130
individual, korporativ va jamiyat davlat darajasidagi farqlarini ko‗rib chiqish
va to‗g‗rilash past darajadagi ko‗rsatkichlarni oddiy birlashtirib, yuqori
darajadagilarni baholash. Shunday qilib, individual darajadagi ko‗rsatkichlar
uning shaxsiy xususiyatlarini hayot faoliyati xavfsizligi va atrofdagi insonlarni
hayot faoliyati xavfsizligini tavsiflashi kerak.
Korporativ
darajada
tashkilot,
korxona,
ishlab
chiqarishdagi
xizmatchilarning individual madaniyatini o‗rtacha ko‗rsatkichlaridan tashqari,
personal orasida ―hayot faoliyati xavfsizligi‖ni tashkilotning yuqori
qadriyatlaridan biri sifatida tavsiflanishi va tan olinishi bilan birga faoliyat
mexanizmini moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish samarasi orqali
korporatsiyani xavfsiz faoliyat ko‗rsatishini tavsiflovchi xavfli vaziyatlarning,
avariya va boshqa faktorlarning tavakkalini kamaytirishga yo‗naltirilgan
bo‗lishi kerak.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish darajasi jamiyat davlat
miqyosida individual va korporativ darajadagi ko‗rsatkichlarning o‗rtacha
miqdorlaridan tashqari, ijtimoiy qadriyatlar va birlamchilik huquqining tizimini
mavjudligini qayd qilish bilan birga, jamiyat va inson xavfsizligini
ta‘minlovchi, tabiiy va texnogen muhitning va boshqa jamiyatning birdamligini,
mamlakat aholisining xavfsizligini ta‘minlovchi ko‗pqirrali faoliyatini, milliy
havfsizlik sohasini tavsiflovchi parametrlari siyosati orqali baholanishi kerak.
Barcha aytilganlar hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish
darajasini baholashni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, ushbu fan sohasining
yangiligi, HFXM shakllantirishni ko‗rib chiqish xolatlariga baho berishni
kuchsizligi, xavfsizlikni ta‘minlash texnologiyalarini (xususan informatsion)
rivojlanishi va mukammalashishini o‗sishi hozirgi paytda bekami - ko‗st ilmiy
uslubiy ishlanmalar ishlab chiqishni juda qiyinlashtiradi. Shu sababli, ushbu
bobda uning asosini tashkil etuvchi umumiy uslubiy xolatlar ko‗rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: