161
VII-bob. Hayot faoliyati xavfsizligini rivojlantirishni ijtimoiy iqtisodiy
samarasi
Shu narsaga shubha yo‗qki, insonlar madaniyatini saviyasi, ularning
tayyorlanganligini
darajasi, ahloqiy ruhiy turg‗unligi, tarbiyaning xarakteri
hayot faoliyati xavfsizligini
ijtimoiy iqtisodiy samarasini ta‘minlash bo‗yicha
chora-tadbirlarga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.
Biroq bunday ta‘sirni baholash bir qator qiyinchiliklar bilan bog‗liq.
Masalan, hozirgi
vaqtda real statistikadan, matematik modellashtirishdan,
mashinaviy yoki natural eksperimentlardan olingan hayot faoliyati xavfsizligini
ta‘minlashga ta‘sir ko‗rsatuvchi haqqoniy sonli ma‘lumotlar yo‗q.
HFXMning ijtimoiy iqtisodiy samarasi (IIS)ni, samara ko‗rsatkichlari va
kriteriylarini, hisoblash uslubiyatini, IISning ko‗rsatkichlarini
madaniyatning
rivojlanish darajasi parametrlarini qiymatlariga bog‗liqligini baholovchi uslubiy
yondashuv mavjud emas. HFXMning ijtimoiy iqtisodiy samarasi (IIS)ni
baholashda ma‘lum saviyadagi madaniy rivojlangan alohida olingan inson yoki
odamlar jamoasi hissasini baholash ham odobsizlik hisoblanadi. Bunday
baholash huquqi mamlakat, jamiyat uchun amalga oshiriladi. Bundan tashqari,
ko‗pgina madaniy informatsion ta‘sirlarning tabiiy kelib chiqishi sababli (teatr,
rassomchilik, kino, televideniye va b) ularning
butun madaniy rivojlanish
darajasini baholash o‗ta qiyindir.
Yuqorida aytilganlarni e‘tiborga olgan xolda, HFXMning (IIS)ni 6 bobda
ko‗rilgan chora-tadbirlarning amalga oshirish orqali faqat taxminan baholash
mumkin. Yanada detallashgan baholash zamonaviy ommaviy axborot
vositalarini, hususan,
FV texnik vositalarni, havfli va favqulotda vaziyatlardagi
talofotlar, aholi va moddiy yo‗qotishlarning miqdoriga ta‘sirini aniqlash vaqtida
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: