‗lboshchi sifatida hamkorlik qiluvchilarning soni. 


116 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin