O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti jismоniy madaniyat fakultеti


Ertalabki badan tarbiyani o`tkazish sharoitlari



Yüklə 76,69 Kb.
səhifə9/15
tarix16.12.2023
ölçüsü76,69 Kb.
#180755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Jumayev sardorning-fayllar.org

Ertalabki badan tarbiyani o`tkazish sharoitlari.
Ertalabki badan tarbiya-derazalari ochiq xonalarda, xovlida, 
maydonchada o`tkaziladi. Guruh bolalari trusi, shippaklarda
chiqadilar. Bunday tartibda boialarni sekin sovuqqa o`rgata boradi 
va chiniqtiradi.
Kuzda, qishda esa mahsus kiyimlar kiyadilar. Bunda qisqa 
muddatli yugurishga o`tiladigan mashqdan boshlanadi. U
organizmda issiqlik hosil qilib, yurak, o`pka faoliyatini 
kuchaytiradi. YUrishdan yugirishga o`tilib, keyin sekinlashadi va
qayta saflanishga kolonnaga k
еyin doiraga o`tiladi.
Katta miqdorda kislorod talab etuvchi muskul ishida nafas 
olish va sovuq qotish havfi yo`qoladi, muntazam o`tkazilsa sovuq
temperaturaga nisbatan ko`nikma hosil bo`ladi. Sovuq havoda 
o`tkaziladigan mashqlar juda katta sur’atda o`tkaziladi.
Jismoniy tarbiya daqiqalari-nazariy fanlar darslarida 3-6
mashqlardan iborat bo`lib o`tkaziladi va 2-3 minut davom qiladi. 
Vazifasi: charchashni kamaytirish, tananing majbur qilingan
xolatiga salbiy ta’sir qilishni tushurish. O`quvchilar diqqatini 
aktivlashtirish va o`quv materiallarini o`zlashtirish qobiliyatini
oshirish. Jismoniy tarbiya daqiqalarining ijobiy samarasi aktiv dam 
olishning fiziologik mehanizmiga asoslangandir.
Jismoniy tarbiya daqiqalari birinchi charchashlikni sezishdan 
keyin yoki dars boshlangandan 20-30 minut keyin o`tkaziladi.
Majmuaning mazmunini: tortilishi mashqlari (umurtqa 
pog`onani to`g`irlash, kerishish, nafas olishga), 1-2 mashq
gavdaning yuqori qismidagi muskul guruppalari ishga solish, qad-
qomatni to`g`irlashga qaratilgan mashqlardan iboratdir. Ayrim
mashqlarni partada o`tirgan xolda bajarish mumkin. Xar bir mashqni 
4-6 marta takrorlash.





Tanaffus vaqtida o`tiladigan o`yinlar. Uning maqsadi va
vazifalari: o`quvchilarni sog`ligini mustahkamlash va faol dam 
olish, chiniqish aqliy va jismoniy mashqlarni muntazam ravishda
bajarishini odat tusiga kiritishdan iboratdir. Tashkiliy jamoa 
faoliyatiga ijobiy munosabatlarni shakllantirishga ta’sir qilish,
bilimlar xajmini oshirish, aktiv dam olishning mustaqil ommaviy 
formalarini o`tkaziladigan bilim va ko`nikmalarini xajmini oshirish.
Ijobiy mustaqillik tashabbuskorlikni rivojlantirishga ta’sir 
qilish, ongli tartib intizomlik ko`nikmalarini shakllantirish.
Mazmuni: xarakatli o`yinlar, oddiy musobaqa o`yinlari, to`p 
arg`imchoqlar bilan shaxsiy tartibdagi o`yinlar. Mashqlar
mashg`ulotining mazmuni asosini o`quv rejasining o`tilgan 
materiallaridan tashkil topgan bo`lishi kerak.

Yüklə 76,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin