Takroriy nikoh — bu ajrashganlar va bevalarning tuzgan nikohidir. Aholida ajralish darajasi yuqori bo'lgan sharoitda ular qoplovchi rol o'ynaydi. Takroriy nikoh koeffitsientlari birinchi nikoh koeffitsientlariga mos holda bevalar va ajrashganlar, takror nikohga kirganlar soni aholi ro'yxatlaridagi ma'lumotlar asosida hisoblanadi.
Yangi nikohga kirish chastotasi takroriy nikohning maxsus va yosh koeffitsientlari yordamida aniqlanadi. Nikohlarni tugatish va takror nikohga kirish hodisalarini o'zaro taqqoslash taroriy nikohni, ajralish va bevalikning qay darajada qoplanganligini baholashga yordam beradi.
Takror nikohga kirishning o'rtacha yoshi nikohga kirish ketma-ketligi yoshining o'rtacha miqdoriga bog'Iiq bo'ladi.
Nikoh ikkita sabab bilan to'xtatiiishi mumkin: ajralish tufayli va umr yo'ldoshlardan birining o'limi sababli. Shuning uchun nikohlarning to'xtatiiish ko'rsatkichlari ajralish hamda o'lim va beva qolish ko'rsatkichlariga bo'Jinadi.
Ajralish jarayoni ajralishning maxsus ko'rsatkichlari yordamida quyidagicha hisoblanadi:
Bu yerda: u — ajralish koeffitsienti; Desa/vaqtdagi ajralishlar soni; St — t vaqtdagi uylanganlar (turmushga chiqqanlar)ning o'rtacha soni.
Aniqki, ajralishning maxsus koeffitsienti erkaklar va ayollar uchun bir xil. Ajralishning maxsus koeffitsientlari har bir yosh uchun va har bir nikoh davomiyligi uchun alohida hisoblab chiqilishi mumkin, lekin ularni bir vaqtning o'zida nikoh davomiyligi va turmush o'rtoqlardan birining nikohga kirish yoshi bo'yicha hisoblab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunday holda ular ajralish ehtimoliga aylantiriladi va ajralish jadvalini tuzish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Ajralish jadvallari nikoh davomiyligi bo'yicha har bir nikohga kiruvchi yoshlar uchun alohida tuziladi. Ajralish jadvallarini tuzishda nikoh jadvalini tuzishdagi kabi usul qo'llaniladi: u sof (faqat ajralishlarni hisobga olishi va nikohni buzilishining boshqa vaziyatlarini tushirib qoldirishi) va kombinatsiyalashgan (ajralishlarni, o'lim va beva qolishiami ham hisobga olishi) jadval bo'lishi mumkin.
Nikohning mustahkamiigi va davomiyligini tavsiflab beruvchi jadvallarning bunday majmui katta ahamiyatga ega, lekin ular kerak bo'ladigan statistik ma'lumotlarning mavjud emasligidan kamdan-kam hollarda tuziladi.
Bevalik ko'rsatkichlarining tuzilishi yetarli darajada oddiy bo'lib, ular har bir yilda beva qolgan ayollarning soni ushbu yilda
o'lgan erkaklarning soniga teng (yoki aksincha). Shuning uchun ayollar bevaligining maxsus koeffltsienti V quyidagiga teng:
Bu yerda: w'" — / yildagi erli ayollarning o'rtacha soni. Aniqki, monogamiya sharoitlarida erli ayollarning soni uylangan erkaklarning soniga teng, shuning uchun erkaklar va ayollar bevaligining maxsus koeffitsientlarining maxrajlari teng.
Nikohto'xtatilishining maxsus koeffltsienti uchta koeffitsient yig'indisidan, ya'ni ajralishning, erkaklar va ayollar bevaligining maxsus koeffitsientlaridan tashkil topadi:
Agar yil davomida tuzilgan nikohlar sonini mavjud nikohlarning o'rtacha soniga tenglashtirsak, nikohlar soni o'sishining koeffltsienti kelib chiqadi, agar undan nikohlar buzilishining koef-fitsientini olib tashlasak, nikohlar soni sur'atining koeffitsientini chiqarib olish mumkin bo'ladi:
Ushbu koeffitsientni nikohga kira oladigan yoshdagi aholining tabiiy o'sishi sur'ati koeffltsienti bilan solishtirish mumkin, bu esa aholining nikoh tarkibi yaxshilanayotganligi yoki yomon-lashayotganligini baholash imkonini beradi. Chunki, odatda erning yoshi ayolnikidan nisbatan katta, erkaklarning asosan og'ir jismoniy mehnatda band bo'lganligi bois erkaklar o'limi yuqori bo'ladi, natijada ayollarning bevalik koeffltsienti erkaklarnikiga nisbatan yuqoriroq bo'ladi. Aniqki, bevalikning maxsus koef-fitsientlari nikohda bo'lganlarning tarkib topgan yosh tarkibiga bog'liq bo'ladi, shuning uchun tahlilda uning ta'sirini e'tiborga olish lozim.
yyoshdagi erkak bilan nikohda bo'lgan xyoshdagi ayol uchun beva qolish ehtimoli yoshdagi uylangan erkakning o'lim ehtimoliga teng bo'ladi.
Agar x yoshdagi ayolning beva qolish ehtimolini Vxbilan belgilab, yoshdagi erkaklar bilan nikohda bo'lgan x yoshdagi ayollarning hissasini Jybilan beglilab olsak, unda quyidagiga ega bo'lamiz:
Agar nikohning saqlanib qolishini ma'lum bir vaqtdan keyingi nikoh tuzilishi orqali qarab chiqadigan bo'lsak, saqlanib qolingan nikohlar hissasini osongina o'lim jadvali ko'rsatkichlaridan chiqarib olishimiz mumkin. Masalan, agar Tyilda yoshdagi erkaklar bilan
x yoshdagi ayollar o'rtasidagi Uxynikohlar tuzilgan bo'lsa, / yildan so'ng ulardan quyidagilar saqlanib qoladi:
Masalan, agar 25 yoshdagi erkaklar bilan 20 yoshdagi ayollar o'rtasidagi 10000 ta nikoh tuzilgan bo'lsa, 30 yildan so'ng eri 55 yoshga, xotin 50 yoshga to'lganda, bunday nikohlardan 77,35 foizi qoladi:
Xuddi shu tamoyil asosida nikoh davomiyligi bo'yicha bevalik jadvalini tuzish mumkin. Agar bir yiining o'zidagi erva xotinning o'lim ehtimolini hisobga oluvchi aniqliklarni e'tiborga olmaydigan bo'lsak, nikohning t yilidagi xotin uchun beva bo'lib qolish ehtimoli nikohning /yilidagi erning o'lim ehtimoliga teng bo'ladi. Agar Bx x yoshdagi nikohga kirgan erkaklaming hissasi deb olinadigan bo'lsa, nikohning t-yilidagi ayolning beva qolish ehtimoli quyidagiga teng bo'ladi:
Bu yerda: L" — uylangan erkaklar uchun o'lim jadvali
bo'yicha statsionar ahoii soni. Bxni taqsimotini nikoh jadvali bo'yicha olish mumkin. Nikoh davomiyliklar qatori uchun beva qolish ehtimoliga ega bo'la turib, nikohlarning boshlang'ich miqdorini 10000 ga teng deb e'tiborga olgan holda beva qolish jadvalini tuzish va demokratik jadvallar uchun xos bo'lgan barcha ko'rsatkichlarni yoyib yuborish mumkin. Bunda murakkablik shundan iboratki, nikohda bo'lganlarning oiimlari bo'yicha ma'lumotlar juda kam bo'lib, oiim jadvalini barcha aholiga nisbatan qo'llanilishi esa beva qolishlikni ko'paytirib yuboradi.
Shunday qilib, ajralish er-xotinning hayot sikllaridagi nikohni bekor qilishi hisoblanib, ajralish chastotasini o'lchovchi ko'rsat-kichlar yordamida holatga baho beriladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar «Nikoh» tushunchasiga ta'rif bering.
«Ekzogamiya» va «endogamiya» tushunchalarining farqini tushun-tiring.
Er-xotinning yashash joyi bo'yicha nikoh qanday turlarga bo'linadi?
Monogam va poligam nikoh dcganda nimani tushunasiz?
O'zbekistonda qaysi yoshdan boshlab nikohga kirishga ruxsat berilgan?
Nikoh bozori deganda nimani tushunasiz?
Nikoh holatini ifodalovchi demografik ko'rsatkichlarni sanab bering.
Ajralishga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?
Ajralish chastotasini o'lchovchi ko'rsatkichlarni aytib bering.