158
faniga muvofiq ravishda chora-tadbirlarini adaptatsiya mexanizmini ishlab
chiqish;
- aholida turg‗un sog‗lom turmush tarzi stereotipini shakllantirishning
tarbiyaviy va oqartuv dasturlarini ishlab chiqish;
- turli aholi qatlamlarini FM sohasida muhofazalanish uchun o‗qitish
maqsadlariga mos ravishda tuzatishlar kiritish;
- bilim standartlarini, o‗quv dastur va rejalarni mukammallantirish, ularni
oxirgi paytda meyoriy huquqiy bazalariga kiritilgan o‗zgartirishlarga mos
ravishga keltirish, yangi taxminiy o‗quv dasturlarini ishlab chiqish;
- tarkibni optimallashtirish, o‗quv guruhlarni bir turliligiga erishish,
alohida aholi guruhlari tayyorgarligini mukammallashtirish bo‗yicha
ishlarni
kuchaytirish;
- o‗quv tizimi boshqaruvini mukammallashtirish, masalalar tavsifini va
tarkibini o‗zgarish tendensiyasini e‘tiborga olgan xolda, turli kategoriyalardagi
bilim oluvchilarga yuklatilgan yuqoridagi tizimni
rivojlanishini ilmiy
asoslangan bashoratlarini berish;
- FV bo‗yicha respublika xizmatchilari malakasini oshirish bo‗yicha
faoliyatni mukammallashtirish;
- O‗zbekiston Respublikasining turli aholi subektlari kategoriyalari
xususiyatlarini
e‘tiborga olgan xolda bilimlarni ishchi dasturlariga
o‗zgartirishlar kiritish;
- aholini FV borasida subektlarga bilim berish uchun moddiy bazani
mukammallashtirish;
- hayot faoliyatni xavfsizligi borasida ta‘lim organlari boshqarmalari
bilan O‗zR FVVning hududiy organlari orasidagi o‗qitishni
tashkil etish va
moddiy ta‘minoti bo‗yicha o‗zaro aloqasini mukammallashtirish;
- hayot faoliyatni xavfsizligi borasida aholini davlat va jamoaviy
rag‗batlantirish mexanizmini ishlab chiqish;
- ijtimoiy muhim (xavfsizlikni ta‘minlash nuqtai nazaridan) daliliy
reklama dasturini yaratish;
159
- hayot faoliyatni xavfsizligi soxasida O‗zbekiston Respublikasi
subektlarida bilimlarni tashviqot qilishni rivojlantirish bo‗yicha tavsiyalar ishlab
chiqish;
- turli darajadagi televizion va radioeshittirish dasturlarida hayot faoliyati
xavfsizligiga bag‗ishlangan doimiy faoliyat ko‗rsatuvchi rubrik bo‗yicha tele
va radioeshittirish sikllarini yaratish;
- zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, hayot
faoliyatini xavfsizligi madaniyatini shakllantirish bo‗yicha uslubiy ko‗rsatmalar
ishlab chiqish;
- yagona global portal doirasida hayot faoliyati xavfsizligi sohasida
informatsion resurslarni birlashtirish;
- jamiyat -davlat darajasida hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini
shakllantirish bo‗yicha xavfsiz turdagi jamiyat ning sifat va xossalarini aniqlash
va sonli parametrlash, bu sifat va xossalarga ta‘sir ko‗rsatuvchi turli usul va
vositalarning ta‘sirchanligini baholash bo‗yicha
ilmiy izlanishlar olib borish,
hamda ratsional (samaradorligi va tejamkorligi nuqtai nazaridan) chora-tadbirlar
tarkibini asoslash;
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish darajasini aholiga
ko‗rsatilayotgan xizmatlarini, ijtimoiy va global tavakkallar hissasini aniqlash,
hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini xissasini baholashda ko‗rsatkichlar
tizimini, baholash shkalalarini, uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: