84
IV.4. Xavfsiz hayot faoliyatini dalillashtirish
Dalillashltirish deb
, shaxsning faolligini va faoliyatining yo‗nalganligini
rag‗batlantirishini
chaqirish
faktorlarining
jamlanmasi
tushuniladi.
Dalillashltirish
o‗ziga ehtiyoj, asosli dalil va xolatiy faktorlarni qamrab oladi.
Ehtiyoj
asosli dalillarni rivojlantirishga ta‘sir qiluvchi asosiy faktordir, u
shaxsning normal hayot va faoliyat ko‗rsatish talablaridan qoniqmaslik xolati
bo‗lib, ushbu qoniqmaslikni bartaraf etishga yo‗nalgan bo‗ladi. Inson uchun
normal hayot faoliyatini ko‗rsatishi nafaqat hayot uchun zaruriy faktorlar (ovqat,
suv, uyqu, sog‗lom hayot faoliyati muhiti)dan, balki ijtimoiy, ruhiy (muloqotga,
yaratuvchanlikka, ijod qilishga zarurat) faktorlardan ham iboratdir.
Inson barcha ehtiyojlarini zaruratlarga ko‗ra tartibga soladi va
quyidagicha joylashtiradi:
- fiziologik ehtiyojlar - ochlik, chanqoqlik;
- xavfsizlik va muxofazalanish ehtiyojlari;
- mansublik va sevishga ehtiyojlari;
- o‗z-o‗zini hurmat qilish ehtiyojlari - ahamiyati, kompetentligi;
- o‗zini kerakliligi yoki o‗zini shaxsiy kamolotga yetkazish ehtiyojlari-
potensialini amalga oshirish
- uzoq umr ko‗rish va stabillik.
Inson o‗rtacha o‗z ehtiyojlarini taxminan quyidagi darajada qoniqtiradi:
85% – fiziologik, 70% – xavfsizlik va muxofaza, 50% – sevgi va
mansublik,
40% – o‗zini hurmat qilish, 10% – o‗zini kerakligi. Shuni qayd etish
kerakki, inson o‗z ehtiyojlari pog‗onasida qanchalik yuqori ko‗tarilmasin, agar
past darajadagi ehtiyojlaridan qoniqish to‗xtab qolsa, unda inson bu darajaga
qaytib, to kerakli darajagacha yetmaguncha, ketmaydi. Bu ehtiyojlar
fiziologiklardan keyin bo‗lib, barcha tirik mavjudotlarga xosdir.
Dalillashtirish o‗z navbatida, maqsadlar sifatida amalga oshadi. Bir
maqsadni bir necha xil asosli dalillar aniqlaydi. Masalan, hayot foliyati
xavfsizligi borasidagi jamoat faolligi o‗zini sotsiumida, davlatni xoxlashi va
85
boshqa asosli dalillar bilan tasdiqlashga intilish bilan pisanda qilinishi mumkin,
Xolatiy faktorlar sifatida topshiriqning murakkabligi, rahbariyatning
talablari, atrofdagi odamlarning ko‗rsatmalari va x.k. ko‗rib chiqiladi. Bularning
barchasi ham ma‘lum vaqt oralig‗ida insonlarning asosli daliliga ta‘sir qiladi.
Xolatiy faktorlar serharakatchan yengil o‗zgaradi, shuning uchun ularga ta‘sir
qilish asosli dalillarning faolligi bilan birgalikda ham bo‗lishi mumkin.
Dalillashtirishni xarakteri bo‗yicha ichki va tashqiga ajratish qabul
qilingan. Tashqi dalillashtirish intizomli ta‘sirlar (rag‗batlantirish va jazolash)
orqali amalga oshadi. Umumiy va kasbiy ta‘lim muassasalarida tashqi
dalillashtirish sifatida yaxshi va yomon baholar hisoblanadi. Tashqi
dalillashtirishni shakllantirish kam mablag‗larni talab qiladi, lekin ijobiy
o‗zgarishlar odatda qisqa vaqtda, va‘da qilinganni olishgacha davom etadi.
Ichki obektning o‗zida, jarayonda, hayotiy zaruratlarni tushunishi va to‗g‗ri
harakatlarni foydali amalga oshirishi hamda turg‗un davom etuvchi xarakteriga
ega.
Mehnat faoliyatini bilish uchun xizmat qiladigan dalillashtirish mehnatni
mazmuniga qiziqishi, yani unda mehnat jarayoni o‗zini qanday jalb qilishidir.
Rivojlangan mehnat faoliyatini bilish uchun xizmat qiladigan dalillashtirishda
mutaxassis ishlab chiqarishdagi muammolar yechimini faol va qiziqib qidiradi,
asosan o‗z diqqatini uzoq vaqt zo‗riqmay ishga qaratadi.
Havfsizlik aspektida bilish uchun xizmat qiladigan dalillashtirish inson
ishlab chiqarish havfsizligi muammolarining tub mohiyatini iloji boricha
bilishga qiziqishi orqali namoyon bo‗ladi. Inson uskunalarni, texnologiyalarni,
mehnatni tashkil etishda mustahkamligini va sifatini ta‘minlash savollarning asl
ma‘nosini sinchkovlik bilan idrok qilishi va laxza xavfsizligini baholashda
tanqidona ―savollarga boy‖ yo‗l tutadi. Nizolardan qochishni dalillashtirish
nizolarsiz hatti-harakatlarga intilishda aniqlanadi va ichki shaxsiy darajada
(vijdoni bilan yakdillikni saqlashda, o‗zining shaxsiy ahloqiy qadriyatlari
tizimida), ijtimoiy darajada (jazodan, sanksiyalardan qochish) va shaxslararo
darajada (birga ishlovchilar, boshliqlar bilan tinch xizmat qilishga intilishda)
86
namoyon bo‗ladi. Ko‗rilayotgan muammoga nisbatan yuqori darajada da‘vo
qilish- havfsizlikni ta‘minlash borasida kamchiliklarsiz xolatga erishishni
xoxlashdir.
Obro‗-e‘tibor asosli dalilni muhim tashkil etuvchisi bo‗lib, bajarayotgan
ishining alohida hurmatga sazovorligini his etishdir. Bu xolat shaxsni yanada
nufuzini oshiradi, g‗arazlikni ham keltirib chiqaradi. Ushbu dalillashtirish o‗zini
hurmat qilishga, insonlar ko‗z o‗ngida obro‗li kasbga ega bo‗lishi orqali
ijtimoiy mavqe‘ni mustahkamlashga intilish shaklida ifodalanadi. Uni
rivojlantirish uchun shunday jamoat fikri va sog‗lom asabiy muhitni
shakllantirish kerakki, unda hayot faoliyati havfsizligi borasida yuqori
madaniyat xizmatchisi bo‗lish nufuzli bo‗lsin.
Yuqoridagi dalillashtirish turlarini ko‗rib chiqqanimizdan so‗ng, uni
shakllantirishning quyidagi darajalarini o‗rnatish mumkin:
Boshlang‗ich, meyoran majburiy daraja ota-ona va o‗qituvchilarning
ko‗rsatmalari, qoidalar, qonunlar, huquqiy meyorlarning talablari orqali
aniqlanadi. Hozirgi vaqtda ushbu daraja hayot faoliyati havfsizligi madaniyatini
shakllantirish jarayonida ustun turadi va oilaviy tarbiya, hayot faoliyati
havfsizligi borasida o‗qitish orqali amalga oshadi.
Ikkinchi, ixtiyoriy darajada, tashqi ijtimoiy dalillar (masalan, chekishga,
spirtli ichimliklar ichishga munosabati), o‗zini yaxshi ko‗rishi, shaxsiy
kamolotga yetishining xususiy dalillari (masalan, talabalik jamoasida sport bilan
shug‗ullanish) ishga tushadi. Bunday sharoitlarda dalillashtirishni saqlash va
rivojlantirish uchun ―muvaffaqiyat qozonmaslik-tirishqoqlikni yetishmasligi‖
sxemasi eng yaxshi hisoblanadi. Bundan asosiy dalillar ijtimoiy reklamani
tayyorlash, ommaviy axborot vositalari, sinfda va sinfdan tashqari ishlarni
bajarish jarayonlarida hamda kattalarning turli jamoat harakatlarida ishtirok
etishlarida (ekologik, sog‗lom turmush tarzini tashviqot qilish va b) foydalanish
mumkin. Bundan tashqari, bu darajada asosiy dalillarning muhim usullaridan
biri -moddiy rag‗batlantirishdir.
Uchinchi daraja shaxsni hayot faoliyati havfsizligi sohasida o‗zining ijodiy
87
imkoniyatlarini samarali rivojlantirish va foydalanish zaruratini aks ettiradi.
Uning asosi sifatida inson hayoti uchun muhim sohada o‗zini namoyon etishning
yuqori talablari olg‗a surilib, bosh birlamchilik huquqi va ichki talabchanligi
sifatida qabul qilinadi, ular asosiy dalillar darajasida muvaffaqiyat qozonishda
sezilarli rol o‗ynaydi. Bu xolat shaxs o‗zini barcha mahorati va xususiyatlarini
namoyon etishi mumkin bo‗lgan joyda o‗z vazifasini havfsizlik darajasida
yuqori sifat bilan bajarishida aks etadi. ushbu darajada hayot faoliyati
havfsizligi borasida o‗zini tarbiyalash va ilm olish hamda ahloqiy
rag‗batlantirish alohida rol o‗ynaydi.
Tarbiya va ilm olish, ijtimoiy reklamani amalga oshirish, ommaviy
kommunikatsiya vositalari orqali ta‘sirni rejalashtirish jarayonida hayot
faoliyati havfsizligining dalillashtirishini shakllantirishning asosiy prinsiplari
quyidagichadir:
- hayot faoliyati havfsizligi bo‗yicha talablarning (huquqiy, ijtimoiy,
texnikaviy va b) va imkoniyatlarining muvozanatini ta‘minlash. Izlanishlar
ko‗rsatishicha, agar shu ikki faoliyat parametrlari shaxs tomonidan idrok
etishda bir-biriga mos kelsa, faoliyatda ichki dalillashtirishni vujudga kelishi
uchun zaruriy sharoitlar yaratiladi;
- xavfsiz turdagi shaxs sifatlarini, hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlash
bo‗yicha amaliy ko‗nikmalarni, mutaxassislarning kasbiy sifatlari hozirgi paytda
hayotiy muhim ma‘no bo‗luvchi faktorlar shaklida taqdim etish. Ularning
mavjudligi yoki yo‗qligi orqali nafaqat mansabi, moddiy ta‘minoti, ijtimoiy
zarurligining darajasini o‗sishi, balki eng avvalo insonning va unga yaqin
odamlarning sog‗lig‗i va hayoti bog‘liq bo‗ladi;
-hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlash borasidagi sinchkovlik bilan
qiziqishi ijtimoiy va shaxsiy rag‗batlanish, yangiliklarga qiziquvchanlik,
hissiyotli, hayot faoliyati havfsizligi borasidagi zaruriy axborotlarni shaxsan
izlashni tashkil etish va muammoli uzatish hisobiga rivojlanadi;
- HFXMni shakllantirish chog‘ida har bir inson, alohida ijtimoiy guruh,
sinflarning qiziqishlari, qobiliyatlari, ishtiyoqlari, qadriy yo‗nalishlari maksimal
88
qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: |