119
- harbiy xavfsizlik va boshqalar.
Ahloqiy - asabiy xavfsizlik yo‗nalishi hayot faoliyati havfsizligini
ta‘minlash javobgarlik
shaklida shaxsning ruhiy, ahloqiy, asabiy sifatini
rivojlanishiga imkon beradi.
Jismoniy xavfsizlik borasida havfli va favqulotda vaziyatlarda, kuchi,
bardoshi, egiluvchanlik, harakatlarni tez va aniq bo‗lishi, har kungi faoliyatda va
FV sharoitida jarohatlar va yaradorlik tavakkalini kamayishi uchun zarur
―mustahkamlik zahirasi‖ni oshishi yo‗nalishida madaniy - informatsion ta‘sirni
loyixalash va amalga oshirish kerak.
Ekologik xavfsizlik yo‗nalishida madaniyat planetadagi hayotni
mavjudligini xavf-xatarga qo‗yuvchi
atrof-muhit, uning holati, atmosfera,
gidrosfera, o‗simlik va hayvonot dunyosi negativ antropogen ta‘sirning global
xarakteri haqidagi bilimlar asosida shakllanadi. Ma‘lumki, ekologik vaziyatni
faqat
markazlashgan meyoriy huquqiy, tashkiliy va muxandislik texnikaviy
chora-tadbirlarni inson faktorini qayd qilmay ta‘minlash mumkin emas. Shuning
uchun bu yo‗nalish bo‗yicha HFXM shakllantirishda mamlakat aholisiga
ekologik havfsizlik meyorlarini singdirish alohida rol o‗ynaydi.
Favqulotda
vaziyatlarda
xavfsizlik
yo‗nalishida
madaniyatni
shakllantirish o‗zidan tabiiy va antropogen kelib chiquvchi FV manbalari
bilishni, bu manbalarning shikastlovchi faktorlaridan muhofazalash tavsifi va
usullarini, hamda havfli va favqulotda hodisalarini oldini olish bo‗yicha bilim va
ko‗nikmalarini singdirish lozim.
Huquqiy xavfsizlik yo‗nalishining asosini
hayot faoliyati xavfsizligi
sohasidagi huquqiy meyor va bilimlarni rivojlantirish, havfli xolatlarni huquqiy
baholashga tayyor bo‗lishni, millatimiz va halqaro huquq meyorlari va
qonuniyatlariga mos odobni tarbiyalash chora-tadbirlari tashkil etadi. Tajriba
120
shuni ko‗rsatadiki, ko‗pincha teskari ahloq, ya‘ni qonunlarni bilish – g‗ayri
qonuniy ishlarni amalga oshirishga undaydi. Shuning uchun huquqiy ongni va
huquqiy e‘tiqodni tarbiyalash alohida ahamiyatga ega.
Ijtimoiy xavfsizlik yo‗nalishi sotsiumda xavfsiz ahloq meyorlarini, jamiyat
a‘zolariga
nisbatan hurmatni, jamiyat xavfsizligi uchun o‗zining shaxsiy
qiziqishlaridan voz kecha olishni anglashini singdirish ko‗zda tutiladi.
Informatsion xavfsizlik yo‗nalishi bo‗yicha ularning atrofdagi dunyoga
nisbatan rivojlanayotgan egoistik, utilitar qarashni, zamonaviy tazyiqlarga qarshi
turish irodasini bostirishga, insonlarga baquvvat destruktiv informatsion oqimlar
oqibatlarini yumshatish yoki kamaytirishga qaratilgan madaniy informatsion
ta‘sirlar loyixalanishi va amalga oshishi kerak.
Zamonaviy sivilizatsiyaning mavjud texnikaviy tendensiyalarining rivojini
masshtabli salbiy oqibatlari sababli politexnikaviy xavfsizlik yo‗nalishi
alohida
ahamiyatga egadir. Uning doirasida texnik tizimlarning (butun hayot sikli, shu
jumladan utilizatsiya davri davomida) xavfsiz metodologiyasini yaratish, ishlab
chiqarishda, maishiy texnikani xavfsiz ishlatishning ko‗nikmalarini singdirish,
havfli va favqulotda hodisalarning oldini olish va bartaraf etish, texnikaning
harakatlanib turishi va ishlatilishining qoidalai tizimini shakllantirish kerak.
Tibbiy xavfsizlik yo‗nalishi valeologiyadagi ma‘lumotlarni, sog‗liqqa
negativ ta‘sir ko‗rsatuvchi,
salomatligini mustahkamlovchi, zararli odatlar,
ichkilikbozlik va giyohvandlikning rivojlanishini oldini olish, havfli va
favqulotda vaziyatlarda zaruriy tibbiy yordam ko‗rsata olishning bilim va
ko‗nikmalarini o‗z ichiga olishi kerak.
Bundan
tashqari,
insonlarning
muvofaqqiyatli
tug‗ilishi va
121
rivojlanishining asosiy faktori bo‗lgan sog‗lom turmush
tarzining meyorlarini
singdirish muhim ahamiyatga ega.
Harbiy xavfsizlik yo‗nalishi doirasida o‗sib kelayotgan avlodning harbiy-
vatanparvarlik tarbiyasi bo‗yicha chora-tadbirlari tinchlik davrida, harbiy
jangovar yurishlar vaqtida havfsizlikni ta‘minlashning bilim va ko‗nikmalarni
shakllantirish kerak
Dostları ilə paylaş: