O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Sezgi borasidagi nazariyalar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/103
tarix05.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#125392
növüУчебное пособие
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
13873 2 1824F1578C458376EEAC34C18110D2F59D6B5DDB

19.3. Sezgi borasidagi nazariyalar. 
Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mobodo inson 
axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‟lsa, u holda u uyqu faoliyatiga 
sho‟ng‟iydi. Masalan, teri tuyish sezgilari patologiyaga uchrasa, unda odam 
(ko‟pincha vaqtincha muvaqqat) ko‟rish, eshitish, hid sezgisidan mahrum bo‟lishi 
mumkin. Mobodo axborotlarni kuzatish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida 
buzilsa, kar yoki ko‟r bo‟lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin 
to‟xtalish, vaqtincha orqada qolish yuzaga keladi. Agar bola maxsus usul yoki 


172 
uslubga o‟rgatilmasa, tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‟rnini to‟ldirib 
bo‟lmaydi. 
Nemis faylasufi Xristian Volf "Rasional psixologiya" (1732) va "Empirik 
psixologiya" (1734) kitoblarida ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga 
qobiliyatning tabiiy moddiy asosi zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib 
tushadigan axborotlar shaxobchasiga, ya'ni sezgi kanaliga hech qanday bog‟liq 
emas, deb tushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish 
nazariyotchisi "fanga rasionalizm" tushunchasi bilan birga kirib keldi. X.Volf va 
uning tarafdorlari psixologik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) 
murakkab ijtimoiy tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‟oyani ilgari surdilar. 
Shuning bilan birga "Ong", "Aql" tarixiy evalyusiya natijasi emas, deb inson 
psixikasiga o‟zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo‟lgan "birlamchi" 
xususiyat ekanligini tushuntirishga intiladilar. Mazkur nazariyaga asoslangan 
psixologlar insonning sezgilari uni tashqi olam bilan bog‟lab turuvchi birdan bir 
shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqelikni mana bunday 
tarzda izohlashga harakat qildilar; sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, 
ular atrof-muhit o‟rtasidagi bartaraf qilib bo‟lmaydigan devor hisoblanadilar. 
Berkli, Yung, Myuller, Gelmols singari olimlar sezgi organlarining "Spesifik 
energiyasi" nazariyasini ishlab chiqdilar. Bu g‟oyaning asoschisi sifatida Iogann 
Myuller qat'iy pozisiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. 
Ushbu nazariyaga binoan har qaysi sezgi a'zosi hoh quloq, hoh til, hoh teri 
bo‟lishidan qat'iy nazar tashqi dunyoning ta'sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda 
bo‟lib turgan real, jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u 
tashqi ta'sirdan shaxsiy jarayonlarning qo‟zg‟atuvchisidan turtki oladi, xolos. 
Mazkur nazariyaga ko‟ra har bir sezgi a'zolari o‟zining spesifik energiyasiga 
ega bo‟lib, u har qanday ta'sirdan qo‟zg‟aladi. Masalan, ko‟zni bosib, unga elektr 
toki bilan ta'sir qilib ko‟rilsa, yorug‟lik sezgisi hosil qilinadi. Quloqqa elektr 
qo‟zg‟atuvchisi bilan ta'sir o‟tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. 
Binobarin, sezgi a'zolari tashqi ta'sirni aks ettirmaydi, balki ularning ta'siridan 
qo‟zg‟aladi. Inson hech qachon tashqi voqelikni, dunyoni ob'ektiv ta'sirlarini idrok 


173 
qilmaydi, balki sezgi a'zolari faoliyatida o‟zlarining shaxsiy subyektiv holatlarini 
aks ettiradi.
Sezgilarning reseptor nazariyasiga ko‟ra reseptor sezgi a'zolari ularga ta'sir 
qiluvchi qo‟zg‟atuvchilarga nisbatan sust javob qaytaradi, sezgilar harakatga 
qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir. harakatning o‟zi esa aksincha faol 
(aktiv)dir. Hozirgi davrda sezgilarning reseptor nazariyasi mutlaqo sezgi 
jarayonlarining fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligi qator 
tadqiqotchilar tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda ta'kidlab o‟tilgandir. 
Sezgi jarayonining faolligini tan oluvchi nazariya sezgilarning reflektor 
nazariyasi deb ataladi. Hayvonlar va jonivorlarning sezgilari sust xususiyatga 
emas, balki tashqi olam ta'sirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol 
ravishda ajratgan holda xatti-harakatni amalga oshiradilar. Masalan, asalari bir xil 
turkumdagi gullarga nisbatan aralash qollardagi gullarga faolroq javob reaksiyasini 
bildiradi. Mushuk sichqonning qimirlashiga e'tiborini kuchaytiradi, lekin xuddi 
shunga o‟xshash kamerton tovushiga aslo parvo ham qilib qo‟ymaydi. Bu omillar 
shuni ko‟rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar faollik xususiyatiga ega, ikkinchidan 
ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari ishtirok etadi.
AQSHlik psixolog Neffning ta'kidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna 
sanchilsa, xuddi shu uchastkada reflektor harakat reaksiyalari kuzatilgan: 
tomirning hisishi, teri galvanik refleks, goho ko‟z harakati, bo‟yin muskullarining, 
taranglashuvchi qo‟lning harakat reaksiyasi sodir bo‟lishi mumkin. Jahon 
psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonlarini tanish, farqlash 
harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi ta'kidlab o‟tilgan. Masalan, ko‟zni 
yumib, jismni farqlash uchun qo‟l bilan uni paypaslash kerak, aks holda uning 
holati, shakli, qattiq yoki yumshoqligi g‟adir-budurligini bilib, sezib bo‟lmaydi. 
I.M.Sechenovning fikriga ko‟ra jismni ko‟z bilan idrok qilish uchun ko‟z 
o‟sha narsani "qidirsin", faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga 
chiqqan bo‟ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko‟z harakatlari nazariyasi 
ishlab chiqilgan bo‟lib, ular makro va mikro ixtiyoriy va ixtiyorsiz ko‟rinishlarga 
ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi: 


174 
Konvergent, divergent, gorizontal, vertikal, parsimon va boshqalar. Ko‟z 
harakati yordami bilan fazoda o‟rin almashib turgan jismlarni topish, bilib olish va 
idenfikasiyalash amalga oshiriladi. Ko‟z harakatlari uch jufti tashqi muskullari, 
ya'ni miya bosh suyagining III, IV va VI juft nervlari orqali ro‟yobga chiqadi, 
ko‟zning makro va mikro harakatlari sezgining mexanizmi rolini bajarish 
imkoniyatiga ega.
Jahon psixologiya fani ma'lumotlariga qaraganda sezgilar atrof - muhit 
to‟g‟risida va o‟zimiz haqimizda yagona bilish manbai sifatida xizmat qiladi. 
Sezgilar shunday bir axborot kanaliki, ular tashqi olamdan va ichki tana a'zolaridan 
keladigan barcha holatlar, taassurotlar xuddi shu yo‟llar orqali miya po‟stiga yetib 
boradi, insonga ta'sirlarga nisbatan to‟g‟ri javob reaksiyalari qaytarishga yordam 
beradi. His etish yoki sezgining filogenetik taraqqiyoti shuni ko‟rsatadiki, 
hayvonlarda ma'lum narsani sezish, his etish ularning biologik jihatdan zaruriyat 
ehtiyoj ekanligiga qarab rivojlangan. Bu 
holatlar ko‟pincha xorij olimlari 
tomonidan izchil ravishda o‟rganilgan, ularning o‟ziga xos omillar mexanizmlari 
mavjudligi ta'kidlab o‟tilgan. Masalan, turli asalari xatti-harakatlari kuzatilganda, 
gulga o‟xshash murakkab geometrik shaklga nisbatan asalarining differensirovkasi 
oson kechgan. Agarda shu murakkab geometrik shakl gullarga oid bo‟lmasa, u 
holda arida differensirovka juda qiyinchilik bilan vujudga kelgan. Tadqiqotchi 
Bosning kuzatishicha, jonivorlar qurt-qumursqalarga xos bo‟lgan tovushlarga 
nisbatan xuddi shu turdagi harakatlarga befarqlik bildirmagan, moboda tovushlar 
qattiq va tez sur'atda kechsa, ularga hech qanday e'tibor bermagan. Ushbu vazifani 
olim biologik shartlanganlikdan kelib chiqqan tabiiy ehtiyoj, instinkt bilan uzviy 
bog‟lagan. 
S.V.Kravkov (1893-1951) ma'lumotlariga ko‟ra bir sezgi a'zolarining 
faoliyati ikkinchisining ta'siri tufayli o‟zgaradi, tovush asosan ko‟rish sezgisi, 
yorug‟lik sezuvchanligini orttiradi, shunga o‟xshash turli hidlar hamda yorug‟lik 
va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday 
o‟zaro ta'sir sababli miya ustuni yuqori qismi va ko‟rish bo‟rtiqlariga tegishli 
o‟simtalarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o‟tishi osonroq amalga 


175 
oshadi. Bundan tashqari sezgilarning o‟zaro qo‟zg‟alishi va tormozlanishini 
o‟rganish ham alohida ahamiyatga ega, chunki ayrim hollarda avtomatik 
boshqarish tufayli unga uchishda sun'iy sezgirlikning pasayishi yoki ortishi zarurati 
tug‟iladi. I.P.Pavlov tomonidan analizatorlarning murakkab o‟zaro ta'sir shakllari 
mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po‟stida namoyon bo‟lib, 
bir vaqtning o‟zida ko‟rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni 
sezishimizda o‟z ifodasini topadi. Bu bosh miya po‟stida kechadigan fiziologik 
jarayonlarni bosib o‟tishi zarur bo‟lgan zonalar perekretik zonalar deb nomlanadi. 
Sezgilarning klassifikasiyasi ularning turli spesifik tavsiflariga, ya'ni moddalligiga 
qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab ham ajratiladi. 
Sezgilarni obyektiv yo‟nalishi bo‟yicha Ye.N.Sokolov, Vinogradovlar 
tekshirganlar va ular passiv jarayon emasligi, vegetativ elementlar fiziologik nafas 
olish tizimida o‟zgarishga sabab bo‟lishini tushuntirib berilgan. Ushbu vaqt 
reflektor o‟zgarishlarni sezgining ob'ektiv ko‟rsatkichi sifatida ishlashga imkoniyat 
yaratadi. Ma'lumki, sezgini paydo qiluvchi har bir qo‟zg‟atuvchi, reflektor jihatdan 
yuzaga keluvchi jarayonlarni chaqiradi, chunonchi tomirlarning torayishini, teri 
galvanik reflektorlarning paydo bo‟lishi, teri qalinligining o‟zgarishi miyaning 
elektr faoliyatining o‟zgarishi, ko‟zlarning qo‟zg‟atuvchi tomon burilishi kabilar. 
Bularning hamma sezgi jarayonlarning paydo bo‟lishini o‟z ichiga oladi. Xuddi 
shu sababdan ular sezgilarning obyektiv ko‟rsatkichlari tariqasida xizmat qila 
oladi. Tajribalarda shu narsa qayd etilganki, qo‟zg‟atuvchilar intensivligi oshgan 
sari javob reaksiyasi ham intensivroq bo‟lib borar ekan. Bu esa sezgilarning 
intensivligini asos sifatida ishlatishga muhim negiz hozirlaydi. Tomir va 
elektrofizologik reaksiyalar chegaralarga odatdagi qo‟zg‟atuvchilarga qaraganda 
yaqin qo‟zg‟atuvchilarga nisbatan keskinroq bo‟ladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin