16-BOB. BOZOR MUNOSABATLARI TIZIMIDA MEHNATNI BOSHQARISH 16.1. Mehnatni boshqarish xususiyatlari Mehnatni boshqarish boshqaruv munosabatlarining turlaridan biridir.
Mehnatni boshqarish obyektiv zaruriyati birgalikdagi mehnat, uning
kooperatsiyasi rivojlanishi jarayonida yuzaga keldi. Bunda shu narsa ayon
bo’lib qoldiki, boshqarishning maqsad, mazmun va funktsiyalari ishlab
chiqaruvchi kuchlar va mehnatning o’zi rivojlangan sayin o’zgarib, avvalo,
ishlab chiqarishning har bir mazkur turiga xos bo’lgan mehnatning
ijtimoiy tuzilishi bilan belgilanadi. Bevosita mehnat faoliyati, uning tashkil
etilishi, shart-sharoitlari va natijalari, ishchi kuchini tiklash, ijtimoiy
mehnat munosabatlari mehnatni boshqarish obyektlari hisoblanadi.
Mehnat ishlab chiqarishning tarkibiy qismi (omili) sifatida ishlab
chiqarish tashkilotchisini, ishlab chiqarish boshqaruvchisini boshqa
omillar — kapital, er, asosiy ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo, yarim
tayyor mahsulotlar va shu kabilar bilan tengma-teng qiziqtiradi. Ammo
mehnat ishlab chiqarishning boshqa omillaridan jiddiy farqlanadi: unda
fuqaro huquqi va erkinliklari, o’z manfaatlari va adolat to’g’risidagi
tasavvurlari, ish beruvchi bilan munosabatda o’zini himoya qilish uchun
birlashish huquqi va shu kabilar bor. ¨llanma ishchi o’zining mehnat
qobiliyatini sotadi, zimmasiga qonunda belgilangan yoki kontraktda aytib
o’tilgan shartlarda mehnat qilish majburiyatini oladi.
Mehnat bozorida ham, ishlab chiqarishda ham, ishdan keyin ham
kishi bir butunligicha qoladi. Boshqarish amaliyotida bu bilan hisoblashish
kerak bo’ladi. Mehnat omilining boshqa omillar bilan birikmasini emas,
balki mehnat munosabati tufayli yuzaga keladigan tirik odamlarning
jamiyat va bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarning butun majmuasini
boshqarishga to’g’ri keladi.
Mehnat bilan chambarchas bog’langan jarayonlar va munosabatlar
doirasi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini yuzaga keltiradi. Ijtimoiy-
iqtisodiy jarayon va munosabatlarni amalga oshirishda mehnat bilan
bog’liq shart-sharoitlarni amalga oshirish (tashkil etish, haq to’lash,
intizom, borasida, mehnat etikasi, mehnat jamoalarining shakllanishi)
munosabatlarida ustuvorlik qilinsa, bunday sohani ijtimoiy mehnat sohasi
deyish mumkin.