129
larining 70% i, ikkinchi zavod mahsulotlarining 90% i, uchinchi zavod
mahsulotlarining 30% i sifatsiz. Quyidagi hodisalarning ehtimollarini
toping: a) sotib olingan mahsulotning sifatsiz bo„lishi ehtimolligi; b) so-
tib olingan mahsulot sifatsiz bo„lib chiqdi, u ikkinchi zavodda ishlab
chiqarilgan bo„lishi ehtimolligi.
J: a) 0,72 b) 0,625
18. Mustaqil ishlar to„plamida 1 dan 20 gacha raqamlangan savollar bor.
Talaba 3,5,13,20 raqamdagi savollarni biladi. Tavakkaliga bittalab 4 ta
savol tanlandi. Quyidagi hodisalarning ehtimollarini toping: a) ketma-ket
3,5,13,20 raqamdagi savollar chiqishi; b) olingan savollar qanday tartibda
chiqishidan qat‟i nazar, barchasi talabaning biladigan savollari bo„lishligi.
J: a)
b)
19. Idishda 12 ta shar bo„lib, ularning 4 tasi oq. Ikkinchi idishda 15 ta
shar bo„lib, ularning 7 tasi oq. Har bir idishdan tavakkaliga bittadan shar
olinib, keyin bu ikki shardan yana bitta shar tavakkaliga tanlandi. Bu
shar oq bo„lishi ehtimolligini toping.
J: 0,4
20. To„rtta mergan bir yo„la nishonga qarata o„q otishdi. Bunda ikkita
o„q nishonga tegdi. Agar birinchi, ikkinchi, uchinchi, to„rtinchi
merganlarning o„qni nishonga tekkizish ehtimolligi mos ravishda 0,3;
0,4; 0,5; 0,6 ga teng bo„lsa, to„rtinchi merganning nishonga tekkizish
ehtimolligini toping.
J:
21. Uch kishi galma-galdan o„yin kubini tashlaydi. Kimda birinchi
bo„lib o„yin kubi besh ochko tomoni bilan tushsa, o„sha yutgan
hisoblanadi. Har qaysi kishi uchun yutish ehtimolligini toping.
J:
Dostları ilə paylaş: