Beshinchi sxema. Bu sxema maxsulot namuna turlarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida utkazishga va maxsulot ishlab chiqarishning sifatini baxolashga asoslangan bulib, so‘ngra savdo shaxobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat maxsulotning sifatini nazorat qilibgina kolmay, balki korxonada chiqariladigan maxsulotning sifatini kerakli darajada bo‘lishini xam nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonada maxsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baxolanishida va uning mezonini aniqlash muxim axamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarida xamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko‘p tarqalgan sxemadir. Birinchi-turtinchi sxemalariga qaraganda bu sxema eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sxema bo‘lib, uning afzalligi iste’molchi maxsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch xosil qiladi, bu esa asosiy mezon xisoblanadi.
Oltinchi sxema. Faqat korxonadagi maxsulotning sifatini tahminlash bilan tizimini baxolashini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-tayyorlovchini attestatlash deb xam yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajadagi maxsulotni chiqarish qobiliyati baxolanadi.
Ettinchi sxema. Maxsulotning xar bir tayyorlangan to‘dasidan sinovlarga tanlab olishga assoslangan. Tanlab olish sinovlarning natijalariga qarab tudani ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi.Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning xajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan to‘daning katta-kichikligiga maqbul bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘liq. Qabul qilingan qoidaga asosan tanlanmani to‘plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo‘llanilishi statistik usulni qo‘llash bilan bogliqdir.
Sakkizinchi sxema.Xar bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o‘tkazib aniqlashga assoslangan.Bu sertifikatlashtirish usulida yuqorida sxemalarga qaraganda ta’minlovchining masuliyati ancha yuqori. Tabiiyki muvaffaqiyatli sinovlardan o‘tgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema maxsulotga nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar qo‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki maxsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga katta iqtisodiy zarar etkazganida qo‘llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaxo metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaxo metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan sertifikatlashtirishning yangi xili yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini tasdiqlanishi (attestatlanishi)ga asoslangan.