Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus ta'lim vazirligi Urganch davlat Pedogogika instituti



Yüklə 22,05 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü22,05 Kb.
#185760
  1   2
8.Glossariy


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus ta'lim vazirligi
Urganch davlat Pedogogika instituti

pedogogika fakulteti

"Boshlang'ich ta'lim " yo'nalishi (sirtqi)222-guruh talabasi
Ro’zimova Xurshida
"Boshlang’ich sinflarda ona tili kursi" fanidan tayyorlagan


GLOSSARIY

Tayyorladi: Ro’zimova Xurshida
Qabul qildi:__________________

Urganch-2022
Ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar
Kakografiya so‘zi lotincha kakos – yomon,xunuk,yoqimsiz va graphos – yozmoq so‘laridan olingan bo‘lib,muayyan maqsadni ko‘zlab xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan matnni tuzattirish orqali o‘quvchilarga imloni o‘rgatish usuli sanaladi.Bu usulning pedagogik va didaktik jihatlari hali ochib berilmagan [2,13-bet].Rus tilida какофонический,какофония degan so‘zlar mavjud bo‘lib,ularga lug‘atlarda quloqqa yoqmaydigan,yoqimsiz,nosoz,g‘aliz;uyg‘unlashmagan,yoqimsiz tovushlar yig‘indisi degan izohlar beriladiki,bu so‘z semantikasiga salbiy baho yuklaydi.Shunga ko‘ra,kakografiya usulida yozuv bilan bog‘liq g‘alizlik,yoqimsizlik yashirinib yotganga o‘xshaydi,ammo orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan bog‘liq didaktik hamda pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin.
Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga,narsalarni bir-birlari bilan solishtirishga,izlanishga,masalaning yechimini topishga,eng muhimi ona tili darslarida olingan bilim va malakalariga asoslanib,muayyan mavzular bo‘yicha zaruriy xulosalar chiqarishga yordam beradi.O‘quvchilardagi loqaydlik,beparvolikni yo‘qotib,dadillikka,ijodkorlikka chorlaydi,mutelik,tobelik,nofaollik kabi salbiy xususiyatlarga barham beradi.
Ayniqsa,fonetika,grafika,orfografiya,leksika va morfologiya bo‘limlari bilan bog‘liq amaliy darslarni o‘tishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi.Masalan,o‘quvchilarga unli va undosh tovushlar bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlar berilgach,“Mustahkamlash darslari” yoki “Takrorlash darslari”da turli topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.Bunda asosiy e’tibor so‘zlarning aytilishi va yozilishi o‘rtasidagi farqqa qaratiladi.
Analiz - sintez metodida ham o'quvchilarni faollashtirish o'qituvchining o'quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga,ishni tashkil etish shakllariga bog'liq bo'ladi.Induksiya metodida o'quvchilar o'qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi,tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta'riflar keltirib chiqaradi.Deduksiya metodida o'quvchi tayyor qoida — ta'rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi.Bu metodlarning samarasi o'qituvchining savol - topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo'naltirilganligiga,izchilligiga,faoliyatni tashkil etish shakllariga,o'quv vositalari (darslik,turli xarakterdagi lug'atlar,rasm,jadvallar,texnik vositalar)gabog'liq bo'ladi.

Yüklə 22,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin