Demografik prognozlashtirish usullari aholining istiqboldagi tarkibi va miqdoriga ta'sirini qiyoslash orqali aholi o'zgarishining u yoki bu komponentlari rolini baholash imkonini beradi. Aholini prognozlashtirishda ekstropolyatsiya, ekspert baholash, ekono-metrik modellashtirish, imitatsion modellashtirish, yoshni siljitish va boshqa qator usullardan foydalaniladi.
Masalan, odamlarning demografik xulq-atvorini o'rganar ekanmiz, biz mavjud ijtimoiy-psixologik me'yorlarni aniqlaymiz va shundan kelib chiqqan holda ulaming harakati ushbu masalalar orqali vujudga keladi, deb hisoblaymiz. Shu narsa muhimki, nafaqat oila nechta farzand bo'lishini xohlashini bilish, balki nima uchun ularning bo'lishini xohlashi (yoki xohlamasligi) va nima uchun bitta yoki ikkita, ko'p emasligini aniqlash ham kerak; mavjud sharoitlarda oila nechta farzandni (kutilayotgan farzandlar soni) ta'minlay olishini va mavjud turmush sharoiti, shaxsiy imkoniyat-lami e'tiborga olmagan holda qancha xohlashini aniqlash muhim.
Bunday tadqiqotlar asosida demogratik qadriyatlarning shakllanishi va aholining o'sish zahiralarini belgilab olish maqsadi yotadi, ularning yechilishi esa demografik siyosat tadbirlarini ishlab chiqish uchun zarurdir.
1.3. Demografiya fanining rivojlanish tarixi Demografiyaning fan sifatida vujudga kelishi va ushbu so'zning kelib chiqishi tarixi 1662 yilga borib taqaladi. Ana shu davrda Angliyada vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalib, aholi o'rtasida o'lim hollari nihoyatda ko'payib ketgan. Shu bois Londonda har hafta o'lim haqida byulletenlar, ya'ni maxsus ma'lumotnomalar chop etilib, aholigatarqatilgan. O'z salomatlik-larini saqlash maqsadida, mazkur ma'lumotlarni juda ko'p fuqarolar o'qigan. Angliyalik savdogar olim J.Graunt Londonda tug'ilish va o'lim haqidagi 80 yillik ma'lumotlarni o'rganib chiqqan va 1662-yili o'zining 90 betdan iborat «0'lim haqidagi byulletenlar asosida olib borilgan va mundarijada ilova etilgan tabiiy va siyosiy kuzatish natijalari. Ko'rsatilgan shaharning boshqaruvi, dini, savdosi, havosi, o'sishi va boshqa o'zgarishlari xususida London fuqarosi Jon Grauntning asari» kitobini yozgan. Kitob juda uzun nomlangan bo'lib, o'z oldiga kcng qamrovli ijtimoiy hodisalami maqsad qilib qo'ygan. Shu bilan birga, asarda demografik jarayonlarning rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarning ta'sirini o'rganishga harakat qilingan. Tadqiqotni muallifning zamondoshlari yuksak baholashgan, lekin ular keyingi davr olimlaridan farqli o'laroq ushbu asarni aholi dinamikasi muammo-larining tahlili sifatida ko'rib chiqishmagan. Demografiyaga tamal toshi qo'ygan shaxs sifatida J.Graunt XIX-XX asrlarda demografiya aholi statistikasi, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosatshunoslik fanlarining gurkirab rivojlanayotgan davrida tan olingan.
J.Graunt asarining fundamental tahlili M.V.Ptuxa tomonidan o'tkazilgan, lekin uning ushbu masala bo'yicha qarashlari ma'lum bir ma'noda o'zgarishlarga ham uchradi. 1930-yildagi Aholi-shunoshk bo'yicha xaiqaro kongressda u J.Grauntni demografiyaning asoschisi ekanligini aytib o'tgan, lekin keyingi asarlarida XVII asrstatistikasining asoschilari sifatida uch kishini - J.Graunt, V.Petti va E.Gallelarni e'tirof etgan.
Shunga qaramasdan, hozirgacha demografiyaning rivojlanish davrini hisoblash Grauntdan boshlanadi, 1963 yilda B.Urlanisning J.Graunt tavalludining 300 yilligiga bag'ishlanib chop etilgan maqolasida yozilishicha, «o'tgan asrlar tumanlari orasida qolib ketgan» boshqa fanlardan farqli o'laroq, demografiya fanining vujudga kelish vaqtini aniq belgilash mumkin va J.Graunt «Demografiya fanining otasi» hisoblanadi.
«Demografiya» nomli yana bir kitobning muallifi V.A.Borisov-ning ta'kidi bundan ham keskinroq, u J.Grauntning nafaqat demografiya fanining, balki statistika va sotsiologiyaning ham asoschisi va otasi deb ta'kidlaydi. Nomlari keltirilgan mualiiflardan farqli o'laroq D.I.Valentey, A.G.Vishnevskiy, D.K.Shelestov va boshqa demograflar demografiyaning vujudga- kelishi birdaniga emas, balki jamiyat va xususan aholi haqidagi bilimlaming yig'ilib qolishi natijasida bo'lgan, degan fikrga ko'proq moyillik bildiradi. Shunday qilib aytish mumkinki, J.Graunt datvrida, ya'ni XWll asrnirig ikkinchi yarmidan boshlab intensiv tarzda bilimlaming yig'ilishi davri boshlandi, faqatgina yuz yillardan so'ng siyosiy iqtisod, tarix, huquqshunoslik, jumladan, statistika va siyosiy arifmetikaning qismchasi bo'lgan davlatshunoslik, zamonaviy siyosiy iqtisodiyotning birlamchi ko'rinishi va qisman sotsiologiya kabi fanlarga ajralish jarayoni boshlangan. Aholi to'g'risidagi ma'lumotlarning to'planishi J.Grauntgacha, ya'ni antik davrlarga borib taqaladi. Olingan ma'lumotlarni umumlashtirish va tahlil Qilishga bo'lgan birinchi harakatlar Qadimgi Rimda amalga oshirilgan, rimliklar umrdavomiyligini hisoblab chiqish bo'yicha yondashuvlarini ishlab chiqishga harakat qilishgan. Bunga Florentsiya jadvalini misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Aholi, uning soni, yosh tarkibi, joylashuvi va nihoyat tabaqalarga bo'linishi haqidagi batafsil ma'lumotlarga ega bo'lish to g'nsidagi real ehtiyoj ijtimoiy munosabatlar tizimidagi keskin burilishlar sodir bo'lish davridan, aholini ijtimoiy va makondagi joylashuv nuqtai nazaridan tamoman yangi sharoitlariga oiib kelgan
feodal tabaqaiashuv jamiyatidan kapitalistik jamiyatga o'tish davrida, agrar iqtisodiyotdan industrial iqtisodiyotga o'tish davrida boshlandi. XVII-XVIII asrlar migratsion jarayonlarning rivojla-nishida keskin burilish davri bo'ldi, uiiing asosida mamlakatlararo, qit'alararo migratsiya Yangi Dunyo davlatlarining demografik manbai bo'lib qoldi.
Tarixiy rivojlanishning yangi shartlari va u bilan bog'Iiq holda davlatchilikning rivojlanishida aholining rolini bo'rttirib ko'rsatish holatlari N.Makiavelli (1469-1527 yy), J.Boden (1530-1596 yy), D.Botero (1540-1617 yy) asarlarida o'z ifodasini topgan, ular birinchi navbatda siyosatchilar yoki siyosiy yozuvchilar bo'lishgan. Aholi muammolariga hatto ijtimoiy utopiyachilar, awalambor T.Kampanella (1568-1639 yy) ham qiziqish bildirgan. Aholi haqidagi ma'lumotlarning to'planishi va tahlili siyosiy arifmetika va davlatshunoslik kabi ikkita fan tarmoqlarining rivojlanishi bilan barobar bo'lgan. Birinchisi, yangi davr hosilasi bo'lsa, ikkinchisi boy tarixiy an'analariga ega bo'lgan. Shunga qaramasdan Yu.E.Yansonning fikricha, daviatshunoslikning (tavsifiy statistika) asoschisi bo'lib nemis olimi G.Konring (1606-1681 yy) hisoblanishi kerak, u fan tarkibiga davlatlarning tavsifini, davlat boshqaruv shaklini, shujumladan, aholini ham kiritgan. Ushbu fan o'z nomini oradan yuz yil o'tgandan so'nggina statistik G.Avanxel (1719-1772 yy) ishlari hisobiga o'zgartirdi, u yangi nomning lotin tilidagi «status» — davlatning hosilasi ekanligini isbotlab berdi.
Germaniyada qiyosiy statistika asoschilari hisoblangan AL.Shletser (1735-1809 yy) va A.Niman (1761-1832 yy)larning asarlari aholi statistikasining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Ularning aholiga doir yondoshuvlariga ko'ra, davlatning farovonligi aholi soni va ularni iqtisodiy faoliyatining doimiy tarzda o'sishi bilan bevosita bog'Iiq.
Aholi soni dinamikasining ijtimoiy-iqtisodiy omillarini o'rga-nish bo'yicha yondoshuvlar siyosiy arifmetiklar hisoblangan V. Petti (1623-1687 yy), J.Graunt (1620-1674 yy) va E.Galley (1656-1742 yy) kabi olimlar asarlarida ham berilgan. Ularning demogra-fiya fani oldidagi xizmatlari ikkiyoqlamadir: ular keyinchalik
«aholining tabiiy harakati» deb nom olgan yangi bilimlar sohasi chegaralarini aniqlab berishgan va miqdoriy (son jihatdan) o'rga-nish asoslarini yaratishgan; ular birinchilardan bo'lib «ijtimoiy dalillarni hisoblab chiqish» bo'yicha harakatlar qildilar. Aholi va ijtimoiy omillarning o'zaro ta'siri nazariyasining rivojlanishiga V.Petti o'zining beqiyos hissasini qo'shdi. U XVII asrning eng yirik nazariyotchi-iqtisodchilari qatoridan joy oldi.
Aholi dinamikasi muammolari va uning o'sish sur'atlarining o'zgarish sabablarini talqin qilishdagi o'ziga xos yondashuvni E.Galley taklif etgan: «Insoniyatning ko'payishi va uning o'sishi nafaqat inson tabiatida mavjud bo'lgan qandaydir holatlar, balki uning oilani boqish bo'yicha vazifa va tashvishlarning istiqboldagi ko'payishi bo'yicha nikohga kirish to'g'risidagi qarorlarni qabul qilishda ko'pchilik aholi tomonidan yo'l qo'yiladigan ehtiyotkor-ligiga ham bog'liqdir». Bu bilan E.Galley tug'ilishning chegarala-nish sabablarini ko'rsatib, davlat bolalar tug'ilishini qo'llab-quwat-lashi va rag'batlantirishi zarur, deb hisoblagan.
Aholi statistikasining takomillashmaganligi, ma'lumotlaming fragmentarligi va kamchiliklarining ko'pligi sababli ushbu sohada matemaiik usullaming rivojlanishiga sabab bo'ldi. Masalan, aholini o'rganishda ehtimollar nazariyasining qo'llanilishi, asosan o'lim va umr davomiyligini hisoblash D.Bernulli (1700-1782 yy) va L.Eylerlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Aholini tadqiqot ob'yekti sifatida o'rganishga bo'lgan qiziqish-ning ortishi va nihoyat ma'lumotlaming to'planishi hamda tahlil qilish usullarining takomillashuvi o'sha davrlarda demograflyani mustaqil fan sifatida oyoqqa turgan, deb hisoblashga imkon bermasdi. Xuddi shunday fikrni aholi statistikasiga ham nisbatan aytish mumkin, bu haqda yirik fransuz ma'rifatparvarlari Sh.Mos-teske (1689-1755 yy), F.Volter (1694-1778 yy), J.Russo (1712-1778 yy) laming fikrlari so'zimizning isbotidir. Ularning asarlarida aholiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omili sifatidagi yondashuvlar ustunlik qiladi, unga muvofiq davlatning vazifasi — aholining ko'payishi, jumladan, qonunlarni takomillashtirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash hisoblanadi. J.Russoning fikricha, fuqaro-lari doimiy ravishda ko'payib horavotean hnknmnt eng vaxshki.
aholisi kamayib va o'lib borayotgan hukumat — eng yomon deb hisoblanadi.
Aholining iqtisodiy maqsadlarga ko'ra o'sishini ingliz iqtisod-chilari D.Yum (1711-1776 yy) va A.Smitlar (1723-1790 yy) ham tadqiq qilganlar. Ulaming fikricha, aholi sonining ko'p va ishlab chiqarish samaradorligining yiiqori bo'Iishi davlat uchun har to-monlama foydalidir hamda ichki va tashqi siyosat, jumladan, davlat manfaatlari nuqtai nazaridan va har qanday davlat gurkirab rivoj-lanishining inkoretibbo'lmaydigan isboti hisoblanadi. Bu fikrlarga F.Kene (1694-1774 yy) ning qarashlari ham juda yaqin, u ja-miyatning rivojlanishi aholi sonining o'sishiga olib keladi va aholi holati, insonlar mehnatidan foydalanish davlat iqtisodiy siyosa-tining eng muhirh ob'yektlaridan biri hisoblanadi, deb yozgan.
Demografiya fanining vujudga kelishida buynk rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765 yy) ning ham o'rni katta. Fanning vujudga kelishini olimning 1761-yilda yozilgan «Rus xalqini saqlash va uning ko'payishi» nomli asari bilan bogiash ham mumkin. Ko'p hollarda merkantilistlar g'oyalarini, xususan, V.Mirabo (1715-1789-yy) g'oyalarini takrorlagan holda u mam-.lakat boyligining asosini hech kim yashamaydigan bepoyon hududlar emas, balki aynan aholi tashkil qiladi, deb hisoblagan. Ushbu asar o'z davri rus aholisining ko'plab muammolari: oiim-ning yuqori darajasi, qashshoqlik, ocharchilik aholini katta qismining shafqatsiz ezilishini qamrab olgan edi. Ushbu asarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy qiymati yuqori bo'lishiga qaramasdan Rossiyada M.V.Lomonosov mehnatini demografiya fanining vujudga kelishining asosi deb qarash imkonini bermaydi. M.V.Lomonosovning asari yozilganidan so'ng, oradan 100 yildan keyin chop qilinqanligi barchaga ma'lum.
XVIII asrda aholini oTganish bo'yicha yetarlicha muvafaq-qiyatlarga erishilganligiga qaramasdan, uni hisobga olish ishlari juda sodda, yondashuvlar esa juda muammoli, ya'ni davlat bosh-qaruvi manfaatlari bo'yicha amalga oshirilgan. Ushbu holat aholi statistikasi fanini ilmlarning mustaqil tarmog'i sifatida ajralib chiqqanligini ta'kidlash imkonini bermas edi. shuningdek, aholining rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan — demografiya haqida ham shunday deyish mumkin.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan sanoat to'ntarishi va uning keyinchalik ko'plab Yevropa mamlakatlariga yoyilishi yangi - industrial sivilizatsiyaning jadal shakllanishi, shaharlarning tez o'sishi fan uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi, jumladan. odamlarning turmush tarzi va sharoitlarini ham keskin o'zgariirib yubordi. Buning natijasida XIX asrdagi demografik vaziyatning keskin o'zgarishi boshlandi: o'limning kamayishi va yuqori darajadagi tug'ilishning natijasida aholi tez ko'paya boshladi. B.Urlanisning hisob-kitoblariga ko'ra, XIX asrda aholi sonining o'sishi Yevropa aholisining o'sish sur'atlariga nisbatan 7 marta, birlamchi to'planish davriga nisbatan 3 marta ko'p bo'lgan. Yevropa aholisi 100 yil ichida ikki marta, ya'ni 1800 yildagi 193-208 mln.dan 1900 yildagi 423-430 mln.gacha ko'paygan.
Eski dunyodagi aholining zichligi va yangi yerlarnio'zlashtirish bo'yicha ehtiyoj Shimoliy va Janubiy Amerikaga ommaviy migratsiya uchun katalizator bo'lib qoldi. O'z miqyoslariga ko*ra, u awalgi yuz yilliklarga nisbatan qiyoslab bo'lmaydigan darajaga chiqdi. Yuz yil ichida 28 mln.dan ortiq kishi Yevropani tark etdi, ayniqsa, ularning yarmidan ko'pi oxirgi o'n yilliklarga — aholining zichligi ko'zga yaqqol tashlanadigan paytga to'g'ri keldi. Aynan shu yillarda mamlakatlararo (ayni paytda, kontinentlararo) migratsiyaga sobiq ittifoq mamlakatlari ham tortildi.
Shunday qilib, XIX asrdagi demografik fon — tug'ilishning oshishi, o'limning kamayishi, nikoh va migratsiya jarayonlari asosidagi aholi sonining o'sishi aholini ilmiy jihatdan tadqiq etish bo'yicha tadqiqotlarning rivqjlanishi uchun imkon yaratdi. O'z navbatida, bu doimiy tarzda demografik hodisalarni joriy statistik hisobga olish ishlarining yo'lga qo'yilishi va aholini ro'yxatdan o tkazish ishlarini amalga oshirishda o'z ifodasini topdi. Umuman olganda. ushbu davrdagi aholi statistikasi uning boshqa tarmoqlariga nisbatan juda ilgarilab ketdi. Bunga yirik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan usul va uslubiyotlar sabab bo'ldi. Masalan, belgiyalik olim A.Ketle (1796-1874-yy) aholini ro'yxatdan o'tkazish dasturini ishlab chiqqan. Shuningdek, olimning demografiya fani g'oyalarining rivojlanishida «Inson imkoniyatlarining rivojlanishi yoki ijtimoiy fizika tajribasi» nomli asari (1835-y) va «o'rtacha odam» konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
A.Ketli aholi statistikasi sohasidagi yirik ingliz mutaxassisi, Angliya va Uelsdagi aholi registrlarining tashkilotchisi U.Farr (1807-1883-yy) bilan o'z ilmiy-tashkiliy faoliyatini hamkorlikda olib borgan. Bu olimlar tomonidan Xalqaro statistika kongressini tashkil qilish g'oyasi ilgari surilgan, ushbu kongress sessiyalarida zamonaviy aholi statistikasi va ro'yxatdan o'tkazish ishlarining asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan. Masalan, kongressning VIII sessiyasida (1872 y) aholini ro'yxatdan o'tkazishning «minimal xalqaro me'yorlari» qabul qilingan. Ta'kidlash joizki, kongress sessiyalari nomlarida demografik mavzular o'z ifodasini topmagan. Lekin, nashrlarda ikkita atama keng qoMlanilgan va ular XIX asrning oxirgi uchinchi choragiga qadar bir ma'no kasb etgan: buiar «populyatsionistika» va «demografiya» atamalari. Mohiyatan aynan shu davrni demografiyaning nafaqat tarixining, balki uning predmeti haqidagi bahslar tarixining boshlanishini, uning mavzulari doirasini, tadqiqot ob'yekti sifatida inson va insoniyat hamjamiyati bilan bog'liq boshqa fanlar bilan aloqadorligini, rivojlanib borayotgan atrof-muhit va bir vaqtning o'zida ushbu muhitni shakllantiruvchi aholini o'rganilishining boshlanish davri deb hisoblash mumkin.
«Populyatsionistika» atamasi 1841 yilda shveytsariyalik olim X.Bernulli (1782-1863 yy) tomonidan taklif etilgan, olim fan doirasida ikkita yo'nalishni ajratib ko'rsatgan: aholi statistikasi (statistik ma'lumotlarni yig'ish, tizimga solish va tavsiflash); aholi joylashuvi haqidagi bilim yoki populyatsionistika. Ushbu atama 1855 yilgacha fransuz matematigi A.Giyyar (1790-1876 yy) o'zining «Inson statistikasining unsurlari yoki qiyosiy demografiya» asarida birinchi bor «demograftya» atamasini ishlatgan. A.Giyyar-ning ilmiy qiziqishlari doirasida demografiyaning o'zi X.Bernulli qarashlariga nisbatan ancha tor ma'no kasb etgan, ya'ni u demografiyani «inson populyatsiyasi, uning umumiy harakat-lanishini, tabiiy. fuqarolik, intellektual va ma'naviy holatini matematik tafakkur etish» deb tushungan. Uning fikricha, demografiya aholini sonlar yordamida tavsiflashi kerak.
Keyingi bir necha o'n yilliklar davomida demograflya fanini nomlashga ko"plab harakatlar qilingan. Bu birinchi navbatda, olimlarning aholining rivojlanish qonuniyatlarini o'rganishga oid yondoshuvlari bilan bog'liq. 1870-yilda nemis statistiki E.Engel (1821-1896-yy) «demologiya» deb nomlanadigan yangi atamani fanga kiritgan, ushbu atama demografiyadan farqli o'laroq fanning aholini rivojlanishi va uning omillarini o'rganuvchi fan ekanligini ko'proq namoyon etar edi. Uning fikricha, demologiya aholi statistikasi fani bilan o'xshash bo'lib, u tavsifiy xususiyat kasb etadi.
1883-yilda demografiya va gigiyena bo'yicha xalqaro kon-gressda fanning yakuniy nomi tasdiqlandi. Bu vaqtda J.Bertilon (1851-1922 yy) va boshqa olimlarning ishlariga muvofiq yagona to'xtamga kelindi va demografiya statistik usullar yordamida aholini tavsiflovchi mustaqil fan sifatida tan olindi. Lekin, bu yerda J.Bertilonning asosiy xizmati fanning predmetini aniqlash nuqtai nazaridan va demografiyaning mazmunini ikkiga ajratishdan iborat edi: statistik va dinamik. Statistik demografiya aholining joriy vaqt davomidagi anatomiyasini; dinamik demografiya esa aholida sodir bo'ladigan jarayonlarning fiziologiyasini ochib beradi, ya'ni turli yillardagi tug'ilish va o'lim jarayonlari nisbatining o'zgarishini aniqlab beradi. Mohiyatan, u demografiyani aholi takror barpo boiishi haqidagi fan deb belgilagan, bu esa tavsifiy statistikaga nisbatan bir qadam ilgarilash degani edi.
O'zbekistonda ham demografiyaning rivojlanishi o'z tarixiga ega. Respublikada demografik bilimlar juda qadimdan mavjud bo'lgan. Bular haqida qadimgi qo'Iyozmalar, arxeologik yodgor-hklar va ilmiy manbalar guvohlik beradi. Lekin, mamlakatda maqsadli demografik tadqiqotlarni o'tkazish 1960 yillardan boshlangan.
Respublikada demografiya fanining asoschisi demograf olim Murtazo Qoraxonovich Qoraxonov hisoblanadi. Olim mamlakat-mng XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab demografik tarixini tiklagan. Shu bilan birga, M.Qoraxonov O'zbekiston aholisining son va sifat xususiyatlarini, tug'ilish, o"lim, nikoh va ajralish
kabi demografik jarayonlarini ilk bor kompleks o'rgangan hamda demografik prognozini amalga oshirigan.
O'zbekistonda demografiya fanining rivojlanishiga Ishaq Rashidovich Mullajonov, Xojiakbar Salimovich Salimov, Ra'no Axatovna Ubaydullayeva, Ozod Bobomirzayevich Ota-Mirzayev, Erkin Agzamovich Axmedov, Lyudmila Petrovna Maksakova, Mamlakat Rahmonovna Bo'riyeva, Abduhakim Abduhamidovich Qayumov, Abdusami Soliyevich Soliyev, Ravza Bayanovna Murtazina, Zulxumor Nazarovna Tojiyevalar ham katta hissa qo'shgan.