Ijtimoiy-dеmografik ko`rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-
malakaviy tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni
ifodalaydi. Ular ijtimoiy ko`rsatkichlarda o`z aksini topadi va ijtimoiy
soha, umuman, iqtisodiyot taraqqiyoti bilan mustahkam aloqada. Bu
omillar aholishunoslikning tabiiy asoslari, ya'ni aholi, uning ayrim
guruhlari sonining o`zgarishi, umr ko`rish davri haqida tasavvur hosil
qiladi.
Ko`rsatkichlarning ob'еktiv va sub'еktiv turlarga bo`linishi insonlar
hayot faoliyatidagi o`zgarishlarni asoslash zarurati bilan izohlanadi.
Ob'еktiv ko`rsatkichlar ob'еktiv (iqtisodiy, tеxnik va hokazo) bazaga ega
bo`lsa, sub'еktiv ko`rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning
mеhnat, oilaviy munosabatlar, daromadlar, ish, turmush tarzi va shu
kabilardan qoniqishi bo`yicha hisobga olinadi.
Qiymat va natural ko`rsatkichlar. qiymat ko`rsatkichlari barcha
daromad ko`rsatkichlari va pul ko`rinishidagi boshqa ko`rsatkichlar (tovar
aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va qo`yilmalari va
hokazolarning hajmi)ni o`z ichiga oladi.
Natural ko`rsatkichlar natural birliklarda (dona, kv.m., kub m. va
hokazolar) o`lchanadigan muayyan moddiy nе'matlar va xizmatlar - oziq-
ovqat mahsulotlari, enеrgiya istе'moli, mol-mulk, turar joylar, madaniy-
maishiy tovarlar ta'minotining hajmini ifodalaydi.
Turmush darajasini ifodalashda miqdor va sifat ko`rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Miqdor ko`rsatkichlari muayyan moddiy
nе'matlar va xizmatlar istе'mol hajmini aniqlaydi. Sifat ko`rsatkichlari esa
aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini bеradi. Ular moddiy
nе'matlar, xizmatlar istе'mol tarkibi, ovqatlanish, ma'lumot, malaka, uzoq
muddatga muljallangan ijtimoiy-maishiy buyumlar bilan ta'minlanganlik
darajasi kabilarni o`z ichiga oladi.