O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix11.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#128670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Gulbahorb Kurs ishi

Holat fe’llariInson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga 
ega. Holatni to’rtga bo’lish mumkin: 
a) ichki holat (ruhiy kechinmalar bilan bog’liq): [eslash][unutish][yodlash]
[tubanlashmoq]; 
b) tashqi holat (ichki holatning namoyon bo’lishi bilan bog’liq): [xafa 
bo’lmoq][shodlanmoq][esankiramoq][dovdiramoq],[g’azablanmoq]; 
v) jismoniy holat (inson tanasi bilan bog’liq: [holsizlanmoq], [kuymoq]
[kuchlanmoq][zaiflashmoq]; 
g) ijtimoiy holat (jamiyat bilan bog’liq): [boyimoq], [kambag’allashmoq]
[ko’tarilmoq][urilmoq][quvg’in bo’lmoq]. 
Natijali faoliyat fe’llari  tizimi [yasamoq][qurmoq][bunyod etmoq][hosil 
bo’lmoq], [chizmoq], [yozmoq], [barpo qilmoq], [arralamoq], [parchalamoq]
[sayqal bermoq], [randalamoq], [sindirmoq], [emoq], [o’chirmoq] kabi birliklarni 
o’z ichiga oladi. 
 
Tafakkur fe’llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog’liq 
o’ylamoq, fikrlamoq, xayol surmoq, tafakkur qilmoq, o’yga botmoq, ko’z oldiga 
keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq kabilar kiradi. 
Munosabat fe’llari qatori [erkalamoq][suymoq][yaxshi ko’rmoq][parvona 
bo’lmoq], [rahmi kelmoq], [xushomad qilmoq], [yon bosmoq], [maftun bo’lmoq]
[e’zozlamoq] kabi ijobiy xarakterdagi munosabat fe’llari, [beti qursin][xudo olsin]
[qorasi o’chsin], [baloga giriftor bo’lsin], [juvonmarg bo’lgur] kabi salbiy 
xarakterdagi munosabat fe’llaridan tashkil topadi. 
Fe’l ma’noviy guruhlarida ham markaz va qurshov leksemalari farqlanadi. 
Masalan, ma’nodosh fe’llarda bosh (dominanta) so’z, uyadoshlik paradigmasida uya 
(giperonim) markaz leksemasi hisoblansa, boshqa ma’nodosh va uyadosh 
(giponimlar) qurshov leksemaci deyiladi. [Kulmoq] fe’li dominanta sifatida bunga 
ma’nodosh boshqa leksemalarni, [buzmoq] esa buzishning turli ko’rinishini 
ifodalaydigan giponim leksemani uyushtirib turadi. So’zlar yirikroq butunliklarga 
birlashtirilganda, markaz leksemasigina bu butunlikdan joy oladi. Qurshov 


7
leksemalari esa uning «soyasi» sifatida quyida qolaveradi. Masalan, [kulmoq]
[yig’lamoq], [xursand bo’lmoq] leksemalari o’z atrofida ko’plab fe’llarni 
birlashtirgan. Lekin ular bu uch leksema mansub tizimga kira olmaydi, quyi 
bosqichda qoladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin