O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


V.4. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining obektlarini individual



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/86
tarix11.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153678
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

V.4. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatining obektlarini individual, 
korporativ va jamiyat davlat darajalarini shakllantirishning yuksak 
maqsadli modellari
Bu bo‗limda maxraj sifatida HFXM obektlarni shakllantirishning sifat va 
xossalarning eng yaxshi qiymatlarini e‘tiborga olib, topilgan madaniyatni 
integral baholash kattaligi turadi. Ushbu kattalik obektlarni shakllantirishning 
yuksak maqsadli modelini etaloni hisoblanib, unga nisbatan HFXMni 
rivojlanish darajasini diagnostikasi ham amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, ushbu etalon intilish kerak bo‗lgan hayot faoliyati 
havfsizligi madaniyatining maqsadini o‗rnatishga ham kerak bo‗lsa, ularga 
erishish usullarini aniqlashga, o‗quv-tarbiya va ijtimoiy yo‗l-yo‗riqlarni yo‗lga 
qo‗yish, iqtisodiyot obektlarining xavfsizligini oshirish bo‗yicha chora-
tadbirlarni rejalashtirishga ham zarurdir.
Bunday yuksak maqsadli modelning etaloni sifatida havfsiz turdagi 
shaxs, xavfsiz turdagi korporatsiya, xavfsiz turdagi jamiyatni hisoblash 
mumkin.
HFXM shakllanish obektining yuksak maqsadli modelini ishlab chiqishdagi
yechilayotgan masalaning yangiligi va murakkabligi, uning sifatli tavsiflarini 
mavjudligi sababli, bu modelning umumiy chizgilarini ko‗rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir.
Bunda korporativ va jamiyat xavfsizligi binosining elementar g‗ishtchasi 
hisoblangan havfsiz turdagi shaxsning sifat va xossalari katta qiziqish uyg‗otadi.
IV.1 va V.1 bo‗limlarning xolatlarini e‘tiborga olib, HFXM shakllanish 
obektining individual darajadagi yuksak maqsadli modeli quyidagi parametrlar 
bilan tavsiflanadi:
1. 
Shaxsning 
xavfsiz 
turdagi 
qadriyatlari 
quyidagilar 
bo‗ladi: 
saxovatpeshalik 
(ahloqiylik), 
go‗zallik, 
salomatlik 
(ruhiy, 
jismoniy), 
muvoffaqiyat, baxt. Bunday qadriyatlarning amalga oshirishni zaruriy sharti - 
shaxsiy, atrofdagi odamlarning, jamiyat , tabiiy muhit havfsizligi bo‗lishi kerak.


143 
2. Insonnning jo‗shqinligi hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlashga 
qaratilgan, iloji boricha tezkor va vazmin yechimlar qabul qilishga imkon 
beradi.
3. Havfsiz turdagi shaxsning xarakterini asosiy chizgilari quyidagilar 
bo‗lishi kerak:
- g‗amxo‗rlik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik, sevgi, barcha jonzotlarni 
himoyalashga tayyorligi, rahm-shavqat qilish, ekologiyalilik, sahovatpeshalik, 
fidokorlik, beg‗arazlik, mehribonlik, vijdonlilik, intelligentlik, haqqoniylik, 
burch, 
vijdon, 
qonunga 
itoatkorlik, 
faollik, 
ijodkorlik, 
oliyjanoblik, 
minnatdorlik, izzat-hurmat qilish, hayotni sevish, ishonganlik, botirlik, mardlik, 
kollektivlik, onglilik, mehnatsevarlik, o‗zaro yordam, do‗stona munosabat, 
javobgarlik;
- ziyraklik, g‗amxo‗rlik, sermulozimatlik, xushmuomalalik, nafsni tiyish, 
mo‗tadillik, kamsuqumlik, faollik, optimizm, shodlik, jilmayib turish, mehr-
oqibat, hayrixoxlik, ulfatchilik;
- iroda kuchi, nafsini tiyish, maqsadga intilish, faol, chidam, matonat, jasorat, 
ehtiyotkorlik, serg‗ayratlik, tinchliksevarlik, o‗zini nazorat qilish, o‗zini 
intizomi;
- yaxshilik, nafosat, achinish, yumshoq ko‗ngillik, o‗z manfaatlaridan 
kechish, fidoilik, beg‗arazlik, nomus, g‗urur, qadr-qimmat, keng fe‘llik, 
chindillik, muloqotda bo‗lish, sahiylik, sabotlilik, mardlik, chidamlilik, 
saranjomlik;
- xo‗jalikni tejab-tergab olib borish, tashabbuskorlik, faollik, tejamkorlik, ish 
ko‗zini bilish, qahramonlik, iroda, qat‘iylik, chidash, elsevarlik, professionallik, 
intelligentlik, qonunsevarlik, ijodiyot va boshqalar.
Umumlashgan xolda bu sifatlar pastda keltirilgan guruhlardan biriga 
mansubdir:
- yuqori ahloqiy sifatlar (mehribonlik, insonsevarlik, yuqori maqsadlarga
va qadriyatlarga fidoiylik, shu jumladan hayot faoliyati havfsizligi sohasida, 
beg‗arazlik, kamtarlik, chidamlilik, jasorat, halollik, to‗g‗riso‗zlik va x.k.);


144 
- vatanparvarlik, Vatanni, xalqini, jonajon yurtini sevish;
- atrofdagi dunyoga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lish, tabiiy boyliklarni 
saqlashga, shu jumladan kelgusi avlod uchun g‗amxo‗rlik qilish;
- kollektivlik va do‗stona o‗zaro yordam, odamlararo bir-birini hurmat qilish, 
dilkashlik, ochiqko‗ngillik, odamlar orasida qo‗shilib ketishlik, boshqa odamlar, 
turli ijtimoiy guruh a‘zolari, uyushmalari, xalqlari, millatlar va sivilizatsiyalar 
bilan kelishilgan munosabatda bo‗lish;
- mehnatsevarlik va boshqalar. 
4. Havfsiz turdagi shaxsning bilim, ko‗nikma va uddalashining umumlashgan 
tavsiflari quyidagilardir:
- atrofdagi dunyoning hususiyatlarini bilish, bo‗lishi mumkin bo‗lgan 
havflarni va o‗ziga, atrofdagi odamlarga, tabiiy muhitga nisbatan tazyiqni 
fahmlash, ushbu xavf va tazyiqlarning fizikaviy asosini bilish, ulardan 
muhofazalanishning usul va uslublari;
- xavfli vaziyatlarni yuz berishiga yo‗l bermaslik, undan qochish, yengish, 
tabiat va texnosfera bilan o‗zaro munosabatlarni xavfsiz usulini amalga oshirish;
- havflardan muxofazalashda asosiy usul va uslublardan foydalanish 
ko‗nikmalari, o‗ziga va o‗zaro yordam choralari, zaruriy tibbiy yordam 
(minimal- birinchi tibbiy yordam) ko‗rsatish. 
5. Avariya, falokat va favqulotda vaziyatlarning oqibatlari bilan bog‗liq turli 
musibatlarni inson irodasining sifati darajasida kechib o‗tish qobiliyatini 
bo‗lishi, havfli va favqulotda vaziyatlarda harakat qilishi, o‗ziga va o‗zaro 
yordam choralarini ko‗rsatishi, tazyiq va shikastlanish parametrlari adekvat 
bo‗lishi kerak. Bundan tashqari, ushbu iroda sotsium, atrof-muhit, ekologik 
meyorlarga rioya qilishning xavfsizligini ta‘minlash uchun talab qilinadigan 
burch hissi darajasida yo‗l tutish imkonini bersin, o‗zida xavfsizligini 
ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan maqsadga intilish, jur‘atli, mustaqil, 
tashabbuskor, matonatli, qanoatli, intizomli, jasur bo‗lish kabi sifatlarni ishlab 
chiqishi kerak.
6. Shaxsning emotsional sezgi sohasi tarkibi Vatanni, xalqini, jonajon 


145 
yurtining tabiatini sevish, ularning taqdiriga javobgar bo‗lish, turli havf va 
tazyiqlardan o‗z yaqinlarini, tanishlarini, tabiiy muhitni, vatandoshlarini, shaxsiy 
xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha faol hayotiy xolat bo‗lishini tashkil etishi kerak.
7. Xavfsiz turdagi shaxsning qobiliyatlarini rivojlanish darajasi an‘anaviy 
hayot faoliyati havfsizligini, shu jumladan, professional sohada, o‗z 
xavfsizligini umumiy va maxsus funksiyalarini bajarish imkonini ta‘minlanishi 
kerak.
8. Insonning jismoniy sifatlari tazyiq va havfli, favqulotda vaziyatlarning 
salbiy, shu jumladan uzoq muddatli tavsifga ega bo‗lgan ta‘sirini amalga 
oshirish sharoitida samarali harakat qilishi kerak.
9. Xavfsiz turdagi shaxs harakatlari asosan o‗z havfsizligini, sotsium, 
davlat, tabiiy muhit xavfsizligini ta‘minlashga zarurat orqali aniqlanishi kerak. 
Yanada yuqori darajadagi barcha talablar xuddi ana shu ehtiyojlardan unib 
chiqishi va xizmat qilishi kerak.
Xavfsiz turdagi korporatsiya xizmatchilarini yuqoridagi keltirilgan 
tavsiflaridan tashqari, asosiy parametrlari quyidagilar (IV.2 va V.2 qaralsin):
1. Muhim qorporativ qadriyat ―hayot faoliyati havfsizligi‖ bo‗lishi kerak. U 
korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatini reglamentlovchi, barcha ustavli, 
meyoriy va boshqa asos qilib olinuvchi hujjatlarda o‗z aksini topadi.
2. Xizmatchilar ko‗rsatilgan qadriyatning mavjudligini aniq bilishi, uning 
asosiy tarkibiy qismlarini tushuntira olishi kerak.
3. Rahbariyat har doim ushbu qadriyatlarga tarafdorlikni ta‘minlash uchun 
quyidagi faoliyatni amalga oshirishi kerak:
- tarkibiy bo‗linmalar, hizmatchilar uchun hayot faoliyati havfsizligini 
ta‘minlash borasida maqsad, vazifa, majburiyatlar va javobgarlik xududlarini 
aniqlaydi va o‗zgartirishlar kiritadi;
- xavfsizlik, aniq va o‗rnatilgan talablarga mos ravishda kelishi bilan 
bog‗liq ishlarning bajarilishini qarab turish va nazorat tizimining faoliyatini
yaratadi va boshqaradi;
- personalni tayyorlash va qayta tayyorlash, uning kompetentligi va 


146 
malakasini baholash tizimi faoliyatini tashkil etadi;
- xavfsizlikni yuqori ko‗rsatkichlari rag‗batlantiruvchi mukofotlash va 
jazolash tizimni faoliyat ko‗rsatishni yaratadi va boshqaradi;
- korxona, tashkilot, muassasalarni xavfsizlik darajasini oshishiga 
yo‗naltirilgan faoliyat va muolajalarni mukammallashtirish, foydalanishning 
yangi yondashuvlarini ishlab chiqish hamda foydalanishga katta e‘tibor beradi.
4. Korxona, tashkilot, muassasalar personalini ruhiy muhiti shunday 
bo‗lishi kerakki, xavfsizlikni ta‘minlash har birining bosh maqsadi va ichki 
zarurati bo‗lib, o‗zini nazorat qilishiga, havfsizlikka taalluqli xar qanday ishni 
bajarganda e‘tiborli bo‗lishi va javobgarlikni his qilishsin.
5. Korporatsiyada xizmatchining or-nomusini Kodeksi ishlab chiqilgan.
Personal ushbu hujjatda zikr etilgan asosiy professional hulq-atvor haqida qat‘iy 
taassurotga ega.
6. Ishga yollash bo‗yicha birlamchi so‗rovnomalarda, kasbiy-ruhiy 
tanlovlarda asosiy kalitli bo‗limlardan biri nuqtai nazaridan, uning faoliyati 
xavfsizligini baholash hisoblanadi.
7. Korxona, tashkilot, muassasalarda meyoriy huquqiy va uslubiy 
hujjatlarga to‗liq rioya qilgan holda barcha tarkibiy qism o‗quv-mashqlar o‗tadi.
8. Rahbarlar va xizmatchilarning harakatlari va shaxsiy javobgarligini 
reglamentatsiya darajasi personal faoliyatini reglamentlovchi barcha kasbiy 
yo‗riqnomalarda aks etsin.
9. Jarohatlanish, kasbiy kasalliklar, mehnatni muhofaza qilish bo‗yicha 
qoida va yo‗riqnomalar mumkin bo‗lgan darajada, ishlovchilarni sug‗urtalash 
faol olib boriladi.
10. Mehnat intizomini nazorati rasmiyatchilik tusida emas, balki uning 
natijasi korxona, tashkilot, muassasalar bo‗yicha chiqarilgin buyruqlarda, 
shaxsiy hujjatlarda, ishlovchilarning mehnat daftarchalarida o‗z aksini topadi; 
rahbariyat tomonidan mehnat intizomiga rioya qilganlar ma‘nan va moddiy 
rag‗batlantiriladi.
Eng yuksad maqsadli HFXM shakllantirish obektining modeli jamiyat


147 
davlat darajasida yana qo‗shimcha quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi:
1. Mamlakatning ko‗pchilik aholisi tomonidan hayot faoliyati havfsizligi 
sohasidagi ijtimoiy qadriyatlar va birlamchilik huquqi, umummilliy g‗oyalar va 
ideologiyalar mavjud va tan olingan 
2. Davlat siiyosatining sezilarli yo‗nalishlaridan biri mamlakat va jamiyat
xavfsizligini, har bir insonning hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash 
hisoblanadi.
3. Meyoriy-huquqiy baza hayot faoliyati havfsizligi sohasida mavjud 
bo‗lgan barcha munosabatlarni tartibga soladi. Uning rivoji yangi 
munosabatlarning, faoliyat mexanizmining meyoriy-huquqiy maydonini 
yaratishga yo‗naltirilgan.
4. Hayot faoliyati havfsizligi sohasida ilmiy izlanishlar faol olib borilayapti. 
Ilmiy texnikaviy faoliyat davlatning uzluksiz e‘tibori obekti hisoblanadi.
5. Hayot faoliyati havfsizligi sohasida ijtimoiy reklama, ommaviy 
kommunikatsiya texnologiyalari, san‘atning turli xillari va janrlari, hayot 
faoliyati havfsizligi ta‘minlash borasida diniy institutlar bilan dunyoviylarning 
bir-biriga ta‘siri faol rivojlanmoqda.
Shunday qilib, havfsiz turdagi shaxs, korporatsiya va jamiyat ning sifat va 
xossalari 
keltirildi. 
Kelgusida 
uning 
nomenklaturasi 
va 
sonli 
parametrlashishining tafsilotlarini aniqlash zarur.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin