O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


IV.8. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/86
tarix11.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153678
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

IV.8. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish 
prinsiplari
Turli tsivilizatsiyalar madaniyatini yuzaga kelishi va rivojlanishi, dunyo 
va mamlakatimizning bilim amaliyoti, mamlakatimizdagi vatanparvarlik tarbiya 
tizimini shakllantirish tajribasi, zamonaviy informatsion-kommunikatsion 
texnologiyalardan, shu jumladan, ommaviy axborotning texnik vositalardan 
foydalanish shu narsani ko‗rsatdiki, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini 
shakllantirishning asosi quyidagi prinsiplar bo‗lishi kerak:
- shaxsga, odamlar jamoasiga, jamiyatga ta‘sirini jamlanganligi;
- o‗zbek millatining milliy, madaniy, tarixiy fazilatlarini hisobga olish;
- HFXM individual darajadagi ustuvorligi;
-HFXM shakllantirish jarayonida bilimlarning ustuvorligi;
- ommaviy kommunikatsiyalarning ta‘sirini maqsadga yo‗nalganligi. 
Shaxsga, odamlar jamoalariga, jamiyatga ta‘sirini jamlanganligi HFXM 
individual, korporativ va jamiyat-davlat darajasida yagona maqsadli, vaqtli va 
joyli faoliyatni olib borish zaruriy shart deb qo‗yiladi. Shaxslar, jamoalar,
jamiyatning xavfsiz turining sifatini shakllantirish bo‗yicha barcha chora-
tadbirlar yagona g‗oyaviy, meyoriy, ilmiy-uslubiy vaziyatlarda olib borilishi, 
dasturiy maqsadli usullardan foydalanib, rejalashtirilishi zarur.
O‗zbek millatining milliy, madaniy, tarixiy fazilatlarini hisobga olish 
prinsipi o‗zbek jamiyatini asoslangan turg‗un xossalari HFXM shakllantirish 
samarasini oshirish maqsadida e‘tiborga olinishi zarur. Bunday xossalarga 
quyidagilar kiradi: haqqoniylik, insonparvarlik, jamiyatga birlashishiga 
moyilligi, dinlarni va konfissiyalarni hamjihatligi, O‗zbekistonda turli 


122 
millatlarni murosa qilishi, yuksak chidamliligi, past hayotiy talabliligi, mavjud 
milliy tazyiqlarga safarbarlik qobiliyati va b.
HFXM individual darajadagi ustuvorligi prinsipi shu faktni aks ettiradiki, 
jamiyat, davlatlar, inson taraqqiyoti xavfsizligini yig‗ma binosini asosiy 
elementi, ―g‗ishtchasi‖ 
shaxs
hisoblanadi. Xavfsiz turdagi shaxsni rivojlanish 
darajasidagi xususiyatiga qarab har bir insonni ham, insonlar jamiyatini ham 
xavfsizlik darajasi belgilanadi. Shu sababli HFXM shakllantirish sohasidagi 
faoliyatni rejalashtirishda asosiy urg‗u individual darajaga qo‗yiladi.
HFXM shakllantirish jarayoni nuqtai nazarida bilimlarning ustuvorligi 
shunga bog‗liqki, bu sohadagi faoliyat yanada samarali hisoblanadi. Buning 
sabablari shaxs rivojlanishi va vujudga kelishi davrida maqsadga yo‗nalganlik, 
insonlarga ta‘sirning muddatli, adresligi, kompleksligi, jarayonni yaxshilash va 
sifat nazoratini faol mexanizmi mavjudligi bo‗ladi. Bundan tashqari,
ma‘lumki, madaniy meroslar o‗z-o‗zidan qayta ishlab chiqilmaydi va ongli 
ravishda tanlash, uzatish va zabt etishni talab qiladi. Bu xolat xam HFXM 
shakllantirish jarayonida bilim olishning rolini ta‘kidlaydi. Hozirgi paytda 
bilim olish bilan birga ommaviy kommunikatsiya vositalari HFXM va umumiy 
madaniyatni shakllantirish vaziyatiga ko‗ra muhim ahamiyatga ega. Bular har 
kuni aholiga o‗ta kuchli ta‘sir qilish orqali yuksad maqsad va qadriyatlarni, 
atrofdagi o‗rab turgan borliqqa munosabatni, bilim va emotsional xolatlarni 
shakllantirishga yordam beradi.
HFXM shakllantirishning alohida prinsiplari quyidagilardir: 
- ruhiy, bilish uchun xizmat qiladigan qonuniyatlar jarayoniga madaniy 
informatsion faoliyatni mos kelishi;
- tarbiyaviy, bilim olish va rivojlanish funksiyalarini birligi;
- madaniy informatsion ta‘sir paytida hissiyotli sezuvchanlik doirasiga 
ta‘sirni ta‘minlash;
- maxsus (adresli) va universal madaniy informatsion ta‘sirni ratsional 
o‗zaro nisbatda bo‗lishi;
- shaxsni yo‗naltirilganligi va faolligi;


123 
- hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlashga nisbatan rag‗batlantirish va 
ijobiy munosabatda bo‗lishni asoslash;
- etkazilayotgan axborotning muammolanganligi;
- insonning qabul qilishini turli kanaliga madaniy informatsion ta‘sirini
kompleksligi.
Madaniy informatsion faoliyatini mos kelish prinsipi ruhiy, bilish uchun 
xizmat qiladigan qonuniyatlar jarayonga obektiv, asabiy va boshqa insonni 
bilish hususiyatlarini qayd etish zaruratini aks ettiradi.
Tarbiyaviy, bilim olish va rivojlanish funksiyalari birligi prinsipini 
ishlatish imkoniyatiga bevosita hayot faoliyati havfsizligi madaniyatini 
shakllantirish texnologiyalarni yaratish chog‗ida asos solinadi. Ushbu prinsip 
nafaqat bilim oluvchi bilan bilim beruvchining o‗zaro aloqasini ko‗zda tutuvchi
tarbiyachiik texnologiyalarni loyixalash jarayonida, balki ommaviy axborot 
texnik vositalarini, kompyuterli dasturlar yordamida turli informatsion ta‘sirlarni
ishlab chiqishda e‘tiborga olinadi. Ma‘lumki, shaxsni to‗g‗ridan-to‗g‗ri na 
texnik vositalar, na mashinalar emas, balki faqat inson tarbiyalashi mumkin. 
Biroq ―jonsiz mashina‖da amalga oshirilgan animatsion yoki videotasma,
kompyuterli o‗quv dasturi u yoki bu tarzda, bilvosita amaliyotchilarning shaxsiy 
tajribasini namoyon etadi va albatta odamlarning his-tuyg‗ulariga ham, shu bilan 
birga unga tarbiyaviy, o‗rgatuvchi va rivojlanuvchi ta‘sir ko‗rsatadi.
Yuqorida ko‗rilgan prinsip madaniy - informatsion ta‘siri paytida 
hissiyotli sezuvchanlik doirasiga ta‘sirni ta‘minlash prinsipi bilan xavfsizlik 
printsipi o'zaro bog'liq bo‗ladi. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini 
shakllantirishda turli texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish chog‗ida uni 
qayd etish bilimlar his-tuyg‗ularga va hayajonlar ishonchga, hayot tarziga 
aylanadi.
Maxsus (adresli) va universal madaniy informatsion ta‘sirni ratsional 
o‗zaro nisbatda bo‗lishi shaxsning nafaqat individual xususiyatlari, uning ruhiy–
jismoniy sifatlari, balki odamlar jamlanmasi (jamoalar, ijtimoiy guruxlar va b.) 
umumlashgan tavsiflarini ham e‘tiborga olishni ko‗zda tutadi. Bu ham 


124 
individual, mustaqil bilim olishda, ham ommaviy informatsion ta‘sir, jamoa 
bo‗lib o‗qish ishlari jarayonida ham amalga oshiriladigan hayot faoliyati 
xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning yuqori samarador texnologiyalarini 
loyihalash ta‘minlanadi.
Shaxsning yo‗naltirilganligi va faolligi prinsipiga ko‗ra hayot faoliyati 
xavfsizligi madaniyatini shakllantirish texnologiyalarini loyixalash avval 
boshdan shaxsning rivojlanishiga, uning individual (qobiliyati, qiziqishi, 
talablari) hususiyatlariga, shaxs uchun ahamiyatli sabablarni e‘tiborga olib, 
madaniy informatsion ta‘sirlarni subektiv tajribasiga maksimal suyangan xolda 
yo‗naltirilishi kerak.
Hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlashga nisbatan rag‗batlantirish va 
ijobiy munosabatda bo‗lishni asoslash prinsipi hayot faoliyati xavfsizligi 
borasida odamlarning muvoffaqiyatli faoliyati bilan bu sohaga qiziqishini 
uyg‗otish orasidagi aloqa qonuniyatini aks ettiradi.
Hayot faoliyati havfsizligi masalalarida berilayotgan axborotning 
muammoligi hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini kreativ shakllantirishni 
oshirish, shaxsning kognitiv faoliyatini aktivlashtirishni asosi hisoblanadi.
Bu prinsipning mohiyati shundan iboratki, inson madaniyatini rivojlanish 
samarasi shaxsdan ijodiy faoliyatni talab qiluvchi ishlab chiqilgan muammolar 
va masalalar maxsus tizimining yechimini kiritmay, amalga oshirish mumkin 
emas. Bu insonni nafaqat ma‘lum havfli va favqulotda vaziyatlarda, balki 
noma‘lum sharoitda ham natijaviy harakatlar qilishga imkon beradi.
Ko‗rish, eshitish, sezgi kanallariga bir yo‗la ta‘sir insonda havfli 
obektlarni, hodisa va jarayonlarni, ular asosida anglash jarayonini 
kuchaytirishning to‗laqonli aks etishini shakllantirishga yordam beradi. Shuning 
uchun inson turli qabul qilish kanaliga madaniy informatsion ta‘sirini
kompleksligi prinsipi chuqur asabiy fiziologik asosga ega bo‗lib, axborotning 
mazmuni va uni tushunish, yodda qolishi, qayta uzatish va ishlatish kabi turli 
hissiyotli qabul qilishni bog‗lovchi qonuniyatlarni aks ettiradi.
Keltirilgan 
prinsiplar 
hayot 
faoliyati 
xavfsizligi 
madaniyatini 


125 
shakllantirish texnologiyalarni ishlab chiqishda va tatbiq etishda, har xil turdagi 
madaniy informatsion ta‘sirlarni amalga oshirishda, hayot faoliyati xavfsizligi 
borasida madaniy, oqartuv, bilim va boshqa choralarni rejalashtirish, tashkil 
etish va amalga oshirishda e‘tiborga olinishi kerak.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin