Umummilliy g„oyalarni amalga oshirishning zaruriy chora-tadbirlari va prinsiplari
Umummilliy g„oyalarga ideologik ko„maklashish
Uni amalga oshirishdagi ma‟qul bo„lgan siyosiy erkinlikni namoyon bo„lishi
Ziyolilarni ruhiy-ahloqiy tarbiyada yetakchi sifatida o„z rolini
yangitdan anglash
Yurt aholisini har taraflama bilimdonligini va xavfsizlik
madaniyatini oshirish
Siyosiy-diplomatik, meyoriy, huquqiy va iqtisodiy usullarning
ustunligi-
Tazyiqlarni bartaraf etishdagi profilaktik choralarning ustunligi
Rasm36..Umummilliy g„oyalarni amalga oshirishning zaruriy chora-tadbirlari va prinsiplari
Umummilliy g‗oyalarni amalga oshirishda shunga mos ideologik qo‗llab-
quvvatlash (umummilliy ideologiya) jiddiy rol o‗ynaydi. Bu davlat mavjud
bo‗lishining umumiy prinsiplarini ifodalashga, jamiyat a‘zolarining ko‗pchiligi
ma‘qullovchi siyosatini, millatga jamiyat harakatini tassavvur qilishga,
davlatning ma‘nosi haqida ma‘lumot olishga, davlatning imkoniyatlarini
kengaytirishga va kuchaytirishga, shu bilan birga ommaviy- siyosiy, davlat
miqyosida o‗zgarishlarning samarasini oshishiga, dunyoga, jamiyatga,
insoniyatga qarash tizimini shakllantirishga, u yoki bu qadriy yo‗nalishni
aniqlash va tartibga solishga imkon beradi.
Birinchisi - umuminsoniy qadriyatlar. Ularning mazmuni ilmiy dunyoni
anglovchi bilimlardan va davlatimizda yashovchi xalqlarning qarama-qarshi,
lekin yaxlit, o‗zaro munosabatdagi dunyoqarashlari, insoniy sivilizatsiya
gumanitar, ekologik va yadro falokatlarining tazyiqi ostida yashab qolish
zarurati ta‘minlanadi.
Ulardan eng muhimlari quyidagilar: inson hayoti, huquqi, ozodligini
yuqori qadriyatlari, davlatlararo qarama-qarshiliklarni hal qiluvchi vosita
102
sifatida yadro quroli va urushlardan voz kechish, halqaro, shu jumladan siyosiy-
huquqiy munosabatlari, ishonch choralari, aloqalari, halqaro, gumanitar
huquqlarining meyorlarini amaliyotga keng tatbiq qilish, insonlarga nafrat
hissini uyg‗otish shakllarini, millatchilikni, diniy va g‗oyaviy mutaassiblikni
keskin qoralash, biosferani muxofazalash va sog‗lomlashtirish bo‗yicha
birgalikda faol harakat qilish, atrof-muhit xavfsizligini ta‘minlash, insonlar
jamiyatidagi yashash asosi sifatida zo‗ravonlik qilmaslikni tan olish.
Ikkinchisi – davlat qadriyatlari. Ulardan asosiylari quyidagilar bo‗lishi
kerak: xalqimizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, geosiyosiy, ruhiy qiziqishlarini
muxofazalash, ekologiya soxasidagi, kelgusi avlod uchun moddiy manbalar,
davlat yaxlitligi va suverinitetini saqlash, Konstitusiyaga sodiqlik, hayotiy
faoliyati havfsizligi borasidagi meyoriy - huquqiy xolatlarga rioya qilishni
ta‘minlash;
Uchinchisi - o‗z yurtining fuqarosi sifatidagi qadriyatlar. Bu guruhni bosh
tashkil etuvchilari quyidagilar: vatanparvarlik, O‗zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasiga sodiqlik, o‗z yurtiga, shu jumladan hayot faoliyati havfsizligi
soxasida xizmat qilish, davlat qonunlariga, meyoriy va ijtimoiy - ahloqiy
huquqlarga hurmat, milliy va o‗z davlatiga, uni noyob qahramonona tarixiga,
geografik joylashishiga, moddiy boyliklariga g‗urur va b., milliy hissiyotlarga,
tiliga va madaniyatiga hurmat, diniy konfessional chidamlilik, yuqori tarbiya
madaniyati, etikaviy muloqot, borliqqa nisbatan estetik munosabat, atrof-
muhitni muxofazalash uchun tashvishlanish.
To‗rtinchisi- kasbiy qadriyatlar. Bu birinchi navbatda O‗zbekiston
fuqarolari o‗zini konstitutsion majburiyati – Vatan havfsizligini ta‘minlash
ma‘nosini va ahamiyatini aniqlovchilardir. Bu yuqori kasbiy mahorat,
madaniyat, xizmatiga kompetentligi, kasbiy faoliyatini yuqori xavfsiz darajada
bajarish, qattiq intizom va tashkilotchilik, kasbiy g‗ururi va qadr-qimmatini his
etish, tarixga va o‗zbek xalqining eng yaxshi an‘analariga hurmat va x.k.
Bu umummilliy g‗oyani amalga oshirishda, jamiat-davlat darajasidagi
hayot faoliyati havfsizligi madaniyatini shakllantirishda kelgusida ommaviy
103
harakatlardagi yo‗lboshchilarning siyosiy erkinligi ta‘minlash va hususan
hayotiy faoliyati havfsizligi borasidagi davlat siyosati hal qiluvchi rollardan biri
bo‗lib o‗ynagan va o‗ynaydi.
Hayotiy faoliyati havfsizligini ta‘minlashning davlat siyosatini asosiy
prinsiplari quyidagilar:
- «Inson hayotini yuqori ustuvorligi». Hayot faoliyati havfsizligi borasida
davlat siyosatining strategik maqsadi – favqulotda vaziyatlarda insonlar
talofotini minimallashtirish. Ushbu prinsipga asosan har qanday favqulotda
vaziyatlarda inson talofotini minumumga olib kelishga intilish kerak.
Bu o‗z navbatida u yoki bu individium tomonidan bajarilayotgan
faoliyatida haddan tashqari ko‗p tavakkalga duchor bo‗lsa, hatto bunday faoliyat
jamiyatga katta foyda keltirsa ham, o‗zini oqlay olmaydi;
- «Inson salomatligini ustuvorligi». Bu prinsipga asosan, har qanday
favqulotda vaziyatlarda insonlarning sog‗lig‗iga zarar ushbu konkret xolatda
minimumga olib kelish kerak;
- «Ekologik imperativ». Hayot faoliyati havfsizligi borasida atrof-muhitga
zarar keltirish ta‘sirini minimallashtirishga qaratilgan Davlat siyosatini qurish
kerak. Bu prinsipga asosan, har qanday favqulotda vaziyatlarda, berilgan
konkret xolatda atrof-muhitga zarar keltirish ta‘sirini minimallashtirishga olib
kelishi kerak;
- «Tavakkalni ongli ravishda tanlovi». Hayot faoliyati havfsizligi
borasidagi Davlat siyosati yuqori havfli joylarda yashashida va faoliyat
ko‗rsatishida alohida insonlarni va tashkilotlarni huquqini, agar boshqa
odamlarning huquqiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmasa, tan olishi va mustaqil o‗z
tanloviga javob berishi kerak;
- «Madaniy merosni muxofazalash». Hayot faoliyati havfsizligi
borasidagi Davlat siyosati millatning madaniy merosiga minimal ziyon
keltirishiga qarab qurilishi kerak. Bu prinsipga asosan, har qanday sharoitda ham
madaniy boyliklarga beriladigan ziyonni minimumgacha keltirish zarurdir;
- «Ijtimoiy - iqtisodiy samaradorlik». Hayot faoliyati havfsizligi
104
borasidagi Davlat siyosatini konkret chora-tadbirlari insonlar hayotini
xavfsizligi va sifatiga qo‗shgan hissasini oshirish nuqtai nazaridan baholanishi
kerak. Bunda ushbu ko‗rsatkichlarni hatto sezilmaydigan pasayishi va boshqalar
uchun sezilarli samaraga ega bo‗luvchi chora-tadbirlar e‘tiborga olinishi kerak
emas;
- «Milliy jipslashtirish». Hayot faoliyati havfsizligi borasidagi Davlat
siyosati federal, regional va mahalliy darajalari, davlat organlari, hususiy
tadbirkorlik va nodavlat jamoat tashkilotlari orasidagi qiziqishlarni birgalikda
olib borish va javobgarlikni taqsimlanishiga qarab quriladi. Bu prinsipga
asosan, ko‗rsatilgan sohadagi siyosatni amalga oshirishda barcha davlat, hususiy
va jamoat kuchlari milliy kuchlarni jipslashtirish zarurligi kelib chiqadi;
- «Qabul qilingan qarorlarni oshkoraligi». Bu prinsip hayot faoliyati
havfsizligi borasidagi qabul qilinadigan siyosiy qarorlarni oshkoraligini
ko‗zlaydi.
Keltirilgan prinsiplar hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini
shakllantirishnng siyosiy va jamoat harakatini, davlat va mahalliy ijrochi
organlarining asosi bo‗lishi kerak.
Shularga mos keluvchi meyoriy, huquqiy bazasini yaratish va
rivojlantirish hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi davlat siyosatining
birlamchilik huquqlaridan biridir. Tajriba shuni ko‗rsatadiki, havfsizlikni
ta‘minlash borasidagi har qanday faoliyat, agar u zaruriy qonunlar, qonuniy
aktlar, texnik reglamentlar bilan mustahkamlanmagan bo‗lsa, juda kam samara
berishi, hatto yo‗q bo‗lishi mumkin. Bu xolat hayot faoliyati xavfsizligi
madaniyatini boshlang‗ich shakllanish etapida asosan xarakterlidir. Eng avvalo
ular havfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha faoliyatning foydaligi va zarurligini
davlat hamda mahalliy ijro organlari his etishi bilan birga, madaniyatning yetarli
darajada rivojlanishi, zaruriy qonunlar, qonuniy aktlar, texnik reglamentlar
bo‗lmasa, bunday faoliyatga haqiqatda javobgarlik va qiziqish bo‗lmaydi.
11
11
O‗zbekiston Respublkasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida. -T.:2017 yil 7
fevral, PF-4947-son farmoni.
105
Shu bilan birga, meyoriy- huquqiy bazani yaratish faqatgina meyoriy-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish bilangina cheklanib qolmaydi.
Meyoriy- huquqiy aktlar ―ishlashi‖ uchun katta ko‗prejaviy ishni, havfsizlik
bo‗yicha faoliyatning huquqiy ta‘minot tushunchasi umumlashgan tarkibda bir
turkum chora – tadbirlar sifatida tashkil etishlishi va amalga oshirilishi zarur. Bu
birinchi navbatda aholining turli guruh va qatlamlarida madaniy-oqartuv va
tarbiyaviy ishlarni olib borish bo‗lib, aholida hayot faoliyati havfsizligi borasida
yuqori huquqiy bilim darajasini tarbiyalaydi. Bunda ommaviy axborot
vositalariga alohida va muhim rol ajratiladi.
Hayot faoliyati havfsizligi borasida huquqiy bazaning tashxizi uning
yuqori darajada rivojini ko‗rsatadi. Davlat fuqarolarni favqulotda vaziyatlarda
muhofazalashga kafolot berib, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
salomatligini saqlash, maqbul bo‗lgan atrof-muhitni ta‘minlash, ularning xolati
haqida haqqoniy ma‘lumotlar, sog‗lig‗iga yoki mol-mulkiga ekologik huquqlar
buzulishidan keltirilgan zararlarni qoplash orqali mustahkamlaydi. Bu
konstitusiyaviy xolatlar bir qator qonunlarda: «Havfsizlik haqida», «Tabiiy va
texnogen tusdagi favqulotda vaziyatlarda aholi va hududlarni muxofazalash»,
«Fuqaro muxofazasi haqida», «Radiatsion havfsizlik haqida» va b., hukumat
qarorlari va vazirliklarning meyoriy hujjatlarida o‗z rivojini topdi. Bir qator
huquqiy- meyoriy aktlar aholini favqulotda vaziyatlarga tayyorlash bilan bog‗liq
munosabatlarni hal qilishga bag‗ishlangan.
Hozirgi paytda ushbu hayot faoliyati havfsizligi borasidagi meyoriy -
huquqiy aktlar faqat aholini tayyorlash jarayoni (bilimi)ni reglamentlaydi va
boshqa yo‗nalishlarni, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish
106
usullari bilan bog‗laydigan huquqiy meyorlarni o‗z ichiga olmagan.
Shuni yana bir bor qayd etish lozimki, meyoriy - huquqiy baza hayot
faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning boshlang‗ich etapida
alohida ahamiyatga ega. Individual va ijtimoiy qadriyatlarni, ijtimoiy angash,
inson xarakterini tarbiyalash, hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi bilim,
ko‗nikmalarini singdirish, ya‘ni xavfsiz turdagi shaxs, jamiyat va mamlakatni
shakllantirish tizimi rivojlangani sari meyoriy baza xavfsizlikni ta‘minlash
subektlarining huquqiy munosabatlarini o‗ziga xos savollariga javob berishi,
hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish jarayoni o‗zini
reglamentlashi tasavvur etiladi.
Hozirgi paytda inson taraqqiyotini shakllantiruvchi zamonaviy buyuk
kuch ilm bo‗lib, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faoliyatda hal qiluvchi mavqe‘ni
egalladi. Shu bilan birga, alohida odamlar, jamiyat uchun sezilarli oqibatlarga
olib keluvchi yoki amaliy ahamiyatga ega masalalar bilan shug‗ullanuvchi
olimlar ―madaniyatni transformatsiya qiluvchi agentlar‖ hisoblanadilar. Bu
xolatga hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi ilmiy yo‗nalish to‗liq javob beradi.
Ko‗rilayotgan soxa bo‗yicha zamonaviy xolatini tashxizi shuni ko‗rsatadiki,
uzoq bo‗lmagan o‗tmishda asosiy ilmiy-amaliy intilishlar ishlab chiqarishdagi
jarohatlar va kasallanishlarni tashxiz qilishga, ishlab chiqarish sohasidagi
muhofazalanish choralarini ishlab chiqish va tatbiq etishga, mehnat havfsizligini
ta‘minlash bo‗yicha qonuniy va meyoriy - huquqiy bazasini ishlab chiqishga,
atrof-muhit
muxofazasi
va
ommaviy
vayron
qiluvchi
qurollardan
muxofazalanishga, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilardan muxofazalanish
choralarini, alohida korxonalarni ekologik ekspertizasini ishlab chiqishga
yo‗naltirilgan edi. Vaqt o‗tishi bilan shu narsa ayon bo‗ldiki, ko‗pgina ilmiy
izlanishlar inson tarafidan yaratilgan texnosferadagi noxush faktorlar ta‘sirini
kamaytirish maqsadida olib borildi, bular xavflarni oldini olishda ko‗riladigan
baholashda hal qiluvchi bo‗lmaydi. Insoniyat tarixi navbatdagi sog‗lom fikrga
qarama-qarshi bo‗lgan o‗ziga xos fikrni tug‗dirdi, ya‘ni uzoq vaqt davomida
insonlar tabiiy xavflardan bexatar qilish uchun texnikani mukammallashtirdilar,
107
natijada ishlab chiqarish va texnika, texnologiyalarga bog‗liq eng yuqori
texnogen xavflarga olib kelindi. Adabiyotlarda shu narsa ta‘kidlanadiki,
insoniyat tomonidan o‗zini shaxsiy xavfsizligini ta‘minlash masalalarida ko‗p
narsalar ko‗zdan qochirilgan. Biroq XX – asrning 80–90 yillaridan boshlab
xavflar manbaining oldini olish bo‗yicha kompleks identifikatsiyalash, xavflar
maydonini baholash, xavfi kam texnogen muhitni yaratish va uzluksiz xavflar
monitoringgini yaratish tizimi, kam chiqindi chiqaradigan ishlab chiqarish
korxonalarini yaratish, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati hisobiga xavfli,
antropogen faktorlarni namoyon bo‗lishini minimumgacha olib kelishga
bag‗ishlangan ilmiy izlanishlar faol olib borildi. Izlanishlar spektrida fuqaro
muxofazasi, favqulotda vaziyatlardan muhofazalanish, yong‗in havfsizligini
ta‘minlash alohida rol o‗ynaydi. Ushbu izlanishlar quyidagi yo‗nalishlarda olib
borildi:
- fuqaro muxofazasini meyoriy- huquqiy va uslubiy ta‘minoti, FM
kuchlarini rivojlantirish;
- FM moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mukammallashtirish
yo‗nalishlarini asoslash;
- FM boshqarish, aloqa, xabar berish, FV bo‗yicha ma‘lumotlarni yig‗ish va
qayta ishlash tizimini mukammallashtirish yo‗nalishlarini asoslash;
- O‗zbekiston Respublikasini turg‗un ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun
tabiiy va texnogen tavakkallik oqibatlari faoliyatini yumshatish borasida
meyoriy- huquqiy va ilmiy- uslubiy ta‘minoti;
- FM monitoringi va bashorati, avariya, jarohat, falokatlar va tabiiy
ofatlarning oqibatlari, aholi va hududlarni FVlardan muxofazalash bo‗yicha
chora-tadbirlar tizimini yaratish va rivojlantirish tizimini asoslash.
- o‗ta muhim va potensial xavfli obektlar turg‗unligi va ushbu obektlarda
yashovchi aholining muxofazalanganligini oshirishga qaratilgan choralar ishlab
chiqish;
- yong‗inga qarshi xizmati faoliyatini meyoriy -huquqiy va axborot
ta‘minoti;
108
- yong‗inga qarshi kurashishning zamonaviy texnik va texnologik
vositalarini yaratish;
- yong‗inlar tavakkalini pasaytirish va oqibatlarini yumshatish bo‗yicha
chora-tadbirlar tizimini yaratish va rivojlantirish;
- o‗t o‗chirish texnologiyalari va avariya-qutqaruv ishlarini bajarishning
trening komplekslarini rivojlantirish;
- aholini turli guruhlari uchun hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini
shakllantirishning ilmiy-uslubiy asosini, hayotning xavfsiz faoliyati dalillarini,
xavfsiz turdagi shaxsni tarbiyalash, ruhiy-asabiy tayyorgarlikni, hayot faoliyati
xavfsizligi soxasidagi bilimlarni targ‗ibot qilishni ishlab chiqish,
- aholini individual va ommaviy axborotlashtirish texnologiyalarining
bashoratli yo‗nalishlarini asoslash;
- fuqaro muxofazasi, favqulotda vaziyatlardan muhofazalanish, yong‗in
havfsizligi sohasida aholi va mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy ta‘lim
standartlari, dastur, uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish.
Hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash sohasida jiddiy ilmiy- texnik
faoliyat olib borilayotganiga qaramasdan, ba‘zi bir asosiy masalalarni tezkorlik
bilan hal qilish kerak. Bularga quyidagilar kiradi: insonni atrof-muhit bilan
o‗zaro munosabatlaridan yuzaga keladigan xavflarni to‗liq spektrini o‗rganishga
mo‗ljallangan tushunchalar va g‗oyalar tizimi sifatida hayot faoliyati xavfsizligi
nazariyasini qurish.
Bunday nazariyani asosiga quyidagi aksiomalar qo‗yiladi:
- «Moddiy dunyo potensial xavfli». Aksioma moddiy dunyoning barcha
komponentalari, eng avvalo texnik qurilmalar va texnologiyalar ham, maqbul
xossa va natijalardan tashqari, xavflarni o‗zgartirish hususiyatiga egaligini
oldindan aniqlaydi. Bunda inson faoliyatini har qanday yangi maqbul xossa va
natijalari muqarrar ravishda yangi xavflarni paydo bo‗lishiga olib keladi.
Nafaqat texnika va texnologiyalar, balki insonlarning harakati ham, agar ular
xato bo‗lsa, havflidir;
- «Agar moddalar, energiya yoki axborot oqimlari muhofaza
109
obektlaridagi xavflar ta‘siriga duch kelganda va ular yo‗l qo‗yilgan oxirgi
miqdordan oshsa, demak xavflar mavjuddir». Havfsiz sharoitda bo‗lgan
oqimlarning zarar keltirmaslik sharti bilan yo‗l qo‗yilgan oxirgi miqdorlari
muhofaza obektlari uchun maksimal imkoniyat bo‗ladi. Oqimlarni yo‗l
qo‗yilgan oxirgi miqdorlaridan oshishi muhofazalanayotgan obektni yangi
sifatli, xavfli xolatga olib keladi.
- «Agar xavf manbalari va muxofaza obektlari mavjud bo‗lish
koordinatalari fazo va vaqt bo‗yicha mos bo‗lsa, xavflarni bartaraf etish
mumkin». ―Xavf‖ tushunchasida muxofaza obektlariga xavfli oqimlarni
manbalardan uzatish koordinatalari va vaqtini mos kelish zarurligi shaklan
ko‗rsatmasi mavjud emas.
Buni bo‗lishi shart ham emas, chunki insonlar, odamlar jamlanmasini o‗rab
turgan moddiy dunyoning barchasi xavflidir. Boshqacha aytganda, odamlar va
o‗zga moddiy obektlarga nisbatan xavflarni paydo bo‗lishi har doim va har
yerda mavjud;
- «Manbadagi xavflar uning ta‘sir zonasidagi barcha muxofaza
obektlariga bir vaqtda salbiy ta‘sir ko‗rsatadi». Bu aksiomaga asosan xavflar
tanlash xossasiga ega emas. Bu xossa muxofaza obektlariga mansubdir.
Masalan, manbadan chiqqan oqimlar inson va biosfera komponentalari uchun
xavfli bo‗lsa, ularning ikkisiga bir vaqtda zarar keltiradi.
- «Xavflarning ta‘siri muxofaza obektlari uchun ziyon bilan birga davom
etadi». Zarar keltiruvchi faktorlarning ta‘siri kasalliklarga, insonlarning jaroxat
olishi yoki halokatiga, o‗simlik va hayvonot dunyosi vakillarni inqiroziga,
biosfera komponentalarining tarkibini o‗zgarishiga olib keladi.
- «Manbadagi xavfli oqimlarni, manba va obektning o‗zaro ta‘sir qilish
vaqtini kamaytirish, orasidagi masofani uzaytirish va muxofaza choralarini
qabul qilish hisobiga xavflardan texnikaviy muxofaza qilish mumkin». Bu
aksioma asosida xavfsizlikni ta‘minlash borasidagi asosiy ilmiy- amaliy
faoliyatni ifodalash mumkin;
- «Hayot faoliyati xavfsizligiga erishishning zaruriy sharti- xavflar
110
dunyosidan insonlarning xabardorligi va ulardan muxofazalanish usullaridir».
Buni shunday ta‘riflash mumkin, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini
shakllantirish zarurati nafaqat nazariy asoslangan xavfsizlikni ta‘minlash
amaliyotini tashxizi bo‗libgina qolmay, balki isbot talab qilmaydigan haqiqat
hisoblangan aksiomadir.
Keltirilgan aksiomalar nafaqat hayot faoliyati xavfsizligi nazariyasining
asosiga qo‗yilgan, balki o‗rganish kerak prinsiplar bo‗lib, ular orqali davlat va
jamoat institutlari, alohida olingan insonlar, ijtimoiy guruhlarning amaliy
faoliyatini boshqarish kerak bo‗ladi. Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi
yagona bilim tizimi chegarasida hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini yanada
samarali shakllantirishga hech qanday shubha yo‗q bo‗lib, bu shu bilan
bog‗liqki, bilim berishda g‗oyaviy faoliyatning elementlari, bilim berish
tashviqoti ham, shaxs sifatlarini tarbiyalash ham, ahloqiy asabiy tayyorgarlik
ham mavjuddir. Shu bilan birga, bilim va ko‗nikmalardan tashqari,
ishontirishlarni biriktirish, sabablar shakllanishi qadriyatlar va eng yuksak
maqsadlar bilan bog‗liq. Bu turdagi bilimlar O‗zbekiston Respublikasida
favqulotda vaziyatlar va fuqaro muxofazasi borasida aholini tayyorlash Yagona
tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim davlat strukturasi bo‗lib, ilm
muassalarini, aholini FM sohasidagi ilmiy dasturlar asosida tayyorlashni
boshqarish organlari, FVda muxofazalash, yong‗in xavfsizligini ta‘minlashni
birlashtiradi. Bu tizim mamlakatning barcha aholisini bilim olishini qamrab
oladi.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishda televideniye,
radio, axborotlarni jamoat va individual aks ettirish vositalari (shitlar, ekran,
panel, bannerlar), Internet, terminal komplekslar yordamida ham amalga
oshiriladi.
O‗zbekiston va boshqa davlatlardagi ijtimoiy reklamalarning tashxizi bir
necha yo‗nalishlarni ajratishga imkon beradi:
- ma‘lum yashash tarzini reklamasi. Bularga chekishga, giyohvandlikka,
spirtlik ichimliklarni iste‘mol qilishga qarshi reklama, OITS dan
111
muxofazalanishni targ‗iboti, sport bilan shug‗ullanish, to‗g‗ri ovqatlanish,
tarbiya, oilaviy munosabatlarni reklamasi kiradi. Alohida o‗rinni tabiatimizni
saqlashga, o‗simlik va hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda
bo‗lishga yo‗naltirilgan ekologik reklama egallaydi.
- qonunning qadrini, insonnngi konstitusion huquqlari va ozodligi, turli
xolatlarda ahloqning bo‗ysinishi majbur qoidalari (masalan, yo‗l harakatida
ishtirok etayotganida) reklamasi;
- millatni birlashtiruvchi va davlat bayramlari, yubileylar, keng
miqyosdagi sport anjumanlarini yorituvchi vatanparvarlik reklamasi. Bunday
reklama nafaqat yuksak darajadagi maqsadlar va qadriyatlar, balki maishiy
xavflar, avariya va falokatlar yuz berishning oldini olish, xavfli va favqulotda
vaziyatlarda o‗zini tutish qoidalarini o‗rgatish elementlari hamda favqulotda
vaziyatlarni bartaraf etilganidan keyingi aholini ijtimoiy asabiy reabilitatsiyasi
mavzularini o‗z ichiga olishi kerak.
Hech bir shubha yo‗qki, hozirgi paytda hayot faoliyati xavfsizligini
ta‘minlashning hal qiluvchi faktori bo‗lib, insonlarning shaxsiy va ijtimoiy
qadriyatlari, ularning barcha faoliyatlari ma‘naviy va ahloqqa muvofiqligi
hisoblanadi.
Manbalarda
ta‘kidlanishicha, taraqqiyotning qadriyatlarini
saqlovchisi va ahloqiy o‗zgarishlar jarayonining zaruriy asoslovchisi – dindir.
Din qadriyatlar tizimini o‗rnatadi, hurmat, javobgarlik kabi tushunchalarni
targ‗ibot, yaqinlari bilan barcha narsalarda bo‗lishishni, atrofdagi dunyoga
hurmat bilan munosabatda bo‗lishni nasihat qiladi. Bularning barchasi odamlar
va tabiat orasidagi munosabatlarni, Yer tomonidan o‗tgan uzoq rivojlanish
yo‗liga hurmatni, bizlar bilan birga bu planetada yashayotgan milliardlab
biologik turlarga nisbatan e‘tiborli munosabatlarni payvand qilishni, tabiiy
manbalardan tejab foydalanish hayotiy zarurat ekanligining tushunishni
shakllantirish, ularni insof bilan taqsimlash, kelgusi avlod oldida javobgarlik
hissini tarbiyalash ekologik ahloq tushunchasi yanada kengroq shakllantirish
uchun zarurdir.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishda asosan madaniy
112
– oqartuv muassasalari (teatrlar, muzeylar, ko‗rgazmalar va b.) orqali ta‘sir
qiluvchi madaniyat muhim ahamiyatga ega. Hayot faoliyati xavfsizligi
borasida uning vazifasi ko‗rish va akustik obrazlar shaklida insonlarga ahloqiy
ta‘sir ko‗rsatish hisoblanadi. Bu obrazlar avaylash kerak bo‗lgan atrofdagi tabiat
go‗zalligini, inson hayotining noyobligi, qaytarilmasligi, shu bilan birga
muxofazalanmaganligi va nozikligini, xavfsizligini ta‘minlash zarur bo‗lgan o‗z
halqi, millati, davlati bilan g‗ururlanishga chaqirishni, o‗t o‗chiruvchilar,
qutqaruvchilar, harbiy uchuvchilar tomonidan qahramonona va har kungi
amalga oshiradigan faoliyatini aks ettirishi kerak. Bularning barchasi
insonlarga kompleks ta‘sir etishi kerak, shu bilan birga ularda ma‘lum
bilimlarni, tassavvur va hayajonli xolatni shakllantirishi, bular orqali insonlar,
ijtimoiy guruhlar, jamiyatning hayotiy jabhalariga, turli xolatlardagi ahloqiga
ta‘sir qiladi.
Kelajakda ommaviy axborot kommunikatsiyalari (ommaviy axborot
vositalari, zamonaviy axborot telekommunikatsion texnologiyalar) hayot
faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‗ynashi kerak.
Ularni amalga oshirishning dasturiy- uskunaviy bazasi bo‗lib kompyuter,
ommaviy axborotning texnik, telekommunikatsiya, videoaxborotlarni aks
ettirish vositalarining tizimlari, lokal va global kompyuter tarmoqlari
hisoblanadi. Ular yordamida axborot multimediya mahsuloti, o‗rgatuvchi,
o‗yinlar, testlar, videotasmalar, elektron plakatlar sifatida namoyon bo‗ladi.
Shu narsa ayonki, bu texnologiyalarni ommaviy tatbiq etishning yagona ilmiy
uslubiy pozitsiyasi orqali maqsadli yo‗naltirish uchun shaxsiy, texnik, dasturiy,
axborot va boshqa manbalarni tizimiy birlashtirish zarurdir.
Ko‗p miqdordagi odamlarga bir yo‗la axborotlarni yetkazish odamlar
jamlangan yerlarida - savdo va sport inshootlarida, madaniy va ko‗ngilochar
muassasalarida, ommaviy hordiq chiqarish joylarida, transport vositalarida,
ulkan iqtisodiyot inshootlarida amalga oshirilishi mumkin. Tashqarida alohida
turuvchi yoki binolarda joylashgan svetodiod panellar, ichki osma plazmali
televizion va proyeksiya ekranlari, yo‗lovchilarni tashish transportini
113
radiouzatish tarmoqlari, ko‗chalardagi axborot stendlari, plakatlar, ―yuguruvchi
qatorlar‖ yordamida bu joylarda aholini axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Ushbu uskunalar yordamida ularga xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar bilan to‗g‗ri va
qaytuvchi aloqalar amalga oshiriladi. Ko‗rilayotgan texnologiyalarni adresli
qo‗llanishi orqali insonlarga, ular qayerda bo‗lishidan qat‘iy nazar, axborotlarni
yetkazish turli shaxsiy foydalanish qurilmalari (mobil telefonlar, simsiz Internet
tarmog‗iga ulangan portativ kompyuterlar, tele- va radio qabul qilgichlar)
yordamida yetkaziladi.
Hayot faoliyati xavfsizligining umumiy madaniyatini vujudga kelishi va
rivojlanishida alohida rolni sug‗urtalash tizimi da‘vat etadi.
Sug‗urtalash iqtisodiyotning noyob tarmog‗i sifatida tavakkalni boshqarish
bilan kasban bog‗liq bo‗lib, ishlab chiqarish va hayot faoliyati xavfsizligini
rivojlanishiga ta‘sir qiladi. Sug‗urtalash jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimini
zaruriy elementi hisoblanib, kutilmagan tabiiy, texnogen va boshqa xolatlarda
moddiy rag‗batlantirishning buzulishlarini tiklash kafolatini vakili bo‗ladi.
Zamonaviy hayotda barcha kritik xolatlarning oldini olish mumkin, lekin
sug‗urtaviy muxofazalash yordamida bo‗lishi mumkin talofotlardan o‗zini
himoyalash mumkin. Sug‗urtalashning umumiy vazifasi sug‗urta qilgan
odamning moliyaviy xavfsizligini ta‘minlashdan iborat. Umuman olganda
hamma sohalarda xavfsizlik aholini ko‗pchiligi uchun dolzarb zaruratdir. Biroq
sug‗urtalash jismoniy emas, iqtisodiy havfsizlikni ta‘minlash vositasi
hisoblanadi, iqtisodiy havfsizlik insonni jismonan yashashi va o‗z-o‗zini
saqlashi uchun ahamiyati kamroq. Bu shuni anglatadiki, faqat jismoniy
havfsizlikning birinchi navbatdagi talablari qondirilsa va ba‘zi moddiy mo‗l-
ko‗llik yuzaga kelsa, sug‗urta qilish uchun mo‗ljallangan mablag‗lar ishlatiladi.
Sug‗urtalash ijtimoiy institut sifatida zamonaviy serharakat sharoitda ijtimoiy
tavakkalning minimallashtirish tizimidan biri bo‗lib, texnogen, ekologik, ishlab
chiqarish va maishiy ta‘minlashda aholining ma‘lum havfsizlik hissini
ta‘minlashga yordam beradi.
Terroristik aktlar tavakkali borgan sari katta havf bo‗lib, undan afsuski,
114
nafaqat bolalar, balki kattalar ham muxofazalanmagan. Shuni xulosa qilish
kerakki, sug‗urtalash instituti zamonaviy sharoitda u yoki bu darajada aholining
hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish masalalarini yechishiga
yordam beradi.
Nodir hodisa bo‗lgan sug‗urtalashni tashxiz qilish vaqtida shuni tushunish
muhimki, nega insonlar sug‗urtalanadilar, nimalardan havotirga tushishadi,
asosan nimalarni sug‗urtalashni xoxlaydilar? Birinchi o‗rinda ―havf‖
tushunchasi turadi. Havf, tavakkal tushunchalari ham obektiv, ham subektiv
ahamiyatga ega. Obektivlik katta shaharlarning aholisi uchun terroristik
aktlarning tazyiqi, ekologik, texnologik falokatlar mavjudligi shaklida namoyon
bo‗lishi mumkin, lekin har bir inson uchun o‗zining havflarini «shkala»si
mavjud: biri ko‗chadagi o‗g‗rilardan yoki mashinasini olib qochuvchilardan
qo‗rqsa, boshqasi oddiy bo‗lmagan shamollash bilan kasallanishdan, shahar
tashqarisidagi bog‗ hovlisiga o‗g‗rilar tushishidan, uchinchisi o‗zga
planetadagilarning tazyiqidan xavotirga tushadi. Subektivlikni har bir individda
bo‗lishi mumkin bo‗lgan tazyiqdan hususiy konstruksiyasi mavjud bo‗lib, ular
real xavflarga emas, balki uning ongida mavjud tavakkallarga bog‗liqdir. Bu
xolat ham u yoki bu darajada uning hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatiga
ta‘sir ko‗rsatadi. Har biri alohida olingan inson uchun tavakkal ko‗pincha
individ tomonidan subektiv qabul qilinadigan ma‘lumotlik bo‗lib, real
bo‗lmagan, lekin obektiv mavjud xolat hisoblanadi.
Sug‗urtalash insonning juda muhim, fundamental zaruratini– havfsizlik
zaruratini qondirishga mo‗ljallangan. Doimo yig‗ilib boriladigan ijtimoiy mulk
va uni saqlashga va ko‗payishiga taz‘ik ko‗rsatuvchi texnogen, iqtisodiy va
ijtimoiy
tavakkallarni
murakkablashuvi,
ko‗zda
tutilmagan
moddiy
yo‗qotishlarni kompensatsiyalash uchun mo‗ljallangan samarali va keng
miqyosli sug‗urtalash tizimi yaratishni talab qiladi. O‗zbekistondagi ijtimoiy
sug‗urtalashning hususiyati havfsizlikka kuchaygan talabni, erishilgan hayot
darajasini ushlab turishga qaratilgan. Sug‗urtalashning ijtimoiy nodir hodisasi
sotsium havfsizligini institusializatsiyalash sifatida qarash kerakdir. Bunda
115
barcha sotsium uchun sug‗urtalash aspektida tavakkalning yagona ijtimoiy
konstruksiyasi mavjud emas: tavakkal har bir individ tomonidan subektiv qabul
qilinadi. Sug‗urtalash shartnomasini har bir individ o‗zi uchun tavakkalning
dolzarbligidan kelib chiqqan xolda tuzadi. Shuning uchun sug‗urtalashda
tavakkalni individ tomonidan obektiv mavjud real xolat emas, balki subektiv
qabul qilinadigan dalil sifatida ko‗rib chiqish maqsadga muvofiq.
Tavakkalni ijtimoiy konstruksiyalash individ tomonidan uning subektiv
hayotiy tajribasiga, ijtimoiy sog‗lomligiga, ijtimoiylashtirishning individual
xususiyatlariga, havfsizlikning u yoki bu talablarining dolzarbligiga nisbatan
amalga oshiriladi. Havf va tavakkalning u yoki bu ehtimoli har bir individ
tomonidan turlicha qabul qilinadi. Masalan: bir qator izlanishlarning
natijalaridan shu narsa aniqlandiki, har 10 avtomashina egalaridan 6 tasi uchun
tavakkal u yoki bu darajada dolzarblashgan, ya‘ni ular havflarni sezayaptilar va
muxofazalanish zarurligini his etayaptilar. Subektiv qabul qilinadigan tavakkal
modelini chizgilari ham aniqlandi. Modelning bosh xususiyati – individlar
orqali mablag‗larini yo‗qotish tavakkali hayotini yoki sog‗lig‗ini yo‗qotishdan
havfliroq, urush, ekologiya, giyohvandlik yoki OITS dan ham ancha xavfli
tarzda qabul qilinadi.
Tavakkalni subektiv qabul qilish modeli
Dostları ilə paylaş: |