O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/86
tarix11.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153678
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

Rasm 31. Xavfsizlikni ta‟minlash muammolari 
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida o‗quv- tarbiyaviy faoliyat, maxsus 
frontal va individual darslarda, ijodiy mehnat faoliyati orqali hayot faoliyati 
xavfsizligi soxasidagi tarbiya o‗rgatiladi. Shu davrda shaxsning birlamchi
xavfsiz turdagi sifatlariga, xavfli vaziyat yuzaga kelganida kattalarning 
ko‗rsatmalariga rioya qilishga tayyor bo‗lishni tarbiyalashga asosiy urg‗u 
beriladi, ekologik anglash maktabgacha ta‘lim muassasalarida tabiat bilan 
tanishish orqali shakllanadi. Bu anglashning asosini tabiatdagi mavjud aloqa va 
munosabatlarni bir tarafdan undagi insonning roli, ikkinchi tarafdan barcha tirik 
mavjudotlarni seva bilishni tushunish tashkil etadi. Bu o‗quv- tarbiyaviy 
faoliyat ekskursiyalarga borish, hayvonlar va o‗simliklarga rahimdillik qilish, 
birgalikda eksperimentlar o‗tkazish, tirik tabiat obektlarini kuzatish, jonli 
burchakda yashovchilarini parvarishlash hamda bolalar adabiyoti asarlarini 
o‗qish orqali amalga oshiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi guruxlarda asosiy urg‗u farzandni yerdagi 
tirik tabiat, uning evolyusiyasi bilan uzluksiz aloqada va birlikda bo‗lishni 
anglashga, tirik va tirik bo‗lmagan tabiat bilan murakkab va nozik aloqalar, 
insonni uni saqlashdagi roli orqali beriladi. Tirik tabiatning rivojlanish 
qonuniyatlarini, insonni evolyusiyadagi o‗rnini, bolaga bu jarayonning uzluksiz 
qismiligini, barcha tirik mavjudoddan ajralgan xolda yashay olmasligini, uning 


78 
rang-barangligini saqlashni tushunish imkonini beradi.
Umumiy va qo‗shimcha ta‘lim muassasalarida xavfsiz turdagi shaxs 
sifatlarini tarbiyalash (shu jumladan, jismoniy tarbiya ham) o‗quv-tarbiyaviy 
jarayonlarni ―Atrof-olam‖ (1–4 sinflar), ―Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari‖ 
(5–11 sinflar) fanlarini o‗qitish, ekologik yurishlar, omon qolish marshrutlari, 
―Yosh o‗t o‗chiruvchi‖, ―Yosh qutqaruvchi‖ kabi o‗quv markazlarini tashkil 
etish orqali amalga oshadi.
Umumiy va qo‗shimcha ta‘lim muassasalarida ko‗rsatilgan chora-
tadbirlarni o‗tkazishdagi sezilarli tajribalar umumiy va qo‗shimcha ta‘lim 
muassasalarida hayot faoliyati xavfsizligi borasida amalga oshiriladigan
quyidagi tarbiyaviy maqsadlarni ifodalaydi:
- tarbiyalanuvchilarning faoliyatida madaniyat xavfsizligi meyorlarini, 
xavfsiz hayot faoliyatiga tayyorligini rivojlantirishni, sog‗lom turmush tarzini 
olib borishni rag‗batlantirish;
- tarbiyalanuvchining o‗z shaxsini yomonlashning profilaktikasi
(qurbonlik, ishi yurmaslik xossasi, va b.); 
- xavfsiz turdagi shaxsning mavjud sifatlarini rivojlantirish va yangilarini 
shakllantirish.
Ko‗rsatilgan hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi maqsadlar quyidagi
tarbiya usullari orqali erishiladi: 

tushuntirish usuli.
Bu usul tarbiyalanuvchini xavflarning manbai va 
xavfsiz 
ahloq 
qoidalaridan 
xabardorligiga 
asoslangan. 
O‗qituvchi
tarbiyalanuvchilarga nafaqat nima xavf tug‗dirishigina emas, balki xavflarning 
sababii, tashqi xavf manbai, odam ahloqini xavfsizlik darajasiga ta‘sirini
tushunishiga yordam beradi; 

dogmatik usul
. Uning asosida tarbiyachining so‗zlari, imo-ishoralari, 
harakatlari, ko‗rgazmali va boshqa vositalar yordamida uqdirish ta‘siri yotadi. 
Tarbiyalanuvchilar tarbiyachining taqdim etadigan xulosa va baholashlarini 
tayyor xolda, tushuntirishlar va asoslarsiz qabul qiladilar. Dogmatik usul bola 
tarbiyasining ertangi bosqichlarida yanada samaralidir. Bu usuldan samarali 


79 
foydalanishda tarbiyachining mavqyi, uni tarbiyalanuvchilar hayajoniga ta‘sir 
qila olishi yordam beradi. Bola tarbiyachining ko‗plab xavfsiz ahloq qoida va 
meyorlarni tushuntirishlarsiz va asoslarisiz, masalan, elektr simining ochiq 
uchlariga tegish taqiqlanganligi, tanish bo‗lmagan itlarga yaqinlashmaslik va b. 
qabul qiladi va singdiradi. Ushbu usuldan foydalanish zarurati shu bilan 
tushuntiriladiki, kichkina bola uchun ko‗plab xavfsiz ahloq meyorlarini qabul 
qilishi va o‗zlashtirishi erishib bo‗lmaydigan xolat hisoblanadi. Uning 
rivojlanishi natijasida tarbiyalanuvchilar mustaqilligini yanada yuqori darajada
talab qiluvchi imkoniyatlar kengayadi.


Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin