O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə28/125
tarix18.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132176
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125
Abdurahmonov q. X. Abduramanov X. X

Aholining jins tarkibi — aholining erkaklar va ayollarga taq-simlanishidir.
Demografiyada jinsiy tarkibni tasawur qilishning quyidagi ikkita yondashuvidan foydalaniladi:

  • birinchisi, jami aholi yoki ayrim yosh guruhlaridagi erkaklar va ayollar mutlaq soni va ulushining oddiy hisobi;

  • ikkinchisi, jami aholi yoki ayrim yosh guruhlaridagi erkaklar sonining ayollar soniga nisbati (yoki aksincha).

Odatda, jinslar nisbati erkaklar sonining har 100 yoki 1000 ayolga to'g'ri keladigan nisbati orqali hisoblab chiqilishi bilan aniqlanadi (yoki kam hollarda ayollar sonining har 100 yoki 1000 erkakka to'g'ri keladigan nisbati ham olinadi).
Aholining jins tarkibi uchta omilning birgalikdagi ta'siriga bog'liq bo'ladi: tirik tug'ilganlar orasidagi o'g'il bolalar sonining qiz bolalar soniga nisbati; differentsial o'lim darajasi, ya'ni turli yosh guruhlaridagi erkaklar va ayollar o'rtasidagi o'lim darajasining farqi; migratsiya jadalligidagi jinslar farqi. Birinchi omil (jinslarning ikkilamchi nisbati) barcha aholi uchun amaliyotda bir xil va o'zgarmasdir, shuning uchun bu yerda asosiy rollardifferentsial o'lim darajasi va migratsiya jadalligidagi jinslar farqiga tegishli bo'lib, ular mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog'liqdir.
Demografiyada jinslar nisbatining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi turlarini farqlash qabul qilingan.
Jinslarning birlamchi nisbati ostida urug'lantirishdagi erkak garnet (homila) sonining ayollar soniga nisbati tushuniladi. Awallari ushbu nisbat taxminan 100 ayol homilalariga nisbatan 125-130 erkak homilalari to'g'ri keladi, deb hisoblangan1. Lekin, XX asrning oxirgi o'n yilliklarida ushbu dalilni shubha ostiga qo'yadigan ma'lumotlar vujudga keldi. Jinslarning birlamchi nisbati bevosita hisoblanishi mumkin emas. Odatda, jinslarning birlamchi nisbatini aniqlashda tirik tug'ilganlar orasidagi jinsiy farqlar, ona qornidagi kech o'lim holati va tabiiy abortlar haqidagi ma'lumot-larni hisoblashga asoslangan bilvosita usuldan foydalanish qabul qilingan. Ushbu usuldan foydalanishga asoslangan maksimal baholashdagi jinslarning birlamchi nisbati 170 ta erkak homilasiga 100 ta ayol homilasi to'g'ri kelishi aniqlangan, lekin odatda, ular
pastroq. Xususan, zamonaviy, qat'iy uslubiy ma'lumotlar ushbu ko'rsatkicli kattaligini 115 ga teng kelishini ko'rsatmoqda. Biroq, ushbu barcha baholashlar asosan mavhumiy tavsifga ega bo'Iib, bu tushib qolish ehtimoli katta bo'lgan urug'laniirishning birinchi haftalari o'lim xavfidagi jinslar farqi to'g'risidagi ma'lumotlarning yetarli bo'lmaganligi bilan izohlanadi.
Ayrim mualliflarning fikricha, homiladorlikning oxirgi bosqichlarida erkak homilalarining o'lim darajasi yuqori bo'lsa, ayol embrionlari uchun urug'lantirishning birinchi haftalarida o'lim xavfi yuqori bo'lishi mumkin.
Umuman olganda, hozirgi vaqtda homiladorlikning boshlan-g'ich bosqichlarida jinslar farqidagi o'lim darajasi to'g'risida yetarli darajadagi batafsil ma'lumotlar mavjud emas. Aytish joizki, jinslarning ikkilamchi nisbati to'g'risidagi ma'lumotlarni, kech ona qornidagi o'lim darajasini va tabiiy abortlarni birlamchi jinslar nisbatiga nisbatan ekstropolyatsiya qilish mumkin emas. Muqobil yondashuvga asoslangan, X va Y xromosomalarga ega mos ravishdagi spermatozoidlarsonining nisbatini aniqlashga asoslangan tadqiqotlarning ko'rsatishicha, jinslarning birlamchi nisbatini 100 ga teng bo'lishi mumkinligini ta'kidlash imkonini beradi.
Bugungi kunga qadar jinslarning birlamchi nisbatini bevosita hisoblashning imkoni mavjud emas. Homiladorlikning ikkinchi oyida erkak embrionlarining soni ayol embrionlarining soniga nisbatan katta bo'lishi haqidagi dalil har qanday mulohazalardan xoli. Bu holat erkak urug'lanishlar sonining yoki homiladorlikning birinchi bosqichlarida ayol embrionlari da o'lim darajasining yuqo-riligi bilan bogiiq bo'lishi mumkin. Ushbu omillaming ta'siri ostida jinslarning ikkilamchi nisbati shakllanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin