O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Axborotlilik: 
• Mahsulot haqida ma‘lumot berish; 
• Mahsulot imidjini shakllantirish
• Firma imidjini shakllantirish;
•Firma faoliyati to‗g‗risidagi tasavurlarni shakllantirish.
Ishontiruvchi: 
• Mahsulotni sotib olishga undash; 
• Sotishlarni amalga oshirish; 
• Mahsulotga munosabatni o‗zgartirish; 
• Raqobatning teskari ta‘siri. 
Eslatuvchi: 
• Xabardorlik va talabni qo‗llab-quvatlash; 
• Imidjni tasdiqlash. 
Shu bilan birga reklama faoliyati to‗g‗ri olib borilishi va unga qo‗yiladigan 
qonuniy talablarga qat‘iy mos kelishi lozim. 
Turoperator reklama faoliyatining me’yoriy asosini
turizmda reklamani tartibga 
solib turuvchi quyidagi qonunchilik hujjatlari tashkil qiladi: 
1. O‗zbekiston Respublikasining "Reklama to‗g‗risida"gi Qonuni mahsulotlar, 
ishlar va xizmatlar bozorlarida reklamani ishlab chiqish, joylashtirish va tarqatish 
jarayonlarida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Shu qonunning 3-
bandida, O‗zbekiston Respublikasining reklama to‗g‗risdagi qonunchiligi ushbu Qonun 
va shunga muvofiq qabul qilingan boshqa qonunlardan tashkil topishi nazarda tutilgan. 
Reklamani ishlab chiqish, joylashtirish va tarqatish jarayonlarida yuzaga keladigan 
munosabatlar, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va ijroiya 
hokimiyati organlarining "Reklama to‗g‗risida"gi qonunga muvofiq ishlab chiqiladigan 
me‘yoriy-huquqiy aktlar yordamida tartibga solib boriladi. 
2.O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, "Yolg‗on reklama" -bandida 
aytiladiki, reklamada mahsulotlar, ish va xizmatlar, shuningdek, ularni ishlab 
chiqaruvchilar haqida g‗arazli maqsadlarda yolg‗on ma‘lumotlardan foydalanish va 
iste‘molchilarga zarar yetkazish ish haqining minimal miqdori yoki to‗liq ish haqi 
miqdori yoki sudlanuvchining ikki oydan besh oygacha boshqa daromadlari miqdorida 
jarima to‗lash; yoxud 80 soatdan 240 soatgacha majburiy mehnat yoxud 3 oydan 6 
oygacha qamoqqa olish yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
3.O‗zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida"gi 
Qonunida shunday deyiladi: "OAVda, reklama axborotlari va materiallariga 
maxsuslashtirilgan sifatida ro‗yxatga olinmagan reklama tarqatish hajmi davriy bosma 
nashrning alohida nomeri hajmining 40 foizidan; radio va teledasturlar uchun - 25 


120 
foizdan oshmasligi lozim. Tahririyat ma‘lumot, tahririyat va mualliflik materiallari 
ko‗rinishda joylashtirilgan reklama uchun haq olish huquqiga ega emas". 
4.O‗zbekiston Respublikasining "Mahsulotlar va xizmatlar sertifikatsiyasi 
to‗g‗risida"gi Qonunida majburiy sertifikatsiyadan o‗tishi lozim bo‗lgan, ammo 
muvofiqlik sertifikatiga ega bo‗lmagan mahsulotlarni reklama qilish ta‘qiqlanadi. 
Turoperator turlar sotish bilan bog‗liq kataloglar, reklama varaqalari va 
e‘lonlardagi ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun javobgar hisoblanadi. 
Turmahsulot reklamasining murakkabligi shundaki,
u bir vaqtning o‗zida qator 
turli xil jihatlarni aks ettirishi lozim: 

talabning bozor segmentlari bo‗yicha takliflarning turli-tumanligi (masalan, yosh 
bolalardan boshlab, o‗rta sinf vakillariga qadar va VIP-turistlar uchun); 

sayohat va safarlar joylarining farqlari (masalan, an‘anaviy yo‗nalishlar - 
Turkiya, Kipr, Italiya, Ispaniya, Marokko, Bali, Keniya va hokazo kabi yangi 
yo‗nalishlar); 

turizmning turli ko‗rinishlari (sport, tarixiy, sog‗lomlashtirish va boshqalar). 
Ko‗pincha, bir reklama axborotida mahsulotni harakatlantiruvchi har uchala 
tashkil qiluvchini ham hisobga olish talab qilinadi (yo‗nalish, safarlar ko‗rinishlari va 
iste‘molchilar kategoriyalari bo‗yicha ajratilgan takliflar). 
Bunda reklamaning quyidagi asosiy prinsiplarini hisobga olish zarur:

reklama qisqa bo‗lishi lozim, aks holda u oxirigacha qabul qilinmaydi;

reklama mijozlarga tushunarli bo‗lishi kerak, chunki ongli qabul qilingan 
narsalar odatda xotirada ko‗proq saqlanib qoladi; 

axborotning boshidagi va oxiridagi xabarlar axborotning o‗rtasida keltiriladigan 
ma‘lumotlarga qaraganda yaxshi esda qoladi. Reklama axboroti maketi va 
matnini tuzishda asosiy ma‘lumot bilan boshlab, u bilan tugatish uchun uni 
oldindan ajratib olish lozim

ma‘lumotlar odatiy tushunchalarga, ishonchlar, fikrlarga zid bo‗lmasa, yengil 
qabul qilinadi va yaxshi eslab qolinadi; 

jamiyat hayotining asosiy tendensiyalari ruhiyatini ham hisobga olish zarur. 
Buning uchun aholi ichida ijtimoiy so‗rovlar, ya‘ni marketing tadqiqotlarini 
o‗tkazish kerak. Faqat shu orqali mijozlarga nima yoqishini bilib olish mumkin. 
Turistik firmadagi reklama bo‘yicha taktik qarorlar
o‗z ichiga 3 blok savollarni 
oladi: 

reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarni tanlash; 

reklama e‘lonlariga to‗lovlar va harajatlarni nazorat qilish;

reklama murojaatnomalarining chiqish grafigi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin