О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Psixolagiyaning asosiy metodlari



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix13.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#97259
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari

Psixolagiyaning asosiy metodlari 
ASOSIY METODLAR 
Asosiy metodlarning variantlari 
KUZATISh METODI 
Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki (subyektiv, o‗z-o‗zini kuzatish) 
Erkin kuzatuv Standartlashtarilgan 
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish 
SO‘ROQMETODI 
Og‗zaki so‗roq
YOzma so‗roq
Erkin so‗roq (suhbat)
Standartlashtirilgan so‗roq 
TESTLARMETODI 
Tesg-so‗rov
Tesg-toshiriq
Provektiv test
Sotsiometrik test 
EKSPERIMENT 
Tabiiy ekseriment
Laboratoriya ekseriment 
MODELLASHTIRISh 
Matematik modellashtarish
Mantaqiy modellashtirish
Texnik modellashtarish
Kibernstik modellashtirish 
 
Kuzatish metodi 
Buusul engtabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda 
o‗rgangan ko‗ odatlarimiz, harakatlarimizning asosida o‗zining bilib-bilmay 
kuzatgan, xotiramizda shu tarzda olib qolgan ma‘lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai 
nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi. 
Kuzatishning ikki asosiy turi bo‗lib, tashqi-obyektiv kuzatish va ichki - o‗z-
o‗zini kuzatish farqlanadi. 
Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan 
turib kuzatish orqali ma‘lumotlar to‗lash usulilir. Usulning o‗ziga xosligi 
shundaki, tadqiqotchi kuzatiluvchining faoliyatiga aralashmagan va unga 
xalaqit bermagan tarzda, uning tashqi xulq-atvori, nutqi, o‗zgalarga 
munosabatini «zimdan kuzatib», qayd qilib boradi.
O‘z-o‘zini kuzatish birovlarni tashqaridan kuzatishdan farqli, odamning 
o‗zida kechayotgan biror o‗zgarish yoki hodisani shaxsan o‗rganishi maqsadida 
ma‘lumotlar to‗lash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko‗incha biror ijtimoiy 
hodisa yoki jarayonni o‗rganish maqsad qilib qo‗yilishda qo‗llaniladi. Masalan, 
bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, 
oldindan maxsus reja yoki dastur bo‗lmaydi, kuzatuv obyekti ham qatg‗iy 
bo‗lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu 
yo‗zasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham baozan erkin kuzatish 


tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo‗lib, 
nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat‘iy belgilab olinadi va maxsus dastur 
doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. 
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-
atvoriga ta‘sirini o‗rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil 
qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o‗sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda 
qo‗shiladi vazimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda 
kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo‗l bilan olingan 
ma‘lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qiymatli bo‗lsa, ikkinchi 
tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo‗lsa, o‗zi ham guruh 
hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni subyektiv ravishda qayd 
etadigan bo‗libqolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish 
buning aksi – ya‘ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan 
chetda bo‗ladiva faqat bevosita ko‗zi bilan ko‗rgan va eshitganlari asosida 
xulosalar chiqaradi. 
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, rofessional ko‗rsatgichlarni qayd 
qilishda so‗zsiz afzalliklari bor, lekin, shu bilan birga kuzatuvchinitsg rofessional 
mahorati, kuzatuvchanliga, sabr-qanoatiga bog‗liq bo‗lgan jihatlar, yana tulangan 
ma‘lumotlarni subyektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo‗lgani uchun ham biroz 
noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda 
ishlatiladi. Umuman kuzatish vositasida ma‘lumotlar to‗lashga qaror qilgan kimsa 
har doim ham aniq kuzatuv obyektini ajratib olishi, undan nimalarni 
kutayotganligini tasavvur qilishi, kuzatuv daftarini tutib, kuzatilayotgan odam 
yoki guruhning faoliyatini mahlum muddat davomida bosqichma-bosqich izchil 
tarzda qayd qilib borishi, izlanishlari nihoyasida esa barcha to‗langan 
mahlumotlarni psixologik jihatdan tahlil qila olishi kerak. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin