O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Matbuotda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ustuvor yo`nalish



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix26.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#103038
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2.2. Matbuotda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ustuvor yo`nalish 
sifatida 
Jismoniy va ruhiy salomatlik ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun har 
bir kishi yetuk tibbiy ong, ko’nikma va o’zini salomat olib yurish madaniyatini 
shakllantirish kerak, bu esa sog’lom turmush tarzi shakllanishini asosini tashkil etadi. 
Yurt kelajagi hisoblangan yoshlarning har tomonlama barkamol bo’lib 
yetishishlarida sog’lom turmush kechirishlarda sportning ahamiyati beqiyos 
hisoblanadi. Shularning barchasini inobatga olingan holda yurtimizda yoshlar sportini 
rivojlantirish, yoshlarni bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazish yetakchi masalalardan 


41 
biri. Sport har tomonlama sog’lom avlodni tarbiyalash bilan bir o’rinda mamlakatni 
dunyoga tanitishda ham beqiyos ahamiyatga ega. 
O’zbekiston Mustaqilligining eng muhim strategik yo’nalishlaridan biri 
jamiyatni barqarorlashtirish va fuqarolarni jismonan sog’lomlashtirish va turmush 
tarzini yaxshilash. Boshqacha qilib aytganda, insonni ham jismonan, ham ma`naviy 
sog’lomlashtirishdir. Shuning uchun ham yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 
eng avvalo insoniyat, uning manfaatlariga va barcha moddiy-ma`naviy, huquqiy-
axloqiy ehtiyojlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgandir. Har qanday jamiyatning 
ravnaqi va kelajagi uning ma`naviy kuch-qudrati, sog’lom ijtimoiy-siyosiy muhiti 
bilan bog’liqdir. Bu degani ma`naviyat sog’lom turmush tarzi bilan uzviy bog’liqdir 
va ular birgalikda jamiyat taraqqiyotining mezoni bo’lib xizmat qiladi. “Ma’naviyat – 
inson hayoti barcha qirralarining uning ruhidagi xatti-harakati, faoliyati va 
munosabatlari majmuasidir. Sog’lom turmush tarzi esa insonlarning muayyan 
ijtimoiy- huquqiy, siyosiy, ruhiy, axloqiy, madaniy jihatlardan shakllangan hayotiy 
faoliyat uslubi bo’lib, uni munosabatlarida, madaniyatida, jismoniy sog’lomligida, 
taffakur – ongi, odobi, dunyoqarashida, iqtidorida namoyon bo’ladi”
23

Inson sog’lom turmush tarzi jarayonida o’zini anglab uni umrini oxirgacha 
rivojlantirib, takomillashtirib boradi. Bu jarayonda uni – farosati, aql-idroki, adolatli 
va adolatsizlikdan, ogohlikni loqaydlikdan ajrata olish kabi xislatlar qaror topib 
boradi. Bunday xislatlar asta – sekinlikda, jismonan baquvatlikda, ekologik va 
huquqiy madaniyatda namoyon bo’lib boradi. Ko’rinib turibdiki, sog’lom turmush 
tarzi ma`naviy yetuklik bilan uyg’unlikda inson kamolotiga xizmat qilib kelmoqda. 
Bu borada sog’lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy tamoyillari mazmun – 
mohiyatini avval yashab ijod etgan buyuk allomalar Forobiy, Bahovuddin 
Naqshband, Najmiddin Kubro asarlarida ham sog’lom ijtimoiy muhitdagina sog’lom 
turmush tarzi bo’lishini ilmiy – nazariy asoslab berishgan. Ma`salan, Najmiddin 
Kubro insonlarning jismonan aqliy, ruhiy va ma`naviy yetuklikni sog’lom turmush 
tarzining asosi mezoni hisoblanadi. Bahovuddin Naqshband beadablar yashaydigan 
23
Miraxmedova U. Axborot asrida yoshlar dunyoqarashi: Nazariya va amaliyot mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy 
anjumani materiallari to’plami.Toshkent ,2010.-B.-136-137. 


42 
ijtimoiy muhit nosog’lom bo’lib, u insonlarga ham jonzotlarga ham salbiy ta`sir etadi, 
deydi. Alisher Navoiy sabr-toqatli insonlar yashagan jamoaning turmush tarzi ham 
sog’lom bo’ladi, deb hisoblagan. Bugungi kunda ham yuqoridagi fikrlar o’z isbotiga 
ega.
Sog’lom turmush sharq xalqlarini salomatligi ularning jismonan – ruhiy 
baquvvat bo’lishiga, ma`naviy yetuk bo’lishiga xizmat qiladi. O’z navbatida 
ma`naviy yetuklik sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, takomillashtirishga, 
insonlar sihat-salomatligi, baxt soadati, xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 
Jismoniy madaniyat, shuningdek, sportning topishi mamlakatning mudofaa 
qudratini oshirish ehtiyojlaridan kelib chiqadi, shuningdek, davlatlararo aloqalarning 
mustahkamlanishi, mustaqillikni mustahkamlash manfaatlarini xizmat qiladi.
24
Bugun jamiyatning barcha jabhalarida o’z bilim salohiyati bilan davlat rivojiga 
hissa qo’shayotgan yoshlarimiz o’zlariga bildirilgan ishonch, zimmalariga 
yuklatilgan ma`sulyatni his etib katta muvofaqqiyatlarni qo’lga kiritmoqda. Buni 
birgina xalqaro fan olimpiadalari yoki sport sohasida erishilayotgan marralar 
timsolida ham ko’rsa bo’ladi. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy maqsadi 
intelektual salohiyatli, jismonan baquvvat, ruhan sog’lom avlodni voyaga 
yetkazishdan iborat. Uch bosqichli sport musobaqalarining tashkil etilishi, yoshlar 
madaniyat va san`at sohalari rivojlanishi bu boradagi islohotlar mukammal strategik 
maqsadlarni ko’zlaganidan dalolat beradi. O’z navbatida ular uchun mustahkam 
huquqiy asoslar yaratilmoqdaki, ishlar tartib bilan amalga oshirilmoqda. 
Sport sohasida yurtimiz yoshalari erishayotgan yutuqlari bilan faxrlansak 
arziydi. Ularning shoxsupalarni zabt etishlari zamirida tinimsiz mehnat yotganini, 
shu bilan birga yoshlar uchun o’rnak tomonlarini yuzaga chiqarishda OAVning ham 
hissasi katta. Aynan matbuot sohasida ham sport mavzulari yetakchilik qiladi. 
Ixtisoslashgan nashrlar ko’plab bo’lishiga qaramay har bir matbuotning bir sahifasi 
sport mavzulariga bag’ishlanadi. 
24
Elov E, Arslonov Sh. Axborot asrida yoshlar dunyoqarashi: Nazariya va amaliyot mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy 
anjumani materiallari to’plami.Toshkent, 2013,-B.-34.


43 
“Turkiston” gazetasining 7-sahifasida muntazam sport mavzulari yoritilib 
boradi. 
Gazetaning 
2014-yil 
10-sentabr 
sonida Dilshod Ro’ziqulovning 
“Sportchilarimiz Janubiy Koreyada ham g’olib” nomli maqolasida “Butunjahon jang 
san`atlari festivalida 28 nafar sportchimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. 
Ushbu nufuzli festivalda koreyalik, hindistonlik raqiblarimni to’rt turda 
mag’lubiyatga uchratib, yakunda oltin medalni qo’lga kiritdim, - deydi terma 
jamoamiz a’zosi, Angren avtomatika va servis kasb- hunar kollejining birinchi kurs 
Noilaxon Ahmedova”
25
. Ko’pchilik yoshlar sport musobaqalarida oltin medallar 
sohibi bo’lish uchun ixtisoslashgan o’quv dargohlarida o’qish kerak, deb o’ylashadi. 
Biroq kasb-hunar kolleji talabasini erishgan yutuqlari ko’pchilik tengdoshlarini ham 
serharakatlikka unday oladi. 
2014-yil Janubiy Koreyaning Incheon shahri mezbonlik qilgan XVII Osiyo 
o’yinlari barcha OAVning diqqat markazida bo’lishi tabiiy chunki xalqaro 
musobaqalar nafaqat sportchilarning balki davlatning ham shon-shuhrati hisoblanadi. 
“Turkiston” gazetasi muhbiri Alibek Omonturdiev maqolasida keltirilishicha, 
“Nufuzli musobaqada sportchilarimiz 9 ta oltin, 14 ta kumush va 21 ta bronza 
medalni qo’lga kiritishdi”
26
. Maqolada O’zbekiston sportchilarini Osiyo o’yinlarida 
erishgan ja’mi yutuqlariga ham to’xtalib o’tilgan. 1994-yildan buyon ishtirok etib 
kelayotgan yurtdoshlarimiz bugungi kungacha 54 ta oltin, 82 ta kumush va 93 ta 
bronza ja’mi 229 ta medalga sazovor bo’lishgan. XVII Osiyo o’yinlari natijalarini 
qo’shganda medallar soni 273 nafarga yetgan. Barcha yutuqlar zamirida yurtimizda 
yaratilayotgan imkoniyatlar va undan unumli foydalanayotgan yoshlarning tinimsiz 
mehnatlari yotadi. 
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo’lib o’tgan “Paraosiyo 2014” 
o’yinlarida sportchilarimiz 22 oltin, 5 kumush va 4 bronza, jami 31 medalni qo’lga 
kiritib, qirqdan ziyod davlat orasida beshinchi, markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida 
birinchi o’rinni egalladi
27

25
“Turkiston” gazetasi 2014-yil 10- sentabr, 77-son. 
26
“Turkiston”gazetasi 2014-yil 8- oktabr, 80-son. 
27
“Ma`rifat” gazetasi 2014-yil 29- oktabr, 87-son.


44 
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi 
tasarrufidagi 5 ta oliy ta`lim muassasasi, 21 madaniyat va san`at kolleji, 14 Olimpiya 
zahiralar kollejlarida ta`lim sifati va mazmunini yanada takomillashtirish, yuqori 
bilim va salohiyatga ega kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash yo`lida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston 
Respublikasining milliy sport jamoasi xalqaro maydonlarda mustahkam va baland 
cho'qqilarni zabt etgan holda o'z tarkibiy sonini yildan-yilga ko'paytirib bormoqda. 
Sportchilarimizning yuqori cho'qqilarga erishishi yosh respublikamizning xalqaro 
maydondagi 
obro'sini 
mustahkamlashda 
shubhasiz 
ko'maklashadi. 
Nufuzli 
anjumanlarda milliy bayrog'imizni himoya qiluvchi yoshlar maxsus yakka va o'yin 
sport turlarining professionallari o'z tayyorgarliklarini va mahoratlarini namoyish etib 
mamlakatimizning boy sport ana'nalariga egaligini namoyon etmoqdalar va 
tasdiqlamoqdalar. Jismoniy tarbiya va professional sport sohasida yuqori cho'qqilarga 
erishish jiddiy yondoshishni, katta mehnatni va moddiy xarajatlarni talab qiladi. 
Mana shularning barchasi mavjud bo'lgandagina sportning bir me'yorda doimiy 
rivojlanishiga erishish mumkin.
Ko'pgina mamlakatlarning tajribalariga qaraganda, milliy sport va jismoniy 
tarbiya taqdirlari haqida davlat tomonidan g`amxo'rlik qilinishi ham, shubhasiz juda 
katta foyda keltirmoqda. Ijtimoiy sohadagi ushbu moddalarni qo'llab-quvvatlashda 
birinchi navbatda o'smir bolalarni va jamiyatning yo'sh muhitini ruhiy-jismoniy 
sog`lomlashtirish 
maqsadida 
barcha 
qulay 
sharoitlarni 
yaratmoqda. 
Mamlakatimizning hukumat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va sport muassasalari 
sport va jismoniy tarbiya sohasida moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, 
ommaviylikka erishish, professional sportni kuchaytirish kabi muhim muammolarni 
har doim birgalikda yechishda hamjihat faoliyat olib bormoqda. 
Respublikada sportni rivojlantirish bo'yicha asosiy faoliyatni O'zbekiston 
Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi olib boradi va muvofiqlashtiradi. 
Shu bilan bir qatorda olimpiya harakatini kelgusida rivojlantirish tadbirlarini va 
ularda respublika sportchilarini ishtirok etishini ta'minlash 1993-yilda Xalqaro 


45 
Olimpiya harakatiga a’zo bo'lgan Milliy Olimpiya Qo'mitasi zimmasidadir. Bugungi 
kunda O'zbekiston milliy sport federatsiyalari 32 sport turi bo’yicha xalqaro 
federatsiyalarning a’zosi hisoblanib, ular xalqaro musobaqalarda ishtirok etish 
huquqiga egadirlar. 
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashni O'zbekiston 
davlat jismoniy tarbiya instituti amalga oshiradi. Unda har yili 2 mingga yaqin 
talabalar tahsil olmoqda. Oliy o'quv yurti jismoniy tarbiya o'qituvchilarini va sport 
bo'yicha murabbiy-o'qituvchilarni tayyorlamoqda. 
Respublikada keyingi yillarda sportning alohida turlari rivojlanmoqda, hamda 
ularning moddiy-texnik bazasi jahon talablari asosida mustahkamlanmoqda. Shu 
qatorda 36 nafar jamoadan iborat o'zbek futbolining bazasini misol qilib ko'rsatish 
mumkin. Uning ixtiyorida 231 ta stadion, 5231 futbol maydonlari, shuningdek 
kichik-futbol va futzal o'ynaydigan ko'p sonli maydonlar mavjud.
28
Respublikada 
keng tarqalgan sportning ushbu turi bo’yicha O’zbekistonda Chempionati va 
birinchiligi hamda Respublika kubogi o’tkaziladi. Sportning katta tennis turi 
ommaviyligi bo’yicha "birinchi o'rin"dagi sport turidan qolishmaydi. Respublikada 
tennisining rivojlanganlik darajasini O’zbekiston tennischilarning muvaffaqqiyatlari 
orqali ko’rish mumkin. 1994-yildan buyon mamlakatning barcha yirik shaharlarida 
har yili jahonning kuchli tennischilari ishtirokida xalqaro turnirlar o`tkazilmoqda. 
Respublika poytaxtining asosiy tennis musobaqasi “Prezident sovrini” bo`lgan yillik 
turniri hisoblanadi. O'zbekiston boks bo'yicha Osiya chempionati, taekvando bo'yicha 
Osiya va Okeaniya chempionati, erkin kurash bo'yicha “A” darajali xalaro turnir kabi 
nufuzli musobaqalar va turnirlarning o`tkazish joyi bo'lib kelmoqda. 
Olimpiya o’yinlari turkumiga kiruvchi sport turlari bo’yicha terma jamoalar 
oily sport ta’lim muassasalarida tayyorlanmoqda. Bu sport dargohlarida oily toifali 
2000 
nafar 
sportchilar 
150 
nafar 
malakali 
mutaxassislar 
qo’l ostida 
tayyorlanishmoqda. Ular 32 ta sport turlari bo'yicha milliy jamoa asoslarini tashkil 
28
http://m.sports.uz/uz/football/news/2015.02.1719331/


46 
etadilar. Mazkur maktablar qoshidagi Olimpiyaga tayyorlov markazlarida istiqboli 
porloq va iqtidorli atletlar shug’ullanmoqdalar. 
Bizga ma`lumki, xalqaro miqyosdagi, sport musobaqalar soha tarmog’i 
rivojlangan xalqaro standartlarga javob bera oladigan mamlakatlarda o’tkaziladi. Bu 
borada O’zbekistonda o’tkazilayotgan xalqaro sport musobaqalari yurtimiz 
imkoniyatlarini yuqori darajalarga ko’tarilganini yana bir yorqin misoli. 2014-yilda 
yurtimiz mezbonlik qilgan Osiyo chempionati yuqoridagi fikrlarimizni isbotinni 
ko’rsatadi. Shu haqda “Ma`rifat” gazetasining 53-sonida Husan Nishonov musobaqa 
tafsilotlarni yoritgan. “6-12 yoshli shaxmatchilar ishtirok etgan Osiyo chempionatida 
yurimiz yoshlari oltita oltin, to’rtta kumush va to’rtta bronza medallariga ega 
bo’lishdi”
29
. Hali yoshi kichik bo’lgan shaxmatchilarimizning katta yutuqlari hech 
kimni befarq qoldirmaydi, albatta. Shu kabi materiallarni muntazam matbuotda 
berilishi yoshlar o’rtasida havas shijoatni orttiribgina qolmay, ota-onalar, ustoz 
murabbiylarni ham farzandlarini vaqtlarini zoye ketkazmasdan samarali tashkil 
qilishlari uchun turtki beradi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Yosh mamlakatning hayotida katta miqdordagi 6,5 mln aholi band bo'lgan 
jismoniy tarbiya o'ziga xos o'rin tutadi. Ular 145000 jamoa asoslarini tashkil etadi. 
Respublikada paraolimpiya sportlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. 
Uning bazasini kengaytirishda nafaqat muassasa va jamoat tuzilmalari, balki O'zR 
ijtomoiy taminoti Vazirligi, Respublika nogironlar jamiyati, Xalqaro Qizil Xochning 
hududiy vakolatxonalar faoliyatlarining asosiy yo’nalishlaridan biri bo'lmoqda. 
O’zbek xalqi ko’p asrlardan beri o’zining O’zbekiston Milliy sporti bo’lmish 
kurash, belbog’li kurash, turon va boyqo’rg’on asoschilari bo’lgan jangchi polvonlari 
va afsonaviy chavandozlari bilan faxrlanadi. Mustaqillik tufayli, jahonga bizning 
madaniy merosimiz bo’lgan milliy sport turlarimizni tanishtirish imkoniyati tug’ildi. 
Agarda Yaponiya millionlab sport ishqibozalari uchun dzyudo, karate, sumo, 
Hitoy – ushu va kung-fu, Korea – taekvondo va sirim, Angliya – futbol, Kanada – 
shaybali hokkey, AQSH – beysbol, basketbol, amerika futbolining vatani deb 
29
“Ma’rifat” gazetasi 2014-yil 2-iyul, 53-son. 


47 
hisoblansa, endi O’zbekiston milliy sport turlari – kurash, belbog’li kurash, turon, 
boyqo’rg’on va boshqalar xalqaro sport arenasida bizning davlatimizni dunyo ahliga 
tanitadi. Hozirgi kunda Kurash dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida taraqqiy etti, 
shuningdek, chempionatlar va jahon birinchiligi hamda qit’alararo musobaqalar 
o’tkazilmoqda.
30
Quvonch bilan shuni ta’kidlash lozimki, Kurashni Osiyo o’yinlari 
dasturiga qo’shilishi, nafaqat O’zbekistonning balki butun jahon sport taraqqiyotidagi 
yana bir muhim hodisalardan biri hisoblanadi. 
Sport - bu so’glom ijtimoiy-siyosiy muhitni tadbiq etishning eng yaxshi 
vositasidir. Ayniqsa yoshlar orasida bu muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun 
O’zbekistonda sport ta’lim va tarbiyaning ajralmas bo’lagidir.O’zbekiston aholisi 
yosh bo’lgan davlatdir, O’zbekiston hududida istiqomat qiluvchilarning qariyb 40% 
idan ko’prog’ini 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi. Ularning har tomonlama 
rivojlanib, ham ma’nan, ham jismonan kamolotga erishishlari muhim ahamiyatga 
egadir. Shuning uchun bolalar sportiga e’tibor va yoshlar orasida sog’lom turmish 
tarzini ommalashtirish davlat siyosatining eng asosiy yo’nalishlaridan biridir. 
2002-yildan buyon bolalar sportini har tomonlama qo’llab – quvvatlash 
maqsadida bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyat yuritib kelmoqda. 
So’nggi yillarda respublikada 1113 zamonaviy bolalar sport obyektlari barpo etildi, 
shulardan 252 tasi sport komplekslari, 861 tasi sport zallari, va 110 tasi suzish uchun 
suv havzalaridir. Bugungi kunda 30 dan ortiq sport turlari bilan doimiy ravishda 1 
million 800 ming bolalar shug’ullanishmoqda. Qishloq joylaridagi bolalarni erta 
vaqtlardan sportga jalb qilishga alogida etibor berilmoqda.
31
Shu bilan bir qatorda 
sport o’yinlarinig uch bosqichli tizimi shakllangan bo’lib, ularga “Umid nihollari”, 
“Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari kiradi. Mazkur tizimni, tub 
ma’noda, yuqori malakali sportchilarni tanlab olish va tayyorlashning milliy va 
samarali modeli, deyish mumkin. Bu kabi keng ko’lamli ishlarning natijasida, 
bugungi kunda bizning o’g’il-qizlarimizning 92% bo’y va og’irlik jihatdan Jahon 
30
O’sha manba.
31
Uz.mcs.uz.


48 
sog’liqni saqlash tashkiloti standartlariga to’g’ri keladi.
32
Buyuklarimiz aytganidek, 
sog’lom aqldan sog’lom fikr tug’iladi, sog’lom fikrdan tug’iladigan yangi va yaxshi 
amaliyot jahon ahlini hayratga soladi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin