131
V.1. Hayot faoliyati xavfsizliging madaniyatini rivojlanishning
individual darajasini baholashga uslubiy yondashish
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining
rivojlanishini individual
darajasini baholashning uslubiy yondashishini ishlab chiqish uchun quyidagi
dastlabki shartlar, faraz va chegirmalarni qabul qilish kerak:
1. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shallantirishning individual
darajadagi sifat va xossalarini e‘tiborga olib, (4.1. bo‗limga qaralsin) obektni
quyidagi ko‗rsatkichlari baholanadi:
- barcha hayot faoliyati sohalarida xavfsizlikni ta‘minlashning bilimlari,
ishlanmalari va ko‗nikmalarining saviyasi;
- hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashga ta‘sir ko‗rsatuvchi
shaxs
sifatlarini shakllanish darajasi (g‗ayrati, xarakteri, irodasi,
hissiyot sohasi,
qobiliyatlari);
- hayot faoliyati sohalarida shaxsni sababli qadriyatlarini qurilmalari.
2. Barcha hayot faoliyati sohalarida xavfsizlikni ta‘minlash bilimlari,
ishlanmalari va ko‗nikmalarining saviyasi aholi guruhlariga qarab, an‘anaviy
tarbiyachiik
tizimlar hisoblangan joriy, natijaviy, reyting va test nazoratlaridan
foydalangan xolda aniqlanishi mumkin. Buning uchun ancha uslubiy
mahsulotlar ishlab chiqilgan va tajribadan o‗tkazilgan. Biroq ularni ko‗pchiligi
talabalar bilimini baholashga mo‗ljallangan. Faqat ozginasi bilim va
ko‗nikmalarning saviyasini
aniqlashda foydalaniladi, lekin asosan ana
shulargina xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha faoliyatni samarali bo‗lishi uchun
ko‗proq qiziqish uyg‗otadi. Bilim va ko‗nikmalarni amalga oshiruvchi real
sharoitlarni taqlid qilishi bunday vaziyat parametrlarni yaratishning
murakkabligi asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Soha miqyosida ―hayot faoliyati xavfsizligi‖ da bunday
sharoitlarni yaratish
kam darajada laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish, ko‗p miqdorda esa turli
musobaqalarda qatnashib, berilgan normativlarni qayta ishlab chiqish orqali
muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Shuning uchun bilimning amaliy tarkibini ko‗rsatilgan sharoitlarda jarohat
132
o‗chog‗larini o‗qish jarayonida real taqlid qilish orqali o‗tkazish kerak.
Bunda
reallik darajasini kerakli ilmiy - uslubiy qurilmaga og‗irlik koeffitstentlarini
ishlatish orqali qabul qilishni e‘tiborga olish kerak.
Bularni e‘tiborga olib, bilim va ko‗nikmalarning saviyasini baholashda ikki
ko‗rsatkichdan foydalangan xolda amalga oshirish kerak:
- bilimlar darajasini baholash ko‗rsatkichi shaxs sifatlarini shakllanish
darajasi (g‗ayrati, xarakteri, irodasi, hissiyot sohasi, qobiliyatlari)
borasida
aholiga bilim berish dasturlarini amalga oshirish darajasi bilan aniqlanadi;
- bilim va ko‗nikmalarning darajasini baholash ko‗rsatkichi laboratoriya va
amaliy ishlarning natijalari, musobaqalar va normativlarni bajarish natijalari
orqali aniqlanadi.
3. Hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashga ta‘sir ko‗rsatadigan shaxs
sifatlarini shakllanish darajasi (g‗ayrati, xarakteri, irodasi, hissiyot sohasi,
qobiliyatlari) umumiy va kasbiy ta‘lim muassalardagi o‗quv jarayonidagi ruhiy
tarbiyachiik nazoratni natijalari, shaxsning u yoki bu sifatlarining rivojini
baholovchi ko‗plab psixologik testlar orqali aniqlanadi.
4. Hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi shaxsning sababli qadriyati
ko‗rsatmalari ijtimoiy so‗rovlarni natijalaridan, hamda maxsus ruhiy testlardan
foydalanib, aniqlanadi.
Shaxsning qadriyatlarini (xavfsizlik nuqtai nazaridan) baholovchi maxsus
testlar mavjud emas. Shuning uchun bunday testlarni
ishlab chiqishda boshqa
predmet va voqealarga nisbatan ko‗rsatilgan nuqtai nazardan qadriyatni
aniqlashga imkon beradigan shaxsiy yaxshiliklarining nomenklaturasini
o‗rnatish zarur. (4.1 bo‗limga qaralsin).
5. HFXM obektlarni shakllantirishning integral tavsiflanishini baholanishi
turgan gapki, ko‗pkriteriyali optimallashtirish masalalarini yechish bilan bog‗liq
bo‗ladi. Shunga asosan, avvalo ko‗rsatkichlar matritsasi shakllanadi. So‗ng
HFXM obektlarni shakllantirishning sifat va xususiyatlarini og‗irligi o‗rnatiladi.
Keltirilgan og‗irliklar xavfsizlik nuqtai nazaridan shaxsning integral tavsiflarini
ta‘siriga sifat va xususiyatlarning ahamiyatini aniqlaydi.