O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix11.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#128670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Gulbahorb Kurs ishi

texnologiyalashtirmoq, videolashtirmoq kabilar shular jumlasidandir. Fe’l bilan 
bog’liq so’z yasash qoliplarini kuzatamiz: 
1. [ot/sifat/ravish/olmosh/taqlid/undov+la] = asosdan anglashilgan asbob-
qurol bilan bajariladigan ishni qilish ma’noli: o’g’itla, betonla, jilovla, kishanla ; 
randala, egovla, arrala; urug’la, bolala, dodla, gumburla, sizla va h.k. Bu affiksning 
ma’no imkoniyati keng [28]. Hozirgi kunda ham ushbu qo’ shimcha faol deyish 
mumkin. 
Siltala, opichla, quvla kabi so’zlarda -la shakli so’z yasash vazifasini emas, 
balki lug’aviy shakl yasash vazifasini bajaryapti. 
2. [ot/sifat/son +lan/lash + subyektning asosdan anglashilgan belgiga bo’lish 
harakati] qolipi tarkibidagi -lan/-lash affiksi o’zining murakkab tabiati bilan 
xarakterlanadi. Hozirda ular ikki affiksning birikuvida ekanligi bilan xarakterlanadi. 
Jonlanmoq, salomlashmoq, birlashmoq, zorlanmoq, qanoatlanmoq, zavqlanmoq, 
hayvonlashmoq, quyuqlashmoq va b.lar bunga misol bo’ladi. Mazkur affikslarning 
murakkab holga kelishi til taraqqiyotining keyingi davrlariga to’g’ri keladi. 
3. [taqlid so’z+illa/ira = asos bildirgan tovush yoki holatni harakat tarzida 
ifodalash] qolipi taqlid so’zlardan fe’l yasaydi: shovulla, taqilla, chirsilla, dag’illa, 
yaltira, shapilla v h.k. Biroq bu qolipni hosildor deb bo’lmaydi. Chunki taqlidlar 
nutqimizda sanoqli, qolaversa, yangi-yangi taqlidlarning hosil bo’lishi kuzatilmaydi. 


15
Demakki, mazkur qo’shimchaning ham so’z yasash imkoniyati chegaralangan. 
4. [ot/sifat/taqlid+a] Yashamoq, o’ynamoq, qonamoq, bo’shamoq. Bu 
qo’shimchaning ham, ya’ni so’z yasovchi shakilning yangi-yangi so’z yasashi 
cheklangan. 
Nutqimizda mavjud ayrim yasama fe’llarda -i, -(a)r, -(a)y, -t kabi so’z yasovchi 
affikslar ham mavjudki, bular kam miqdorda so’z yasashga xizmat qiladi. Mazkur 
shakllar bilan so’z yasalishi boyi, tinchi, oqar, ko’kar, sarg’y, ko’pay, to’lat, berkit 
kabilarda kuzatiladi. Bu qo’shimchalarning mahsulsiz shakllarga aylanishiga ham 
o’ziga yarasha sabablar bor. Bu haqda to’xtashni maqsad qilib belgilagan emasmiz. 
Xullas, hozirgi o’zbek tilida -la va uning ishtirokida yuzaga kelgan -las, -lash; 
- lantir, -lashtir affikslari mahsulli, sermahsul affikslar bo’lib, fe’l yasashning asosiy 
tiplarini ular yordamida yasalgan (yasalayotgan) fe’llar tashkil etadi. 
Kompozitsiya. Bu usul leksik-sintaktik usulda so'z yasash ko'rinishi sifatida 
ham keng talqin etiladi. Kompozitsiya usuli bilan so'z yasalishiga aloqador bo'lgan 
juft, takroriy va qo'shma so'zlar hosil bo'ladi. Kompozitsiya usulida fe’l yasashda 
ikki shakl kuzatiladi: 
a) ism+fe’l 
b) fe’l+fe’l 
Ism+fe’l tipidagi fe’llarni hosil qilishda yordamchi fe’l vazifasida qilmoq, 
etmoq, bo ’lmoq, olmoq, topmoq, urmoq, kelmoq kabi so’zlar keladi. Bu so’zlar 
boshqa turkumga oid so’zlar bilan birikib, qo’shma fe’llarni yasaydi: qabul 
qilmoq, suhbat qilmoq, abgor etmoq, aks etmoq, rozi bo’lmoq kabi. 
O’zbek tilida fe’l+fe’l tipidagi fe’llar sanoqli: sotib olmoq, borib kelmoq, kirib 
chiqmoq, chiqib o’tirmoq, olib qochmoq, olib kelmoq, olib bormoq va b. 
Tilshunos olim A.Hojiyev ta’kidicha, hozirgi kunda qil fe’li bilangina yangi 
qo’shma fe’llar hosil bo’lishi kuzatiladi xolos. U hatto ruscha va rus tili orqali 
o’zlashgan so’zlarga qo’shilib ham fe’llar yasaydi: asfalt qilmoq, dizenfeksiya 
qilmoq, klassifikatsiya qilmoq va b. Qil yordamida ham, asosan, -la affiksi yasagan 
tipdagi fe’llar yasaladi. Shuning uchun ham ko’p hollarda ularni birini ikkinchisi 
bilan almashtirish mumkin. 


16
Juft fe’llar. Juft fe’llar grammatik shakliga ko’ra ikki ko’rinishda bo’ladi: 
1. Biri ravishdosh shaklida, ikkinchisi boshqa shaklda: aylanib-o’rgirlmoq, 
yelib- yugurmoq, yayrab-yashnamoq, qo’llab-quvvatlamoq, o’ynab-kulmoq. 
2. Har ikki qismi bir xil shaklda: Aylanib-o’rgilib, o’ylamay-netmay, 
aralashib- quralashib, uyalmay-netmay, tejab-tergab, yuvib-tarab, yayrab-yashnab 
va h.k. 
Juft fe’llar tarkibiy qismlarining qo’llanishiga ko’ra quyidagicha bo’ladi: 
1. 
Qismlari yakka holda ishlatiladigan juft fe’llar: 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin