4.2. Aholining jinsiy tarkibi Aholining jinsiy tarkibini o'rganish muhim demografik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Aholining jinsiy tarkibini yoritishdan oldin «jins» tushunchasiga to'xtalib o'tamiz.
Biologiya fani jinsni jinsiy ko'payishni ta'minlab beruvchi organizmning genetik, morfologik va fiziologik xususiyatlarining jamlanmasi sifatida ko'rib chiqadi.
Insonga nisbatan jins odam tanasining (genetik, morfologik va fiziologik) reproduktiv, xulqiy, ijtimoiy, ijtimoiy-ruhiy va ruhiy alomatlarining majmuasi sifatida ko'rib chiqiladi, ular insonni erkak yoki ayol sifatidagi shaxsiy biologik va ijtimoiy maqomini belgilab beradi.
Jins yetarli darajadagi «odatiy» alomat bo'lib, unga ta'rif berishda ba'zan ma'lum bir qiyinchiliklartug'ilishi mumkin. Lekin, ushbu muammoli holatlarning vtijudga kelish ehtimoli juda kam. Ko'pchilik hollarda inson nafaqat o'zining, balki boshqalarning ham jinsini yetarli darajada oson aniqlay oladi. 4.1 -jadvalda inson jinsini aniqlashning turli jihatlari keltirilgan bo'lib, ular turli fanlarning predmetini qamrab oluvchi jinsning kompleks tushuncha sifatidagi murakkabligini ochib beradi.
So'nggi yillarda «biologik jins» va «ijtimoiy jins» tushuncha-'arini farqlash yo'nalishi vujudga keldi. Ayniqsa, ijtimoiy jins
«gender» nomi bilan atalmoqda, uning asosini esa erkaklar va ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqei tashkil qiladi. Bunga qarshi o'laroq «biologik jins»ni oddiy qilib «jins» deb atashmoqda.
4.1-jadvaI
Inson jinsining turlari
Bolani aksripitiv jinsiga mos ravishdagi tarbiyalanishi bo'yicha jinsi
Pubertat jins
O'z ichiga androgenlar va estrogenlar ishlab chiqarilishini oluvchi jinsiy yetuklikdagi xususiyatlar (pubertat gormonal jins), gormonlar ta'siri ostida shakllanuvchi ikkilamchi jinsiy alomatlar (pubertat morfologiya) va erotik hissiyotlar (pubertat erotizm)